Paket tur (turpaket) – iste’molchilarga guruhli yoki individual variantlar bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlar kompleksi
Turpaketni tashkillashtirishga ta’sir etuvchi omillar:
tashlangan mamlakatda turizmning rivojlanish darajasi;
mamlakatning siyosiy barqarorligi.
Shuni ta’kidlash lozimki, siyosiy barqarorlik omili turoperator tomonidan o‘zining strategiyasini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Bizga Gresiyadagi kurd voqealari, Misrdagi terroristik portlashlar bilan bog‘liq talabning keskin pasayish hollari ma’lum. Ushbu yo‘nalishlarga ixtisoslashgan turoperatorlar katta yo‘qotishlarni boshdan kechirdilar. Ammo shuni ham ta’kidlash lozimki, ushbu xududlarda vaziyat barqaror bo‘lishi bilan turistlar oqimi yana qaytadi. Berlindagi xalqaro turizm birjasida qayd etilganidek turist xavf-xatarni unitishga moyil. U siyosiy barqarorlik ro‘y bergan mamlakatlarda vaziyat yaxshilanishi bilan o‘sha yerga yana oshiqadi, ayniqsa, issiq iqlimli xududlar va arzon narxlar haqida bo‘lsa.
Turpaket narxi. Turpaketning muvaffaqqiyatiga ta’sir etuvchi eng muhim omil bu – narxdir. Narxlashtirishda boshqalarnikiga o‘xshamagan, alohida hususiyatli turpaketga ega bo‘lgan turoperatorlar ko‘proq erkinlikka egadir. Ular narxni asosan xizmatlarni sotib olish va boshqa harajatlar, shuningdek daromadning ma’lum foizini kiritishga asoslanib belgilaydilar. Ommaviy bozor turoperatorlari asosan raqiblar narxiga asoslanib narx belgilashadi, ayniqsa turpaketlarga talab pasayganda (o‘lik mavsumda). Turpaket narxini aniqlashda turoperatorlar bozor yetakchilari narxlariga amal qilishadi. Yirik turoperatorlar harajatlarni kamaytirishadi va shu bilan raqiblarining narxlashtirishda omadga erishishlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Eng ko‘p qo‘llaniladigan narxlashtirish usullaridan biri bu harajatlarga asoslangan narxlardir, ya’ni mahsulot tannarxi hisoblanadi va daromadning ma’lum foizi qo‘shiladi. Tur paket narxiga kiruvchi daromad foizi qo‘shimcha harajatlarni qoplash, fondlarga ajratmalar, maosh va sof daromadni hisoblash orqali aniqlanadi va 15 % dan 30% gacha bo‘ladi. Turizmda narxlarni hisoblashning o‘ziga xos xususiyatlarini unutmaslik lozim. Masalan, agar mavsumiy dasturda uzoq-vaqtli charter reyslarining (seriyasining) ketma-ketiligi, joylashtirishning “back to back” tamoyili qo‘llanilayotgan bo‘lsa, harajatlar mavsum boshi va oxiridagi bitta bo‘sh reys ma’lum samalyotdagi jo‘natishlar soni va o‘rinlar sonini hisoblash orqali aniqlandi. Ular kirishlar soniga bo‘linadi va bu turpaket narxiga kirituvchi bitta uchishning narxidir. Ammo turoperatorlar narxlarni hisoblashning harajatlar usulini qo‘llashda marketing ma’lumotlarini qo‘llash bilan birga o‘rta bozor narxlarini ham inobatga olishadi.
Turizmda narxlar harajatlar va daromadlar notekis taqsimlangan vaqtda bozordagi talabning tebranishini ifodalaydi. “O‘lik mavsum”da narxlar pasayadi va mavsumda ular qayta tiklanadi (daromad evaziga). Narxlashtirish strategiyasi rivojlanish bosqichida bu aynan turpaketlar uchun xosdir. Turpaketlar narxi nafaqat turistik bozorning holati, raqobatchilarning narxiga balki boshqa turlar narxiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Xizmat ko‘rsatish dasturi-turistlar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularga taqdim etiladigan xizmatlar to‘plamidir. Bu xizmatlar puli oldindan to‘langan va turni o‘tkazish vaqti bo‘yicha taqsimlangan bo‘ladi.
Xizmat ko‘rsatish dasturini tuzishda odatda qo‘yidagi yondashuvdan foydalaniladi:
1.Turoperator va turagent o‘rtasida shartnoma tuzishda xizmat ko‘rsatish dasturi konkret xizmat ko‘rsatish kunlariga taqsimlanmasdan tuziladi, kelishiladi va tasdiqlanadi.
Xizmat ko‘rsatishning konkret kunlariga taqsimlanmasligiga sabab muzeylar, ekskursion maskanlar, turistlarni qiziqtiruvchi spektakl va konsertlarning vaqtini oldindan bilishning iloji yo‘q.
Masalan: tomonlar 6 kunlik inklyuziv turning dasturini kelishib olishda qo‘yidagi dastur tasdiqlandi:
ekskursiyalar: Samarqandni ko‘zdan kechirish (avto), Registon ansambli (piyoda)-tarixiy obidalar bo‘ylab (piyoda)-shahar muzeylari (piyoda);
qo‘shimcha tadbirlar: teatrga tashrif (31 kishi);
Turistlar transferti – aeroportda ko‘tib olish va kuzatish.
Ushbu dastur hamkor firmalar o‘rtasidagi shartnomaga qo‘shiladi yoki turni individual sotishda buyurtma (band qilish varaqasi) shaklida rasmiylashtiriladi.
2. Tashrifdan taxminan 3 kun oldin tomonlar qo‘shimcha ravishda faks orqali konkret tayyor xizmat ko‘rsatish dasturini kelishib olishadi. Individual turist bunday dasturni yo‘llanma yoki vaucherni agentlikdan olishda qo‘lga kiritadi.
Xizmat ko‘rsatish darajasi turistik xizmatlar tashkil etuvchilariga bog‘liq: joylashtirish, ovqatlanish, ekskursion va transport xizmatlariga dam olish tadbirlari, tur tarkibi va ularning sayohat maqsadiga to‘liq mos kelishiga bog‘liq.
Maqsadga muvofiq keluvchi xizmat ko‘rsatish dasturlariga misollar:
№ 1 Kasbiy tur. Tashrif buyurish va qaytib ketish kunlari hisobga olinmagan 3 va 5 kunlik dasturlar. Tashrif kunida – mehmonxonada joylashtirish dasturi bilan tanishish, tadbirlar grafigini aniqlashtirish, kechqurun-tashrif yuzasidan (bayramona) tantanali kechki ovqat.