Tayanch so‘z va iboralar: turistik firmalarning funksiyalari, qabul qilish bo‘yicha turistik firmalar, turmahsulot, turistik firmalar vazifalari, turistik safar.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: 1. Turizm xizmat bozorida turistik firmalar faoliyatining mohiyati nimadan iborat?
2. Turistik firmalarning asosiy funksiyalari nimalardan iborat?
3. Qabul qilish bo‘yicha turistik firmalarning funksiyalarining o‘ziga xosligi qanday namoyon bo‘ladi?
4. Turistik firmalarning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
III.Mavzu. Turistik firmalar mahsulot va xizmatlarini monitoring qilish Reja: 3.1.Mahsulot va xizmatlarini monitoring qilish tushunchasi va uning mazmuni.
3.2.Bozor sharoitida turistik mahsulot va xizmatlarining monitoringi holati.
3.3.Turistik mahsulot va xizmatlarni monitoring qilishda iste’molchilar fikrlari.
3.4. Mahsulot va xizmatlarni monitoring qilish bosqichlari va tamoyillari.
Turistik bozor - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistik xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi.
Har bir turmahsulot ishlab chiqaruvchisi va iste’molchisi o‘rtasida bir-biriga mos tushmaydigan iqtisodiy manfatlar bo‘ladi. Ularning bir-biriga mos kelishi oqibatida esa turmahsulotni sotish va sotib olish jarayoni vujudga keladi. Bozorda o‘ziga xos bir xususiyat bo‘lib, bu ishlab chiqaruvchi va iste’molchi qiziqishlarining kelishuvidir. Bozorda markaziy holatni iste’molchi yaratadi. Yaxshi sotuvchining vazifasi esa o‘z mijozlari talablarini qondirish hisoblanadi
Turistik bozor murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki o‘rtadagi dallol orqali (xo‘jalik sub’ekti-turoperator-turagent-iste’molchi) sotiladi.
Ushbu omillardan tashqari yana bir holatni e’tiborga olish kerak:-ya’ni ko‘rsatib o‘tilgan bitim har doim bir joyda amalga oshirilmaydi (masalan, mexmonxona, turistlarni qabul qilish joyi yoki turoperatorlarda). Turistik bozor ma’lum bir o‘ziga xos joy yoki geografik hudud bilan chegaralanmagan. Shuning uchun turistik mahsulotning oldi-sotdi ishlari sotuvchi va haridorlarni jalb qilmagan holda -teleks, telegramma, faks, telefon, aniq hisob-kitob orqali amalga oshirilishi mumkin.
Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali faoliyat yuritadi :
erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o‘z maqsadlari (maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yo ki minimal harajat bilan mahsulotni sotib olish ) ga intiladilar;
ko‘rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalarning borligi;
iste’molchining erkin xolatda tanlay olish imkoni;
Zamonaviy turistik bozor quyidagi o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajaradi:
1.Turistik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati funksiyasi. Bu turistik mahsulot va o‘zaro pul almashuvida ayon bo‘luvchi qiymat harakatini bildiradi. Buning natijasida jamiyat takror ishlab chiqarishning normal yo‘nalishi ta’minlanadi, turizmni rivojlantirish uchun pul mablag‘i paydo bo‘ladi va yig‘iladi.
2.Iste’molchi (turist)ga turistik mahsulotni yetkazib berish jarayonini tashkillashtirish funksiyasi. Turist o‘z mablag‘ini turistik mahsulotga sarf qilgan holda o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki-turistik bozor ishchi kuchining harajatini qoplagan xolda jamoaning asosiy ishlab chiqarish kuchini qayta tiklaydi.
3.Mehnatga moddiy manfatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish funksiyasi.Taqsimlash bozoridagi o‘zaro pul va turistik mahsulotni taqsimlash jarayonining tugalangan shaklidan iborat.
Turistik bozor o‘ziga xos xususiyatlariga ega:
1.Turistik xizmatlarning sezilmasligi. Bunda qilingan daraja va sifatning kafolati, mahsulotning ishonchligi, shuningdek turning iste’molchilik xususiyatlari xaqida mukammal egadir.
2.Turistik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va uni iste’moli orasida vaqt uzilishi bo‘ladi, shuning uchun turmahsulotni taklif qilish kanallarining (mahsulotni sotuvchi) aniqligi va ishonarligi o‘ta muhimdir.
3.Turistik talabga mavsumiy almashuvlar va turistik oqimning shakli ta’sir qiladi. Ushbu salbiy xodisalarning oldini olish uchun narx-navoni differesiallash (xizmat ko‘rsatuv elementlari bo‘yicha mavsumga qarab), shuningdek turistlarni yetkazib berish xajmini muvozanatlash orqali erishish mumkin.
4.Mahsulot sifati ko‘p xollarda aniq ijrochilarga bog‘liq, shuning uchun turistik korxonalar ichidagi menejment doimo rivojlanishi lozim.
5.Turistik bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hududiy tarqoqlik mavjud, shuning uchun o‘zoqlashgan hamkorlar bilan tezkor aloqalar o‘rnatish muhim hisoblanadi.