Tayanch so‘z va iboralar: transport xizmatlari, yo‘lovchilar xavfsizligi, ichki aviatashuv, xalqaro aviatashuv, kruiz, otliq turistik marshrut.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
Turistlarga transportda xizmat ko‘rsatishning mazmuni nimadan iborat?
Turizm sohasida transport ta’minoti tizimi nimadan iborat?
Transportda tashish xizmatlarining xili va turi bo‘yicha tasniflanishi qanday amalga oshiriladi?
Xalqaro uchishlarning huquqiy hujjatlariga nimalar kiradi?
Havoda yo‘lovchi yoki yuk tashish to‘g‘risidagi shartnomaning mohiyati nimada?
Dengiz transportida yo‘lovchi va yuk tashishning qanday huquqiy asoslari mavjud?
Hayvonlar bilan turlarni qanday tashkil etish mumkin?
VIII.Mavzu. Turistik firmalar monitoringining xorijiy tajribalari
Reja:
8.1. Turistik firmalar monitoringining Evropa mamlakatlari tajribalari.
8.2. Turistik firmalar monitoringining AQSH tajribasi.
8.3. Turistik firmalar monitoringining Osiyo mamlakatlari tajribalari.
Inson ko‘rib, eshitib yurgan har qanday mo‘jizaviy, qiziqarli inshootlar, tabiatning so‘lim go‘shalari, qadimdan saqlanib kelayotgan obidalar, daryolar, sharsharalar, hayvonat yoki turli – tuman o‘simliklar o‘sadigan joylar, tomosha bog‘larining hammasiga ma’lum bir yo‘ldan boriladi. Bu yo‘l turizmda «marshrut» deyiladi.
O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish davlat miqyosida, rahbarligida olib borilayotgan barcha chora-tadbirlarining birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgani – turistik marshrutlar ishlab chiqishdir.
Turistik resurs, ob’ekt - (qo‘riqxona, tarixiy, madaniy obida, arxeologiya va hokazolar)ga turist har taraflama o‘ng‘aylikda boradigan va mazmunli dam olish, qoniqish olgandan keyin, asta – sekinlik bilan turistlar oqimini o‘ziga jalb qila boshlaydi.
Respublikamizdagi barcha turistik resursga – ob’ektga-manzilu-makonga-maskanga yo‘l bor. Bu yo‘llar asfaltli, toshli, mahalliy tuproq yo‘llari, so‘qmoqlar va hakozo ko‘rinishlardadir. Bu holat inkor qilinmaydi.
Lekin, bu yo‘llarni turistik marshrutga aylantirilgandan keyingina turistik resursda turistlar soni ko‘payishi mumkin. Turistik resursga hozirgi yo‘llar bilan ham turistlar olib boriladi. Lekin bu yo‘lda turistning erkin harakatlanishi, u hoxlagan vaqtda to‘xtashi, qiziqib qolgan yo‘lbo‘yi «ob’ektlar»ga ekskursiyaga chiqishni talab qilishi, yoki choy ichib dam olishni hoxlashi mumkin.
Turistik marshrut qayd qilingan, kutilmagan «taklfilar»ning bajarilishi yoki «xizmatlar» majmuasi a’lo darajada kafolatlanishi uchun ham turistik marshrutlar deyiladi. Turistlarning barcha ehtiyojlarini, talablarni bajarishda foydalanadigan yo‘llar turistik marshrutlar yoki turstik yo‘llar deyiladi.
Marshrutning o‘zoq-yaqinligiga qarab inson harakatlanish vositasini tanlaydi. Masalan, Samarqanddan Jizzaxga boruvchi kishi albatta avtomobil, avtobus yoki poyezd transporti turlaridan birini tanlaydi. U hech qachon Jizzaxga samolyotda borish uchun harakat ham, orzu ham qilmaydi. Chunki, Samarqanddan Jizzaxga samolyot bilan borish marshruti yo‘qligini juda yaxshi biladi.
Lekin, Jizzaxga velosiped, mototsikl, arava, ot, eshak yoki tuya bilan ham borish mumkin. Bu transport insonning ilmiy - texnika taraqqiyoti davrigacha bo‘lgan harakatlanishida foydalangan transport xillaridir.
Inson hozirda Jizzaxga borish uchun harakatlanish vositalarining eng tezkoridan foydalanadi. Vaqtdan foydalanish nuqtai nazaridan o‘tmishda asosiy transport vositalari bo‘lgan arava, ot, tuya va eshakdan shaharlararo harakatlanishda hozir foydalanilmaydi.
Shuningdek, Jizzaxga zamonaviy transport vositalari bilan qisqa muddatda yetib borgan inson shahar atroflaridagi tog‘larga chiqmoqchi bo‘lsa, o‘sha o‘tmishdagi asosiy transport vositalari bo‘lgan ot, eshak yoki aravadan foydalanishga majbur bo‘ladi. Bu mahalliy transport turlarining ham o‘z yo‘li - marshrutlari bor. Demak, insonning harakatlanishi vaqt davomida tezlanib borib, sharoit bo‘yicha sekinlashadi, marshrutlar esa deyarli o‘zgarmasdan yoki texnik, qulaylik jihatidan o‘zgarishi mumkin. Aniqrog‘i, marshrutlar - insonning ham texnika yordamida ham piyoda yoki hayvonlar yordamida yuradigan yo‘lidir.
Endi, turistik marshrut deyilganda bu yuldan turist maqomini olgan yakka inson yoki insonlar guruhi yuradigan harakatlanadigan, ma’lum bir makonga boradigan va qaytadigan yo‘l tushiniladi.
Hozir turizm marshrutlari quyidagi marshrutlarga bo‘linadi:
Qadimgi marshrutlar.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlar.
O‘zgartirilgan marshrutlar
O‘zgarmaydigan marshrutlar
Tiklanadigan marshrutlar.
Tiklanmaydigan marshrutlar
Yangi, zamonaviy marshrutlar.
Qadimiy marshrutlar insoniyatning to buyuk geografik kashfiyotlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Dastlabki marshrutlar oldindan o‘rganiladigan joylarga sayohatlar uyushtirish hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotida qadimiy ibtidoiiy odamlarning ovqat izlab ko‘chib yurishlarining izlari ham hozir topilgan, isbotlangan. Eng katta va dastlabki sayohat Misr firavni Nexao topshirig‘i bo‘yicha Afrikaning dengiz qirg‘oq chiziqlari bo‘ylab amalga oshirilgan 3 yillik sayohat hisoblanadi. Bu sayohatni Finikiyaliklar amalga oshirdi. Ular kemalarda qizil dengizdan hind okeaniga chiqishdi. 3 yildan so‘ng Gibraltar bo‘g‘ozidan o‘tib O‘rta yer dengizi orqali Misrga yetib kelishdi. Bunday sayohatlar tarixda juda ko‘plab qayd qilingan.
Nexao topshirig‘i bo‘yicha fininiyaliklar sayohtini keltirganimizning bosh sababi shundaki, aynan shu sayohatdan keyin 2 ta qit’a nomlandi:
«acy», «azy» - kun chiqar – keyinchalik Osiyo nomi
«ereb» - kun botar – keyinchalik Yeropa nomi
Qadimiy marshrutlarni harakatlanish jihatidan 2 xil sharoitga bo‘lishimiz mumkin:
Dengiz – suv yo‘li marshrutlari.
Quriqlikdagi marshrutlar.
Dengizlar orqali amalga oshirilgan marshrutlar: Fernando Magellanning yer shari bo‘ylab sayohati, Robert Skott va Raul Amundsenning shimoliy va janubiy qutblarga sayohatlari, Semyon Dejnyov va Vitus Beringning shimoliy muz okeani bo‘ylab sayohatlari, M.Lazarov va N.Lisyanskiyning janubiy qutbga sayohati, Mikluxo Maklay sayohati, Xristofor Kolumb va Jeyms Kukning okeanlar bo‘ylab sayohatlari marshrutlari.
Quruqlikda o‘tgan eng katta marshrut – «Buyuk ipak yo‘li» marshruti hisoblanadi. Shuningdek, xitoylik Chjan Syan yurgan yo‘l ham jahondagi eng katta marshrutdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |