Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Download 0,89 Mb.
bet36/45
Sana22.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#838048
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45
Bog'liq
2 5287265544951568944

Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlarga 1490-1504 yillardagi Xristofor Kolumb, Amerigo Vespuchchi, Vasko da Gama, Jeyms Kuk, David Livingiston, Afanasiy Nikitiy, D.Tasman, Mikluxo Maklay, D.Dikson va boshqa sayyohlar ochgan marshrutlar kiradi.
Yangi zamonaviy marshrutlar Yevropada va Amerikada dastlabki avtomobillar, poyezdlar va samolyotlar, bug‘ bilan suzadigan kemalar ixtiro qilingan 17-18 asrlar to‘g‘ri keladi.
O‘zgartirilgan marshrutlarni inson o‘zi uchun qulaylik, sharoit yaratadigan geografik relf shakllari o‘zgarganidan keyin o‘zgartiradi. Albatta, yangi yo‘l oldingisiga (eskisiga) qaraganda o‘zining xavfsizligi, qulayligi, harakatlar uchun ko‘plab sharoitlar, imkoniyatlar mavjudligi bilan ajralib turadi.
O‘zgartirilgan marshrutlar ko‘pincha davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy me’yorlarning buzilishidan kelib chiqadi. Xudi shuningdek, davlat ichidagi marshrutlar yangi shaharlar qurilishi, boy tabiiy mineral resurslarning ochilishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Sanoat ob’ektlarining markazlashuvi, arxeologik topilmalar va tabiat qo‘riqxonalarining tashkil qilinishi ham ko‘pincha yangi marshrutlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
O‘zgarmaydigan marshrutlar – barcha yo‘llar Rimga olib boradi shiorida bo‘ladi va asosan dunyoning qadimiy – tarixiy obidalari, diniy rahnomalar dafn etilgan joylar, tabiatning noyob haykallari joylashgan manzillar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, Misrdagi piramidalar, Xitoy, Hindiston, Tailanddagi qadimiy, toshdan qurilgan ibodatxonalar, Makka, Madina, Quddus, Buxoro, Samarqand, Xiva, Vatikan kabi shaharlarga, tabiat haykallari, Niagara sharsharasiga, g‘orlar, buloqlar, tog‘larga boriladigan marshrutlar o‘zgarmaydi. Shaharlar, davlatlar o‘rtasidagi temir yo‘l, havo yo‘li, avtomobil yo‘llari marshrutlari ham deyarli o‘zgarmaydi. «Buyuk Xitoy devori» bo‘ylab o‘tgan marshrut ham bu devor to yo‘qolib ketguncha harakatda bo‘ladi, o‘zgarmaydi.
Tiklanadigan marshrutlar. Bunday marshrutlar asosan qadimiy marshrutlar bo‘lib asrlar o‘tishi va ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli, marshrutda transport turlarining o‘zgarishi tufayli dastlabki ahamiyatni umuman yo‘qotgan marshrutlar hisoblanadi.
Masalan: Eramizdan oldingi II-III asrlarda mashhur bo‘lgan, asosan tuya karvonlari bilan harakatlanadigan «Buyuk ipak yo‘li» marshrutini tiklash uchun xalqaro harakatlar boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov 1995 yil 2 iyunda 1162 raqamli «Buyuk ipak yo‘li»ni qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasi ishtirokini avj oldirish va Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» farmonini qabul qildi. «Buyuk ipak yo‘li» marshrutini tiklash mumkin. Bu tiklash qadimiy yo‘l marshruti aniqlanib zamonaviy avtomagistral yoki zamonaviy temir yo‘l transporti tarmoqlariga aylanishi ham mumkin. Lekin tuya karvonlari marshrutini ekzotik turizmni rivojlantirish uchun qisqa-qisqa masofalarda tashkil qilish mumkin.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish