§2.3. Kaltaminor madaniyatining so’nggi bosqichida O’rta Osiyo
So’nggi bosqichi (IVmingyillik oxiri-III ming yillik birinchi yarmi) Lavlakon namgarchiligining oxirgi bosqsqichiga to’g’ri keladi. Bu davrda iqlim quruqlashib, suv manbaining tortilib borishi natijasida, tabiiy oziqa zaxirasi ka,ayib ketadi. Natijada ibtidoiy jamoa a’zolarining yashash sharoiti qiyinlashib boradi. Bunday iqlim sharoiti Klataminor madaniyati jamoasining yashash hududi qisqarishiga sabab bo’ladi. Aholining ama’lum yerda yashashi mahalliy hududning tabiiy oziq- ovqat zaxirasiga bog’liq bo’lib qoladi. Kaltaminor madaniyatining oxirgi bosqichi hozirgi Qizilqum hududida yashagan aholi oziq-ovqat ishlab, yashash joylarini doimiy o’zgartirib turishga sabab bo’lgan. Kaltaminor madaniyatining so’ngggi bosqichiga oid makonlar juda kamchilikni tashkil etadi. Qizilqum hududidagi makonlarda aholi uzoq yashamagan. Ular aholi vaqtinchalik yashagn kichik makonlardan iborat. Shuningdek, bu davrda ilk bosqichga oid makonlarni kalta o’zlashtirish holatlari ham kuzatiladi. Kaltaminor madaniyatining so’nggi bosqichiga oid Daryosoy va Echkilisoylarning quyi oqimidagi Chorbakti 18A, 26,29, 51 makonlari yaxshi o’rganilgan makonlardir. Kaltaminor tarixiy-madaniy majmuasining o’rta bosqichida dafn inshootlari o’rganilgan. Ular Tumek Kichikjiq (Sariqamish havzasi), Tolstov (Oqchadaryo o’zani) va Kaskajal ( janubi-g’argiy Ustyurt) qabrlaridan iborat. Marhumlar oddiy chuqur qabrlarda oyoq-qo’li cho’zilgan holda,chalqancha yotqizilib,ma’lum kuzatuv buyumlari bilan qo’shib ko’milgan. Marhumlarning istidan oxra sepilgan.Kuzatuv buyumlari asosn ayol qabrlarida aniqlanib, ular hayvonlar tishi va chig’anoqdan yasalgan taqinchoqlardan iborat. Marhumlar yevropoiq irqining “ sharqiy o’rta yer” guruhiga mansub qadimgi aholi vakillaridan iborat. Tumek-kichijik qabristoni- so’nggi neoli davriga oid yodgorlik bolib, u 1972 yilda Amudaryoning quyi oqimidan topilgan. U yerda tadqiqotlar 1973-1974 yillarda olib borildi. Qazishmalar vaqtida 27 ta qabr ochib o‘rganiIdi. Qabrga dafn etilganlar chalqanchasiga yotqizilgan, boshlari esa, asosan, shimoli-sharqqa qaratib qo‘yilgan va kiyim boshlari bilan ko‘milgan. Skletlar ustida taqinchoqlar saqlanib qolgan. Tosh qurollar va sopol buyumlarning parchalari qo‘yilgan. Qabrdagi suyaklarda qizil rang izlar mavjud. Bu ularning diniy e’tiqodlari bilan bogMiq boMgan. Tadqiqotlar natijasida neolit davrida Zarafshon daryosining beshta tarmog’i Amudaryoga qo‘shilganligi aniqlandi. Mazkur tarmoqlar Qizilqum hududida katta, kichik konlatrnii hosil qilgan. Zarafshon daryosining yirik tarmog’i Moxandaryo bolib, uning ham oqimida ko’llar shakllangan. Bugungi kunda ular sho‘rlanib, xalq orasida Katta tuzkon, Kichik tuzkon deb atalib kelinadi. Shu qadimgi ko‘l yoqalarida neolit davri aholisi iste’qomat qilgan. 1950 yillarda Ya.G‘.G‘ulomov Moxandaryo bo‘ylab arxeologik qidiruv ishlarini olib bordi. 1960 yillarda esa bu hududda A.Asqarov bilan OMslomovlar tadqiqot ishlarini olib borib, 100 dan ortiq neolit davri manzilgohlarini topdilar. Ular bir-biriga juda yaqin masofada joylashgan. Bu joylardan qirg‘ichlar, pichoqlar, o‘roq-randalar, nayza uchlari, o‘roqlar, parma, teshkichlar, yorg‘uchoq, qayroqtosh, bolta va boshqa buyumlar topilgan. Tosh qurollardan tashqari bu yerdan, taqinchoqlar, munchoqlar, sopol idishlari topilgan. Sopol idishlaming katta- kichikligi, bezagi har xil bo‘lib, og‘zi kengroq, osti dumaloq shaklda boMgan. Lekin bu erda suyakdan qurollar topilmagan. Uning ko‘plari mavsumiy manzilgohlar bo‘lib, madaniy qatlamlar etarli saqlanib qolmagan. Faqatgina Darvozaqir manzilgohida madaniy qatlam yaxshi saqlangan. Kaltaminor madaniyatining tosh qurollari chaqmoqtoshdan yasalgan turli anjomlardan iborat. Uning ilk bosqichida trapetsiyasimon va burchak shaklli tosh qurollardan foydalanilgan. Rivojlangan bosqichida trapetsiya shaklli tosh qurolli va plastinkasimon kamon o’qining uchi paydo bo’ladi.Tosh qurollariga ikki tomonlama ishlov berish usuli takomillashadi. 9 Kalataminor madaniyatiga oid sopol buyumlari qo’lda yasalgan. Ular soz tuproq loyiga shamot, kam hollarda xashak, maydalangan chig’anoq yoki qun=m qo’shib yasalgan . Dastlabki ikki bosqichi sopollarning tagi tuxumsimon shaklida yasalgan, keying bosqichda yassi tagli sopol buyumlari paydo bo’ladi. Sopollarning sirtiga to’lqinsimon, to’g’ri chiziqli va egri chiziqli naqshlar solinib, olovda pishirilgan. Kaltaminor madaniaytining datlabki ikki bosqichida tabiiy namgarchilik miqdori yuqori bo’lganligi sababli kichik suv havzalari, xususan,ko’llar ko’p bo’lgan. Daryo o’zanlari va ko’llar yaqinidagi to’qayzorlarda jayron, kichik bug’u, cho’chqa va qushlar yashashgan. Suv havzalarida baliqlar serob bo’lgan. Ularning atrofidagi dashtlarda cho’l hayvonlari yashagan. Bunday tabiiy sharoitda makonlardan yovvoyi cho’chqa, baliq,qirg’ovul,suv qushlarining suyagi, o’rdak va g’oz tuxumining po’chog’I hamda jiyda danaklari topilgan. Quyi Zarafshon hududidagi yodgorliklardan esa to’qay va cho’ hududida yasgaydigan cho’chq, bug’I, jayron, qulon, ot va baliq suyaklari topolgan. Kaltaminor madaniyati axolisi to’qay va cho’l hayvonlarini ov qilish, baliqchilik va terib termachilik bilan kun kechirgan. Baliqchilik o’zlahstiruvchi xo’jalikning ikkinchi tarmog’i hisoblangan. Cho’rtan, laqqa va zog’ora baliqlarining suyaklari Oqchadaryo o’zani hududidagi makonlarda ham, Zarafshonning Quyi oqimidagi makonlarda ham ko’plab uchraydi. Baliqlar suyak garpun va qarmoqlarda ovlangan. Baliq ovida ehtimol mikrolit garpun ham ishlatilgan bo’lishi mumkin. Lavlakon namgarchiligi davrda Kaltaminor madaniyati egalari yashaganhududlarda keng yaproqli o’rmonzor va to’qayzorni tashkil etib,mvali daraxtlarga boy bo’lgan. Daraxt mevalari aholini yoz- kuz mavsumida ozuqa bilan ta’minlagan. Terib-termachilikda o’simliklar va daraxtlarning mevasi va dukkakli o’simliklarning boshog’ini o’zlashtirganlar. Katta Tuzkon makonlaridan mikrolit toshdan yasalgan o’roq qadamalari va yorg’uchoqlar topilgan. O’roq qadamalari neolit davri aholisining boshoqli don ekinlarini boshog’ini o’rib olishda keng foydalanganligi arxeologik jihatdan o’z tasdig’ini topgan. Donlar yorg’uchoqda yanchilib iste’mol qilinganligi to’g’risida aniq fikr bildirish qiyin. O’tgan asrning 90-yillarida O’zbekiston-Polsha qo’shma ekspeditsiyasi tadqiqotlari natijasida Qizilqum hududidagi Oyoqog’itma makonidan xonakilashtirilgan hayvon suyaklari topilgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, Kaltaminor madaniaytining ikkinchi bosqichida qora mol va ehtimol qo’y va echki boqligan. Oxirgi bosqichida tuya qo’lga o’rgatilgan. Hozirgi paytda chatishib ketgan baktrian tuyalari O’zbekiston hududida xonakilashtirilgan. Kaltaminor madaniyati mil avv III mingyillikning ikkinchi yarmida inqirozga uchraydi. Kaltaminor madaniyati yashagan keng hududda yashagan aholi tili,xo’Jaligi, moddiy madaniyati va diniy qarashlari yaqin bo’lgan umumiy jamoani tashkil etgan.Ular o’rtasida ma’lum genetik bog’lanish bo’lgan. Qamishli madaniyati - Suvyorgan va Kaltaminor madaniyatlaridagi bosqichlardan biri. 1954 - 55 yillarda Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasi tomonidan tekshirilgan. Xorazm vohasida Amudaryoning qadimiy Oqchadaryo deltasi boylab tarqalgan neolit makonlari turkumiga kiradi. Qamishli madaniyatida uyjoy qurish uslubi jihatdan Kaltaminor madaniyati ananasi davom ettirilgan. Makonlar kochki qum va toqaylar xalaqit berganligi uchun Oqchadaryo deltasidan olisga tarqalmagan. Kvarsitdan ishlangan tosh qurollar, chaqmoqtosh qurollar va qum aralashtirilgan loydan yasalgan keng qorinli, boyni kalta, yelkasi bortma gardishli xum va boshqalar sopol buyumlar topilgan. Qamishli madaniyatiga mansub qabilalar dehqonchilik bilan shugullangan. Maʼlumot uchun, Neolit davriga oid dunyoga mashhur Kaltaminor madaniyati ushbu choʻl hududidan topilib, Oyoqogʻitma botigʻining shimoliy chekkasidan Markaziy Osiyo neolitshunosligiga bebaho hissa boʻlib qoʻshilgan shu nomli makoni topib boʻrganilgan. Oyoqogʻitma makoni Oʻzbekiston-Polsha-Fransiya xalqaro arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan jahon standartlari darajasida tadqiq qilingan.«Bu tadqiqotlardan olingan natijalar kaltaminorliklarning nafaqat ovchi va baliqchilar, balki tuya, qoramol va qoʻy-echkilarni xonakilashtirgan mohir chorvadorlar boʻlganliklarini ilmiy jihatdan isbotlab berish barobarida , ushbu madaniyatning xronologik sanasini yana 900 ming yilga , yaʼni eramizdan avvalgi 6300 ming yilliklarga qadimiylashtirdi», deyiladi akademiya xabari xulosasida.
Xulosa Xulosa qilib aytganda neolit davri Kaltaminor madaniyati O’rta Osiyo huduida yangi manzilgohlarning shakllanishiga,aholi xo’jaligining takomillashuviga va yangi mashg’ulotlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Neolit davrida O’rta Osiyoda ko’plab madaniaytlar shakllangan. Neolitdavri yodgorliklari Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’ida ham o’rganilgan. Sazag’on jamoalari tog’ oldi buloq suvlari yoqalarida ovchilik ho’jaligi bilan shug’ullangan.Zarafshon vodiysida yashagan neolit davri qabilalari shaxta yo’li bilan xom-ashyo qazib chiqarish usulini ixtiro qiladilar. Neolit davri odamlari toshning xususiyatlarini o’rganishga e’tibor bergan. Ular ma’lum darajada nam tortgan (chaqmoqtosh qancha ko’p nam tortsa, undan istalgan shaklda yuqori sifatli qurol yasash oson bo’lgan) chaqmoqtosh topish ustida harakat qilgan. Chaqmoqtosh sirlarini yaxshi bilgan neolit davri ustalari ana shu chaqmoqtoshni izlash natijasida yangi kashfiyotlar qildilar. Ya’ni ular shaxta yo’li bilan xom-ashyo olish usulini ixtiro qiladilar. 1960 yilda arxeolog Ya.G’ulomov Navoiy viloyatining Uchtut degan joyida mehnat qurollari yasash uchun juda boy xom-ashyo markazini ochdi. Arxeologlar M.Qosimov va T.Mirsoatov Uchtut yodgorligini tadqiq qildilar. Uchtutda Chaqmoqtosh xom-ashyosi olish uchun 4,5 va 5 metrli o’ralar kovlangan. Kerakli xom ashyoni olish uchun esa o’raning har tomoniga qo’shimcha yo’laklar ochilgan. Uchtutda 100 dan ortiq shaxtaning o’rni ochib o’rganilgan.Neolit davrida dastlabki shaxtalar Angliya, Frantsiya, Daniya, Shimoliy Germaniya hududlarida ham ko’plab mavjud edi. Bu davrda xom ashyoni ixtisoslashgan tarzda qazib olish keng ko’lamda bo’lib, u san’at darajasiga ko’tarilgan. Ibtidoiy san’atning rivojlanish bosqichi ham neolit davriga to’g’ri keladi. Yuqorida keltirib o’tganimiz madaniyat yodgorliklaridan topilgan idishlarga, kulolchilik buyumlariga har xil rangdagi bo’yoqlardan naqshlar, odam va hayvon suratlari chizilgan. Shu bilan birga loydan yasalib pishirilgan ayol haykalchalari ham neolit davri moddiy topilmalari hisoblanadi.
Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, odamlar bu davrda ho’jalikning ilg’or, unumdor shakli – dehqonchilik va chorvachilikni kashf etgan. Bu jarayon arxeologiyada neolitning inqilobi deb yuritiladi. (ingliz olimi G.Chayld fikri) kishilarda yaratuvchanlik faoliyatini aktivlashuvi mehnat qurollarida yangi shakl va xususiyatlarni, ishlab chiqarishda esa yangi ko’nik-malarni paydo etdi. Natijada, to’qimachilik, ip yigirish, qayiqsozlik, uysozlik, suvda suzish, o’rganildi va o’zlashtirildi. Bu davrda hunarmandchilikka asos solindi. Maishiy munosabatlar ma’lum ma’noda tartibga kela boshladi. Odamlarda fiziologik o’zgarishlar yasashga xissa qo’shgan xususiyat-pazandalik sohasida go’shtni pishirib eyish va ovqatlar tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lindi. Xususan, neolitda odamzod rivojlanish sari katta qadam tashladi. Aholining ko'payishi va qishloq xo'jaligi, chorvachilik, to'qimachilik yoki kulolchilik kabi ishlarga ko'proq berilish mehnat taqsimotining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan ba'zi omillar edi.Jamiyat erni ishlovchilar, hosilni yig'ib oluvchilar, toshlarni silliqlaganlar yoki dastgohlardan foydalanadiganlar va boshqa kasblar orasida bo'linishni boshladi. Ortiqcha narsalar bilan bir qatorda, tovar ayirboshlash yo'li bilan almashinish boshlandi, bu birinchi savdo turi.Bu omillarning barchasi, shuningdek xususiy mulkning kelib chiqishi va vaqt o'tishi bilan sinflar farqlanishining asoslari bo'lgan. Qishloq xo'jaligining joriy etilishi barcha sohalarda bir vaqtning o'zida sodir bo'lmagan, ammo juda xronologik farqlarga ega bo'lgan sekin jarayon edi. Shunday qilib, uzoq vaqt davomida qishloq xo'jaligi va kamharakat jamiyatlari paleolit hayot tarzini saqlab qolgan boshqalar bilan birga yashab kelgan. Zig'ir va jun bilan tikilgan kiyimlarning qoldiqlari mutaxassislarni uy hayvonlari nafaqat oziq-ovqat uchun mo'ljallanganligini tasdiqlashlariga olib keldi. Neolit davri inqilobi paytida, qo'shimcha ravishda to'qimachilik mahsulotlarini takomillashtirish uchun dastgohlar ixtiro qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |