Urganch Davlat Universiteti Tarix fakulteti Arxeologiya yo’nalishi


§2.2.Rivojalngan-Oqchadaryo bosqichi makonlari



Download 39,24 Kb.
bet4/7
Sana02.03.2022
Hajmi39,24 Kb.
#479758
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qodirov Siroj

§2.2.Rivojalngan-Oqchadaryo bosqichi makonlari
Rivojlangan-Oqchadaryo bosqichiga oid Amudaryoning quyi oqimida Janubiy Oqchadaryo o’zani hududida yaxshi o’rganilgan. Buyerdan kaltaminor madaniyatiga oid 100dan ortiq makonlar aniqlangan. Ularda Yonbosh-4, Qavat-4,Tolstov makonlarida arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. Qoraqalpog’istonning To’rtko’l tumani hududida joylashgan Yonbosh IV makoni Kaltaminor madaniyatining tayanch yodgorligi sanaladi. Uning yaqinida Tolstov makoni joylashgan bo’lib,ular neolit davrining bitta urug’ga mansub jamoalari sanaladi. Yonbosh IV makoni 1939-yilda S.P.Tolstov tomonidan o’rgatilgan. Yonbosh IV makonida ikkita madaniy qatlam aniqlanib, pastki qatlamida moddiy topilmalar yaxshi saqlangan. YonboshIV Makonda ikkita madaniy qatlam mavjud bo’lib, asosiy moddiy topilmalar quyi qatlamida yaxshi saqlangan. Makondan umumiy maydoni 290 m2 joyda (24x17 m.) yog’och qurilmasiga ega bo’lgan uy-joyning o’rni ochilgan. Bu kulba o’z davrida yonib kulga aylangan. Yog’och qurilmasiga ega qurilishdan iborat kulbaning yon tomonidagi yog’och ustunlarning izi saqlanib qolgan. Ustunlar o’rtasiga ko’ndalang shox-shabba tashlanib, ustidanqamish bosilgan. Kulba ichkarisining sovuqda issiq bo’lishi uchun qamish ustidan chin bosilgan bo’lsa kerak. Makonning atrofida yonib kulga aylangan yog’och va qamish kuyundilari saqlanib qolgan.Chaylaning o’rtasida markaziy yirik (diametri 1.2 m) joylashgan bo’lib, atrofidagi kichik o’choqlardan farq qiladi. Markaziy o’choqda doimiy olov yonib turgan, Uning atrofida moddiy ashyolar va oshxona chiqindilari uchramaydi. Xo’jalik o’choqlaridan farqli o’laroq markaziy o’choqda qalin toza oq kul qatlami saqlangan. Undan muqaddas olov doimiy yonib turgan. S.P.Tolstov katta ochoq kulbada yashagan axolining topinish odati uchun xizmat qilganligini bildiradi. Bu bevosita olov kuli bilan bog’liq bo’lib, kulbada yashovchi, ehtimol kulba atrofidagi yashovchi aholining sig’inish joyi bo’lishi mumkin. Uning atrofida yig’ilgan katta yoshdagi jamoa a’zolari qabilaning ishtimoiy-iqtisodiy hayoti bilan bog’liq masalalarmi muhokama qilgan. Kulbada 100ga yaqin kichik o’choqlar joylashgan. Kichik o’choqlarning atrofida sopol parchalari va hayvonlar suyagining nusxalari uchraydi. Ular juft oilaning alohida xo’jaligidan dalolat beradi. Kulbada taxminan 100-125ta dislokal oiladan iborat ona urug’i jamoasi vakillari yashagan. Yonbosh IV makonidan neolit davri uchun xos nukleus, nayza va kamon paykonlari, qirg’ich, plastinka, kamon o’qining uchi va boshqa yosh qurollari topilgan. Makondan yovvoyi cho’chqa, baliq, qirg’ovil, suv qushlarining suyagi, o’rdak va g’oz tuxumining po’chog’i hamda jiyda danaklari topilgan. Yonbosh IV makonidan so’nggi neolit davriga mansub nukleuslar,nayza paykonlari,qirg’ichi,o’q uchlari va tosh qurollar topilgan.7Makonning nadaniy qatlamidan baliq,yovvoyi cho’chqa,qirg’ovul,o’rdak,g’oz tuxumi po’choqlari va jiyda danaklari topilgan. Topilgan suyaklarning 86% I baliq suyaklari ekanligi aniqlangan. U yerda sopol idish parchalari ham topilgan bo’lib, ular tuxumsimon shaklda,osti yassi bo’lib, sopol idishlarning sirti ilon izi, archa bargi singari romb, uchburchak,to’lqinsimon naqshlar berilgan.Ular qopga o’xshash narsaga qum solib, atrofini loy bilan suvab chiqqanlar va quritilgan. Keyin yer tandiriga o’xshash xumdonga bir nechtasi terilib, olov yoqilgan va xumdon og’zi berkitilgan. Katta haroratda olov yonib, idish ichida iz qoldirgan. Shu sabab sopol buyumlari tuxumsimon shaklda bo’lgan, lekin idish ichi pishmasdan qolgan. Sopol loyiga yantoq yoki qamishning kuli solingan. Sopol qozonlarga esa maydalangan toshlar qo’shilgan. Yonbosh IV atrofidagi taqirlardan neolit davriga oid ikkita qabr toilgan. Marhumlar g’ujanak holda, ya’ni oyoq-qo’llari bukilib ko’milgan. Qabrlarning har xil joylaridan turli taqinchoqlar,chaqmoqtosh qurollar, sopol idishlar siniqlari va qizil bo’yoq qoldiqlari topilgan.Bu topilmalar kaltaminor madaniyatiga xos edi. Tolstov makoni. Yonbosh IV makonidan pastroqda, uning janubiy qismida joylashgan. Makon 1976-yilda orxeolog A.V.Vinogradov tomonidan o’rganilgan va ustozi sharafiga “Tolstov manzilgohi” nomini bergan. Tadqiqotlar natijasida makonning rivojlangan neolit davriga to’g’ri kelishi va mil.avv IV ming yilliklarga oid ekanligi aniqlandi. Makondan ibtidoiy kulbalari o’rni aniqlangan, tosh qurollar, sopol buyumlar, hayvon, parranda, baliq suyaklari topib o’rganilgan, Bu yerdagi kulbalarning nisbatan kichik, to’g’ri burchak shakliga ega bo’lib, umumiy maydoni 110-120 m2 . Makondan ikkita xona qoldig’i topilgan bo’lib, ulardan birining maydoni 110-120 m2. Xonaning konussimon tomi avval qamish, so’ngra daraxt qobig’i bilan yopilgan. Xonadan ustun qoldiqlari va o’choq izlari aniqlangan. Makondan chaqmoqtoshdan ishlangan mikrolit qurollar, kamon o’qi uchlari, turli xil suyak qurollar- garpunlar,qarmoqlar,ignasimon uchli qurollar,ignalar,silliqlanib ishlangan boltachalar,tosh va sopolni silliqlaydigan asboblar,chig’anoqlar,parranda suyaklari va feruza toshidan ishlangan taqinchoqlar topilgan. Shuningdek,qora-qizg’ish va oq rangdagi bo’yoqlar bilan bo’yalgan,turli naqshar bilan bezatilgan sopol buyumlarning parchalari topilgan. Tolstov manzilgohidagi tosh qurollarning Darvozaqir I,II va Katta Tuzkon makonlaridagi qurollar bilan o’xshash tomonlari aniqlangan.Tolstov manzilgohidan topilgan ashyolar Kaltaminor madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini yanada oydinlashtiradi. Jumladan, Kaltaminor xo’jaligining asosini baliqchilik tashkil qilgan. Baliq ovida to’rdan, suyak garpunlardan va qarmoqlardan keng foydalanganlar. Ularning namunalari Klataminor madaniyati yodgorliklarida ko’plab uchraydi. Xo’jalikda hayvon ovi ham muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ular ,asosan, yovvoyi cho’chqa, buxoro ohusi, jayron,qulon, sayg’oq va boshqa hayvonlarni ovlagan. Ovda ular o’q-yoydan keng foydalanganlar. Xo’jalikda pardozlangan tosh bolatalar va teshalardan foydalanganlar. Aholisis to’qimachilik bilan ham shug’ullanib, o’zlari uchun kiyim-kechak va baliqlar uchun to’r to’qishgan. Xo’jalikning uchinchi tarmog’i termachilik bo’lgan. Yodgorlikdan yovvoyi jiyda danagi ko’plab topilgan. Sirdaryoning pastki oqimida so’nggi neolit davriga oid ko’pgina makonlar tadqiq qilindi. Shulardan Saksovul va Shukqum qarorgihlaridan katta material olingan. Bu yerdagi ibtidoiy jamoalar ko’pincha qirg’ich qurollarini tosh siniqlaridan yasaganlar. Sopol idishlarning turli shakllari mavjud bo’lgan.Ular tuxumsimon shaklda bo’lib, tagi tekis ishlangan va qisman naqshlangan.Kaltaminor madaniyatining ijtimoiy rivojlanishida matriarxat davri bo’lib, juft oilalar shakllangan edi. Bundan Yonbosh IV makonidan topilgan 100 ga yaqin mayda o’choqlar darak beradi. Shuningdek, kaltaminotliklar o’z faoliyatlarida tabiatga butunlay qaram edilar. Ular yashash joylari-kulbalarini daryo va ko’llar bo’ylarida qurganlar. 8Daryolar o’z o’zanini o’zgartirishi bilan ular ham o’z manzilgohlarini o’zgartirishgan. Hozirgi kunda Kaltaminor madaniyati izlari Sirdaryoning quyi oqimi, Qizilqumning ichki hudulari va Zarafshonning quyi havzalaridan topilgan.

Download 39,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish