O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Ta’lim Vazirligi
Urganch Davlat Universiteti Tarix fakulteti Arxeologiya yo’nalishi
II bosqich 202-talabasi Qodirov Sirojbekning
“O’rta Osiyo arxeologiyasi” fanidan tayyorlagan
Kurs ishi
Mavzu: O’rta Osiyoda neolit davri. Kaltaminor madaniyati
Topshirdi: Qodirov Sirojbek
Qabul qildi: Abdullayev U.I. t.f.d.dots
Mundarija:
Kirish…………………………………………………………………………………4
I.Bob.O’rta Osiyoning neolit davri arxeologiyasi
1.1.Neolit davri umumiy tavsifi………………………………………………………12
1.2. O’rta Osiyoning neolit davri tabiiy shart-sharitlari………………………………15
II.Bob. Neolit davri tabiiy-iqtisodiy makonlari va ularning o’rganilishi
2.1.Kaltaminor tarixiy-madaniy majmuasi va uningbosqichlari……………………...23
2.2.Rivojlangan-Oqchadaryo bosqichi makonlari……………………………………28
2.3.Kaltaminor madaniyatining so’nggi bosqichida O’rtaOsiyo…...………………...
Xulosa………………………………………………………………………………....29
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………………30
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.Neolit davri haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish. O’rta Osiyoda neolit davri manzilgohlarini o’rganish.Neolit davrida jamiyatlar turli taraqqiyot darajalarida bo’lganlar.Ba’zi mintaqalarda dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan,ba’zi urug’ jamoalari ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar. Neolit davrida ibtidoiy qabilalar o’troq turmush tarziga o’tganlar. Doimiy yerto’la,loy,guvaladan qurilgan kulbalarda yashaganlar.O’troq turmush tarzi janubiy hududlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga,cho’l mintaqalarida esa,o’troq ovchilik xo’jaligining qaror topishiga olib kelgan. Keyinchalik ovchilik xo’jaligi zamirida chorvachilik paydo bo’lgan. Neolit davrining eng katta yutug’i ham dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi edi. Ibtidoiy qabilalar ishlab chiquvchi xo’jalikka o’tishdi. Bu uzoq va mashaqqatli davom etgan jarayon bo’lgan. Termachilik zamirida dehqonchilik yotgan,ovchilining zamirida esa,chorvachilik yotgan.Tadqiqotchilarning fikricha, dehqonchilik va chorvachilikning paydo bo’lishiga ayollarning mehnati va sinchikovligi sabab bo’lgan. Neolit davrida toshni ishlash texnikasida yangi usullar-silliqlash,arralash, va parmalash usullari ixtiro etiladi. Bu esa ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni yanada tezroq rivojlanishiga olib keladi. Bu usullar hamma qurollarga nisbatan qo’llanilmagan. O’tkir tig’ beruvchi qurollar yasashda kertma va yorma uslubidan foydalanganlar. Neolit davrida qurollarning turi ko’paygan: tosh boltalar,ponalar,tosh teshalar,iskanalar, og’ir cho’qmorlar paydo bo’lgan. Tosh boltalar neolit davrida barcha og’ir yumushlarni bajargan. O’rta Osiyoda neolit davri jamoasi rivojlanishining 2 xil ko’rinishi bo’lgan: 1. Janubi-g’arbiy hududlarida, hozirgi Turkmanistonning Kopettog’ tog’i oldi daryo havzalarida ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan.2.Markaziy va shimoliy hududlarida esa, neolit davri jamoalari ovchilik va baliqchilik xo’jaligi bilan shug’ullanganlar. Mintaqalararo rivojlanishning o’ziga xos jihatlari tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan. Shuningdek, O’rta Osiyoda neolit davri yodgorliklarini bir necha yirik territorial-xo’jalik shakllarga ajratilgan: masalan, Joytun madaniyati,Kaltaminor madaniyati,Hisor madaniyati va Sazag’on madaniyati shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |