Qavat IV makoni. Oqchadaryo o’zani hududidagi Qavat IV manzilgohi uy-joy o’lchami 30-31x18m ni tashkil etadi. Uy-joylar o’lchami 80 m2 dan 120-150 m2 bo’lgan to’g’ri burchakli yerto’ladan iborat. Uylarni qurishda mahlliy hududning tabiiy sharoiti va relyefiga e’tibor qaratilgan.Zarafshonning quyi oqimi hududida neolit davriga oid 700dan ortiq yodgorliklar aniqlangan.Ularga Darbozaqir I,II, Katta va Kchik Tuzkon, Daraisho’r, Qorong’I Sho’r va Poykand makonlari arxeologik jihatdan yaxshi o’rganilgan yodgorlilardir. Darbozaqir I makoni hozirgi paytda qurib qolgan janubiy Mohandaryo o’zanidagi Katta Tuzkon ko’lining shimoli-g’arbiy tomonida joylashgan.Qorako’l shaharchasidan 40km shimoli-g’arbda joylashgan.Makon 1961-yillarda Y.G’ulomov boshchiligidagi Mohandaryo ekspeditsiyasi tomonidan o’rganilgan. Makonda bir davrga oid uchta madaniy qatlam aniqlanib,ularning yuqorisidagi ikkita madaniy qatlami buzilib ketgan,yaxsgi saqlanmagan. Madaniy qatlamlardan besh mingga yaqin tosh qurollari, mingga yaqin sopollar parchasi,shuningdek,hayvon,parranda,baliq suyaklari, tosh va chig’anoqdan yasalgan taqinchoqlar topilgan. Makonning pastki qismidagi uchinchi madaniy qatlamidan 81 m2(7x11,6m) joyni egallagan to’g’ri to’rtburchak shaklli kulbalarning o’rni ochilgan. Bu kulba ham Yonbosh IV dagi kabi yer ustida joylashgan bo’lib, yog’och ustunlarga asoslangan chayladan iborat. Chaylaning o’rtasida o’z davrida chaylaning o’rtasidagi yog’och xarini ko’tarib turgan ikkita ustunning o’rni aylana shaklda saqlanib qolgan. Chayladan tashqarida o’choq qoldiqlari mavjud.Darbozaqir I makonidan topilgan topilmalarning ko’pchiligi chaqmotoshdan yasalgan qurollardir. Nisbatan sifatliroq bo’lgan oqish va sarg’imtir-oqish rangli chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar soni ko’pchilikni tashkil etadi. Qurollar yasash uchun xomashyo Nurota tog’ tizmasining shimoliy yonbag’ridagi Chaqmoqtepadan olib kelingan. Tosh qurollarning asosiy ko’pchilik qismi pichoqsimon plastinkadan yasalgan. Ular teri va yog’ochga ishlov berish maqsadida ishlatilgan o’lchami kichkina toh qurollari va kamon paykonlaridan iborat. Tosh qurollari majmuasida kam sonli qirg’ichlar ham mavjud. Qirg’ichlar prizmasimon nukleuslardan yasalgan. Sirti silliqlanib,bolta sifatida ishlatilgan tosh qurollari ham uchraydi. Nukeluslarning ikki xil prizmasimon va aylanasiga sindirib olingan turlari mavjud. Makonning uchinchi madaniy qatlamidan topib o’rganilgan suyaklardan bigiz,juvoldiz va teshish maqsadida foydalanilga. Sopol buyumlari qo’lda mato qolipda yasalgan bo’lib, naqshli va naqshsiz turlari ajralib turadi. Sopol buyumlari soz tuproqdan, loyining tarkibiga asosan qum,kam hollarda hashak va maydakangan chig’anoq qo’shib yasalgan. Sopol idishlarining ko’pchiligining bo’yi baland, og’zi tashqariga biroz qayrilgan va tagi dumaloq yoki uchli. Og’zi tashqariga biroz qayrilgan tuxumsimon yoki noksimon shaklli idishlar ham mavjud. Sopollarning sirtiga solingan naqshlar o’tkir tig’li narsa bilan botirib ko’ndalang chizilgan har xil naqshlardan iborat. Darbozaqir II Katta Tuzkon ko’lining shimoliy tomonidan Darbozaqirning sharqiy yonbag’rida joylashgan joylashgan yodgorligi neolit davriga oid bir qatlamli makon. Bu makonda uy-joylarning o’rni saqlanmagan.Topilmalar tosh qurollari va sopol parchalarini tashkil etadi. Tosh qurollari nucleus. Tosh bolta, yorg’uchoq,pichoq, nayzaning uchi, paykon o’roq qadama, vamikrolitdan iborat.Shuningdek, toshdan yasalgan munchoq va taqinchoqlar ham mavjud.Qo’lda yasalgan sopol buyumlar naqshli va naqshsiz. Sopol buyumlari Darbozaqir makonidan farq qilmaydi.Katta Tuzkon ko’li atrofida o’ttizdan ortiq, Kichik Tuzkon ko’li atrofida uchta joydan, Echkiqiron va Qorongisho’r neolit davri makonlaridan ibtidoiy jamoa a’zolari yashaganligidan darak beruvchi har xil tosh qurollari, sopol buyumlar,hayvon suyaklari va ularning ayrimlaridan o’choq iz;ari aniqlangan. Shuningdek,Poykent shahri atrifida o’nga yaqin joy makonlarida turli xil topilmalar terib olingan. Ularning madaniy qatlami buzilib, saqlanib qolinmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |