XULOSA
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgach, totalitar ideologiya illatlaridan qutulib, mustaqillik milliy mafkurasini shakllantirish imkonini pedagogik boshqarmalarda psixologiya fanini va uning pedagogik oliy o'quv yurtlarda o'qitishning yangi kontseptsiyasini aniqlab olishni taqozo etmoqda. Hozirgi kunda ilmiy ipormalizm, turli xil falsafiy, ijtimoiy va psixologik yo'nalishlar, g'oyalar qiymatini oshkora solishtirishga imkoniyat yaratildi. Hozirgi bosqichda ta`lim jarayonida asosiy maqsadi o`quvchilarni kelgusidagi kasbiy faoliyatiga nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash vazifalarini yaqqol hal etishdan iborat. Pedagogikada o'rganilayotgan pedagogik muammolar, tabiatni bilish, emotsional va irodaviy faoliyat qonuniyatlari, odamlarning u yoki bu tarzda munosabat o'rnatishi uchun muhimdir. U asosan kamol topib kelayotgan avlodga ta'lim va tarbiya berish amaliyotida albatta kerak. Shaxs rivojlanishi qonuniyatlarini o'rganish, tarbiya va ta'limning anchagina samarali usullarini ishlab chiqish uchun imkon beradi. Pedagogik texnologiya - texnika resurslari, odamlar va ularning o'zaro ta'sirini hisobga olgan holda, ta'lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo'yuvchi o'qitish va bilimlarni o'zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish va aniqlashning tizimli metodidir. Biz o'z tadqiqotlarimizda pedagogik texnologiyalarning dars jarayonidagi ahamiyatini ko'rib chiqdik. Pedagogik texnologiyalarning afzalligi, zamon sinovlaridan o'tganligini, darslarning sifatli va samaradorligini oshirishda muhim amahiyat kasb etishiga bevosita darsda qo'llash jarayonida amin bo'ldik. Pedagogik texnologiyalarni amalda qo'llash dars jarayonida o’quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirishda dars davomida barcha o’quvchilarning faolligini ta'minlab berdi. Odatda, o'qituvchi dars mavzu yuzasidan ko'p gapiradi, nazariy shunuchalar beradi. Bunday bilim o’quvchining xotirasida qay darajada qoladi, talaba har bir ma'lumotni esda saqlab qoladimi, bu jarayonda pedagogik texnologiyalar qo'llansa qanday natijalarga erishamiz? Degan savollarga tadqiqotimiz davomida javob topa oldik. Dars jarayonida qo'llanilayotgan pedagogik texnologiyalarni samarasini o’quvchilarning bilim olishdagi harakatlarida mustaqil fikrlashning ortishida, mustaqil ishlash ko'nikmalarining shakllanishida kuzatdik. Ana shunday mustaqil ko'nikmalarning shakllanishi, kelajakda o'z kasblari ustida ishlab, yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, ijobiy natijalarga erishishlari mumkin. Namuna bo'la olidagan pedagog muvaffaqiyatining siri nafaqat pedagogik texnologiyalarni qo'llashda, balki mahoratida bolalar qalbiga yo'l topa olishida ham ko'rinadi. Darsda pedagogik texnologiyalarni qanchalik zo'r darajada 62 qo'llamasin pedagogik mahorati ham muhimdir. Biz bunga tadqiqotimiz davomida amin bo'ldik. Shu bilan birga pedagogik texnologiyalarni qo'llashni afzalliklarini bildik. Bularning sodda va oson, esda qolarli; vaqtdan yutamiz; qiziqarli bo'ladi; mustaqil fikrlashni o'rgatadi, xotirani yaxshilaydi, izlanishga chorlaydi; talabalarni o'z ustida ishlashga da'vat etadi kabilar. Dars jarayonida qo'llanilgan pedagogik texnologiyalar berilayotgan ta'limni o’quvchilar tomonidan ongli o'zlashtirilib, o'qituvchi va o’quvchi o'rtasida mustaqil fikr almashish imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa o’quvchilarning mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyat kasb etdi. O’quvchilarning mustaqil fikrlash ko'nikmalari kommunikativ qobiliyatlarning o'sishiga, o'quvchilar orasida hissiy aloqa o'rnatilishiga, muammoli vaziyatlar echimiga, guruhda ishlashni, o'zgalarni fikrini tenglay olishni va o'z fikrini mustaqil bayon etishni o'rganishiga olib keldi. Shu bilan birga o’quvchilarda o'ziga ishonch, bilimiga tayana olish, qiziqishlarining kuchayishi hamda ijodkor bo'lishga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |