Yillik ish rejaining strukturasi ,
Kirish qismi.
I. Maktabgacha ta’lim muassasa ishining asosiy vazifalari.
II. Tashkiliy-pedagogik ish.
III. Kadrlar bilan ishlash.
IV. Ta’lim-tarbiyaviy ishga rahbarlnk va uni kontrol qilish.
V. Ota-onalar bilan ishlash.
VI. Ma'muriy-xo‘jalik ishi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida yillik rejani tuzish uchun muassasaning istiqbol rejasi asos bo'ladi.
Yakuniy rejalashtirish choraklar uchun tuziladi, u bir yillik rejaning aniqlashgan ko‘rinishi hisoblanadi. Shu tarzda rejalashtirishning bunday aniqlashgan ko‘rinishlari tarbiyachilar, tarbiyalanuvchilar va ota-onalar qo‘mitasining faoliyatini boshqarishga yordam beradi. Bu rejalar tarbiyachilarning ish rejalari bilan aloqadorlikda aniqlashtirilib boriladi.
Umuman olganda, boshqarish faoliyatida rejalashtirish vazifasining to‘la amalga oshirilishi ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |