2-mavzu : RASMIY VA SHAXSIY XATLAR VA ULARNING FARQLARI
R e j a:
1. Xat va ularning turlari haqida ma'lumot.
2. Shaxsiy xatlar va ularning turlari.
3. Rasmiy xatlar va ularning turlari.
4. Rasmiy hujjatlar matnining grammatik qurilishi.
Tayanch so‘z va iboralar: Muloqot shakli, masofa, yozuv,jo‘natish vositalari, muomala madaniyati, badiiy matnda xat, xat yozish san'ati, “Munshaot”, shaxsiy, yoshi, jinsi, ishqiy, sog‘inch, xabardor qilish, rasmiy, taklif, moddiy rag‘bat-lantirish, pul ko‘chirish, qarzni so‘rash, kadrlar bilan mustahkamlash, mukofotlash, nizoli masalalarni hal qilish, rejalashtirish, xat tuzilishi, ifodalarning uslubiy farq-lanishi, subyektiv baho, adres.
Xat insonlar o‘rtasidagi muloqot shakllaridan biri bo‘lib, uning yuzaga kelishi yozuv va masofa bilan bog‘liqdir. Ya'ni, u faqat yozuv yordamidagina shakllanadi va ma'lum masofada bo‘lgan kishiga jo‘natiladi. Unda xat muallifining fikr-mulohazalari va his-tuyg‘ulari ifoda etiladi. Xatni jo‘natish esa ma'lum vositalar yordamida amalga oshiriladi.“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ushbu so‘zning 9 ta ma'nosi berilgan:
1. Uzoqdagi kishiga biror xabar berish yoki fikrlashish maqsadida, odatda, pochta orqali yuboriladigan, biror matn yozilgan qog‘oz, noma, maktub;
Do'stlaringiz bilan baham: |