Urganch Davlat universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Download 158,78 Kb.
bet5/70
Sana18.01.2022
Hajmi158,78 Kb.
#385043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Bog'liq
2 5292051152131591715

Mavzu yuzasidan topshiriqlar:
1-topshiriq. Munshaot haqida ma’lumot. Munshaot (ish yuritish) tarixining davlatchilik tarixi bilan bog‘liqligini tushuntirib bering.
2-topshiriq. Farmon, tarxon yorlig‘i, vaqfnoma, vasiqa, shartnoma singari hujjatlarning mazmuni haqiga gapirib bering.
3-topshiriq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi Farmonini o‘rganib, undan shu matn uslubiga xos bo‘lgan so‘z va iboralarni toping hamda grammatik qurilishini tushuntirib bering.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

F A R M O N I
Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatriga

Milliy teatr” maqomini berish to‘g‘risida


Mamlakatimizda professional teatr san'atini yanada rivojlantirish, Vatani-mizning boy tarixi, ajdodlarimizning o‘lmas merosini, mustaqillik yillarida erishgan ulkan yutuqlarimizni, bugungi zamonaviy qahramonlar siymosini aks ettiruvchi badiiy barkamol asarlar yaratishni rag‘batlantirish, xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksal-tirish, yosh avlod qalbi va ongiga ezgulik g‘oyalarini singdirishda teatr san'atining rolini yanada kuchaytirish maqsadida:

1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbekteatr”

Ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, atoqli san'at namoyandalari va keng jamoat-chilikning takliflarini inobatga olib, Hamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatriga “Milliy teatr” maqomi berilsin va u “O‘zbek Milliy akademik drama teatri” deb atalsin.

2. Quyidagilar O‘zbek Milliy akademik drama teatrining asosiy vazifalari etib belgilansin:

— buyuk ma'naviy merosimiz, betakror qadriyatlarimiz, o‘zbek milliy teatri an'analarini izchil davom ettirish, ularni yangi davr talablari asosida boyitib borish va rivojlantirish, bu sohadagi ilg‘or uslublarni milliy ruh bilan uyg‘unlashtirgan holda teatr san'atiga tatbiq etish;

— milliy istiqlol g‘oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlari yaratish asosida o‘zbek milliy teatr san'ati taraqqiyotiga hissa qo‘shish;

— xalqimiz, avvalo, yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuy-g‘ularini shakllantirish, ularni ona-Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash;

— iste'dodli san'atkorlar, yosh aktyorlar, dramaturg va rejissyorlar,

sahna san'ati mutaxassislarining salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish

uchun o‘ziga xos ijodiy maktab bo‘lib xizmat qilish;

— mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, jahonning ilg‘or va nufuzli teatrlari bilan ijodiy muloqot va amaliy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro festivallarda o‘zbek teatri yutuqlarini munosib ravishda namoyish etish.

3.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va “O‘zbekteatr”

ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida O‘zbek Milliy akademik drama teatrining Nizomini ishlab chiqib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda O‘zbek Milliy akademik drama teatri xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tarif me'yorlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin.

5. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Preziden-tining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti I.KARIMOV

Toshkent shahri,

2001 yil 21 sentabr



Download 158,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish