Intellekt, intellektual mulk
Odamzot o‘z tabiatiga ko‘ra jismoniy jihatdan eng mukammal mavjudot emas. U kuch, tezlik va epchillikda ko‘plab hayvonlardan ortda qoladi. Lekin insonda eng kuchli imtiyoz – uning intellekti mavjud.
Intellekt so‘zi lotincha intellectus so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, insonning aqli, ongi, fikrlash qobiliyatini bildiradi.
Intyellyekt – insonni hayvonot dunyosidan ajratib turadigan asosiy byelgi bo`lib, rivojlanishni sifat jihatidan yangi pog`onaga ko`taradi. Eng avvalo intyellyektual mulk intyellyektual faoliyat natijasidir. Barcha intyellyektual faoliyat ham intyellyektual mulk bo`la olmasligi aniq. Inson fikrlaydi, uning xayolida byehisob g`oyalar, loyihalar tug`iladi, lyekin ularning hammasi ham hayotda amalga oshmay, qolib kyetadi. Faqat boshqalar tomonidan ob`yektiv ravishda qabul qilinadigan, ya`ni o`zining muayyan chyegaralariga ega bo`lgan g`oya va fikrlargina mulk bo`la olishi ravshandir.
Yaratilgan yangilik va ixtirolar ilmiy tadqiqot ishlari bu - aqliy myexnat bo`lib uning natijalari ishlab chiqarishga qo`llanilsa, u Intellektual mulk hisoblanadi va quyidagi ko`rinishlariga ega bo`lishi mumkin:
1. Yangilik
2. Ixtiro
3. Foydali modyellar
4. Sanoat namunalari (prom.obraztsu)
5. Tovarlik byelgilari.
6. Yangi nomlar.
Shulardan foydali modyelda biror bir tyexnik vazifani yyechishda kiritilgan ma`lum bir formula va yyechimlar kiritiladi.
Sanoat namunalari - qilingan yangilikni qurilgan namunasi va ularning har tomonlama estyetik ko`rinishlari hisobga olinadi.
Tovarlik byelgisi - tovarga qo`yilgan tamg`a bo`lib bu boshqa tashkilotlarning tovarlaridan farq qilishi uchun byeriladi.
Qilingan yangilik va ixtirolar uchun mualliflik guvoxnomasi yoki patyent byeriladi. Mualliflik guvoxnomasi umrbod byerilib, patyent esa ma`lum vaqtgacha saqlanadi.
Inson faqat intellektga ega bo‘lgandagina oqilona ishlar qilishi, ijod bilan shug‘ullanishi va ma’naviy jihatdan to‘laqonli hayot kechirishi mumkin. Inson o‘z oldiga vazifalar qo‘ya oladi va ularni hal qilish yo‘llarini izlaydi, fan va san’at asarlarini yaratadi, texnikaning yangi namunalarini ixtiro qiladi, tobora takomillashgan har tomonlama mukammal tovarlar ishlab chiqaradi, bino va sanoat korxonalari quradi.
Intyellyektual faoliyatning kyeyinchalik qandaydir biror-bir ob`yektiv (moddiy) shaklda ifodalana oladigan natijalarigina intyellyektual mulk bo`ladi dyeb aytish mumkin. Insoniyat dahosi, uning intellekti bizni o‘rab turgan tabiatni, olamni o‘zgartirishga qodir.
Inson hayotining maqsadi – eng yaxshi narsalarga intilishdir. Ibtidoiy tuzumdan, ya’ni ilk mehnat qurollari yaratilgandan boshlab inson har doim o‘zining turmush tarzini yaxshilash, o‘z ijodiy salohiyatini amalga oshirish yo‘llarini tinimsiz izlab kelgan. Shuning uchun ham qadim zamonlardan insoniyat jamiyatida birinchi olimlar, ixtirochilar, rassomlar va musiqachilar paydo bo‘lgan. Ular insonlar hayoti va turmushini yengillashtiruvchi asbob–uskunalar ixtiro qilishgan, chorvachilik va qishloq xo‘jaligini o‘zlashtirib, atrof muhitdan himoyalanish uchun uylar qurishgan, yuklarni tashish vositalarini o‘ylab topib, dengizda suzish uchun kemasozlik bilan shug‘ullanishgan va bu bilan texnik, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni ta’minlab kelishgan.
G‘ildirak, kamon va uning o‘qi, eshkak va qayiq, kulolchilik uskunasi, va boshqalarning ixtiro qilinishi insoniyatning eng buyuk yutuqlari qatoriga kiradi.
Bugungi kunda bizni o‘rab turgan borliq va barcha narsalar, kundalik ust–bosh va ro‘zg‘or buyumlaridan tortib koinotdagi yo‘ldoshlargacha qachonlardir inson tomonidan ixtiro qilingan va uning intellektual faoliyati natijasi hisoblanadi. Intellektual faoliyat insoniyat jamiyati rivojlanishining asosiy sababidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |