Urganch davlat universiteti «ilmiy izlanish asoslari» fanidan



Download 1,95 Mb.
bet1/54
Sana01.11.2022
Hajmi1,95 Mb.
#858983
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Ilmiy izlanish qo`llanma

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI



«ILMIY IZLANISH ASOSLARI»
FANIDAN


O`QUV QOLLANMA

qituvchi: dots. Saparbayeva N.K.


Aitova Sh.K.
Urganch-2021
«Ilmiy izlanish asoslari» fanidan amaliy mashg’ulotlari [o`quv qo'llanma]: / N.K. Saparbayeva, Sh.K. Aitova 2021. - 124 b.


Ushbu o`quv qo'llanma barcha ishlab chiqarish texnologiyalari ta`lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda amaliy mashg`ulotni bajarish
tartibi bo’yicha metodik tavsiyalar kyeltirilgan.


Tuzuvchilar:
Saparbayeva N.K. “Oziq ovqat texnologiyasi» kafedrasi
mudiri, t.f.n., dotsent
Aitova Sh.K. “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi katta
o`qituvchisi, t.f.n.

Taqrizchilar:
Qurambayev Sh.R. Kimyoviy texnologiyalar fakulteti decani,
t.f.(DSc)., dotsent
Kulimov A. K. Xorazm viloyati xalq ta’limi xodimlarini
qayta tayyorlash va ularning malakasini
oshirish hududiy markazi, “Aniq va
tabiiy fandarni o’qitish metodikasi”
kafedrasi mudiri, kimyo fanlari nomzodi






ANNOTASIYA

«Ilmiy izlanish asoslari» fanidan tuzilgan ushbu o`quv qo`llanma ta’lim jarayonida zarur bo’ladigan barcha o’quv-uslubiy va didaktik materiallar majmuini o’z ichiga olgan. Jumladan, amaliy mashg`ulot uchun ma`lumotlar, asosiy va qo’shimcha adabiyotlar, mashqlar mavjud. Ishlanma «Ilmiy izlanish asoslari» fanidan amaliy mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchilar va talabalar uchun mo’ljallangan bo’lib, ta’lim jarayonini olib borishda u asosiy o’quv-uslubiy tayanch hisoblanadi.



KIRISH
Fan bizni qurshab turgan dunyo to’g’risida obyektiv aniq bilimlarni
ishlab chiqish bo’yicha samarali inson faoliyatining alohida sohasi hisoblanadi. Bu soha mazkur ijodni ta’minlovchi, muntazam rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini, insonlar va muassasalarning ilmiy ijoddarini o’z ichiga oladi.
Fan va texnikaning bir-biri bog’liq rivojlanish jarayoni insonga
moddiy va ma’naviy boyliklarni olish uchun atrof muhitga ta’sir
etishga imkon beradi. Zero bu ta’sir hozirgi vaqtda ham istiqbolda ham
atrof muhitga zarar keltirmasligi lozim.
Ilmiy ijod natijalarini ishlab chiqarishga tadbiq etish mehnat
samaradorligining oshishida, mahsulot tannarxining arzonlashishida, uning sifati va raqobatbardoshligi o’sishida, ekspluatasiya ko’rsatkichlarining yaxshilanishida va h.k. larda aks etadi.
Fan – fan-texnika taraqqiyotining poydevori. Ilmiy muvaffaqiyatlar bevosita oliy maktab rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Fan talabalarning bilimlariga, ularning ijodi rivojlanishiga, tegishli faoliyat sohasida oqilona yechimlarni topa bilish iqtidoriga yangi o’sib borayotgan talablarni qo’yadi. Mutaxassisdan ham eski, ham avvalo mutlaqo yangi vazifalarni qo’yish va ilmiy asosda hal eta bilishlikni talab qiladi.
Mazkur ilmiy izlanish asoslari fanining asosiy maqsadlari ilm-fan va uning tasnifiy belgilarini, fanning jamiyatda va texnik progressning rivojlanishidagi o‘rni, ilmiy izlanish va uning tasniflanishini, tuzilishini, asosiy uslublarini, muammoning qo‘yilishi va ishchi faraz (gipoteza), qo‘llaniladigan asbob, uskunalar va jixozlar tuzilishi, ishlashi va foydalanish qoidalarini o‘rgatish va ularni amaliyotda qo‘llay bilish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilimlar darajasi bilan ta’minlashdir.
Bunda o‘qitilayotgan fan bo‘yicha o‘rganishlari uchun talabalar ilmiy izlanishlar asoslarini uning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanishni, yangilik, kashfiyotlarni yaratib ularni amaliyotda tadbiq qilishni bilishlari muximdir.
Ilmiy muvaffaqiyatlar bevosita oliy maktab rivojiga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Fan talabalarning bilimlariga, ularning ijodiy rivojlanishiga, tegishli faoliyat sohasidanoq, muammo yechimlarni topa bilish iqtidoriga yangi o`sib borayotgan talablarni qo`yadi. Mutaxassisdan ham eski, ham avvalo mutlaqo yangi vazifalarni qo`yish va ilmiy asosda hal eta bilishlikni talab qiladi.
O’quv qo’llanmada ilmiy ijod, nazariy va eksperimental tadqiqotlar metodologiyasi asosiy ta’riflari va tushunchalari, shuningdek ilmiy tadqiqotlarni rasmiylashtirish, ular iqtisodiy samaradorligi va joriy etilishi hisob-kitoblari xususidagi masalalar ko’rib chiqiladi. «Ilmiy izlanish asoslari» o’quv qo’llanmasi bakalavriyat muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, xizmat sohalari talabalariga mo’ljallangan.


Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish