Urganch davlat universiteti «ilmiy izlanish asoslari» fanidan


oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim



Download 1,95 Mb.
bet8/54
Sana01.11.2022
Hajmi1,95 Mb.
#858983
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54
Bog'liq
Ilmiy izlanish qo`llanma

oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim — jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga ehtiyojini ta’minlashga yo‘naltirilgan uzluksiz ta’lim turi;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti — OTM yoki ITMda tayanch doktorantura, doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilik shakllaridagi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni amalga oshirish tizimi;
tayanch doktorantura — ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha falsafa doktori (RhD) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha tashkil etiladigan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;
doktorantura — ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o‘rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ular tomonidan ilmiy izlanishlar olib borish bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasi izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari bo‘yicha tashkil etiladigan oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;
mustaqil izlanuvchilik — ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli;
doktorant — OTM yoki ITMga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
mustaqil izlanuvchi — OTM yoki ITMga mustaqil izlanuvchilikka belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs;
izlanuvchi — falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayanch doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
magistr darajasi yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun),yoki oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan, ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlarda, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka ikki yildan kam bo‘lmagan ilmiy-pedagogik stajga yoki aniq ilmiy yutuqqa (ixtiroga patent yoki mualliflik guvohnomasi) ega bo‘lgan shaxslar rasmiylashtiriladi.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktoranturaga kiruvchi yoki mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish.
Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ilmiy darajalar belgilangan tartibda dissertatsiya himoya qilgan yoki talablarga javob bergan, muayyan fan tarmog‘ida chuqur kasbiy bilimga, ilmiy yutuqlarga ega bo‘lgan yuksak ma’naviyatli shaxslarga beriladi.
Tibbiyot fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish – tibbiyot sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga, veterinariya fanlari bo‘yicha dissertatsiya himoya qilish – veterinariya sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga ruxsat etiladi.
Dissertatsiya izlanuvchi o‘tkazgan tadqiqotlar va e’lon qilgan ilmiy ishlar asosida tayyorlanadi. Dissertatsiyani rasmiylashtirish va uni himoya qilish izlanuvchining xohishiga ko‘ra o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki OAK bilan kelishilgan holda boshqa tilda amalga oshiriladi.
Talabgor, ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchi tadqiqotning maqsad va vazifalarini aniq belgilash hamda dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatining mazmuni uchun mas’ul hisoblanadi.
Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ularni attestatsiyadan o‘tkazishga oid qonun hujjatlarida belgilangan talablarni to‘liq bajargan, jumladan ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon (imtihonlar)ni topshirgan izlanuvchilar dissertatsiyani himoya qilishga qo‘yiladi.
Tadqiqotlar amalga oshirilgan muassasa xulosasi va Ilmiy kengash taqdimnomasi asosida OAK Rayosati qarori bilan istisno tariqasida, quyidagilarga dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin:
Ixtiro patenti va seleksiya yutuqlari muallifiga istisno tariqasida, dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin:
fan doktori (DSc) ilmiy darajasi - mavzu doirasida kamida 3 ta ixtiro patenti yoki seleksiya yutug‘i asosida fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shish hamda ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi asosida salmoqli samara olingan bo‘lishi;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi - ixtiro patenti (patentlari) yoki seleksiya yutug‘i (yutuqlari) asosida fan va texnologiyalarni rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ijtimoiy sohalar taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shish hamda ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi asosida salmoqli samara olingan bo‘lishi;
Ushbuda dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) tadqiqotlar amalga oshirilgan OTM yoki ITMga muallif ariza bilan murojaat qiladi;
b) tadqiqotlar amalga oshirilgan OTM yoki ITM kengashidagi muhokama va uning ijobiy qarori asosida muassasa rahbarining kuzatuv xati bilan tegishli Ilmiy kengashga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: (1) tadqiqotlar amalga oshirilgan OTM yoki ITM kengashining xulosasi; (2) ixtiro patenti va seleksiya yutuqlari ilmiy natijalari amaliyotga joriy qilingani to‘g‘risida tegishli boshqaruv organi (organlari)ning umumlashtirilgan ma’lumotnomasi; (3) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti va seleksiya yutuqlarining dolzarbligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi; (4) avtoreferat shaklida tayyorlangan taqdimnoma; (5) talabgorning faoliyatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar (talabgor to‘g‘risidagi ob’ektiv-ma’lumotnoma; pasport nusxasi; oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi; fan doktori (DSc) ilmiy darajasi talabgori uchun falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja (bundan buyon matnda falsafa doktori (PhD) deb yuritiladi) diplomining nusxasi va dissertatsiyasi avtoreferati;
v) Ilmiy kengashda taqdimnoma o‘rnatilgan tartibda dissertatsiyani himoya qilish tartib-qoidasiga muvofiq holda ekspertizadan o‘tkazilib (nashr ishlari bundan istisno), muhokamasi natijasiga ko‘ra attestatsiya ishi elektron hujjat aylanish tizimi orqali OAKga yuboriladi;
g) attestatsiya ishi OAKda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ushbuda ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon topshirilgan bo‘lishi kerak.
Respublika OTM va ITMlari xalqaro reytingini baholovchi QS (Quacquarelli Symonds), Times Higher Education (THE) reyting agentliklari tomonidan tan olingan Elsevier kompaniyasining Scopus, Science Direct xalqaro ilmiy-texnik bazalar ro‘yxatida mavjud ixtisoslashgan ilmiy nashrlarda (bundan buyon matnda Xalqaro bazalar ro‘yxati deb yuritiladi) impakt-faktori tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha belgilangan darajada bo‘lib, avtoreferat shaklida tayyorlangan taqdimnoma asosida istisno tariqasida, quyidagilarga dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berilishi mumkin:
fan doktori (DSc) ilmiy darajasi - salmoqli ilmiy yangiliklar olgan va kamida 12 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 8 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi - muhim ilmiy yangiliklar olgan va kamida 6 ta (ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha 4 ta) ilmiy maqola chop ettirgan mutaxassisga.
Xalqaro bazalar ro‘yxatiga kirgan jurnallar impakt-faktorining tegishli darajasi har bir fan tarmog‘ining xususiyatidan kelib chiqqan holda etakchi OTM va ITM tavsiyalari asosida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilgan holda OAK Rayosati qarori bilan belgilanadi.
Ushbuda dissertatsiya himoyasisiz ilmiy daraja berish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) tadqiqotlar amalga oshirilgan OTM yoki ITMga muallif ariza bilan murojaat qiladi;
b) tadqiqotlar amalga oshirilgan OTM yoki ITM kengashidagi muhokama va uning ijobiy qarori asosida muassasa rahbarining kuzatuv xati bilan tegishli Ilmiy kengashga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: (1) tadqiqotlar amalga oshirilgan OTM yoki ITM kengashining xulosasi; (2) nashr ishlarining asl nusxalari; (3) ilmiy natijalari amaliyotga joriy qilingani to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar; (4) avtoreferat shaklida tayyorlangan taqdimnoma; (5) talabgorning faoliyatini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar;
v) Ilmiy kengashda taqdimnoma o‘rnatilgan tartibda dissertatsiyani himoya qilish tartib-qoidasiga muvofiq holda ekspertizadan o‘tkazilib (nashr ishlari bundan istisno), muhokamasi natijasiga ko‘ra attestatsiya ishi elektron hujjat aylanish tizimi orqali OAKga yuboriladi;
g) attestatsiya ishi OAKda o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ushbuda ixtisoslik bo‘yicha malakaviy imtihon va ilmiy natijani amaliyotga joriy qilish bo‘yicha talablar bajarilishi kerak.
YOpiq mavzular bo‘yicha dissertatsiya himoyasini tashkil etish va ilmiy darajalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Binar (ikkilik) himoya tizimi asosida dissertatsiya himoyasi “Binar (ikkitalik) himoya tizimi asosida ilmiy ishlanma yaratgan falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan ilmiy daraja egasi bo‘lgan talabgorga fan doktori (DSc) va ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq etgan talabgorga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini berish tartibi to‘g‘risida nizom”ga muvofiq tashkil etiladi.
Talabgor o‘z dissertatsiyasi (taqdimnomasi)ni ilmiy jamoatchilik oldida himoya qilganidan keyin Ilmiy kengashning ilmiy daraja berish to‘g‘risidagi qarori OAKning fan tarmoqlari bo‘yicha ekspert kengashining tavsiyasi inobatga olingan holda OAK Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajaciga ega bo‘lgan shaxslarga davlat namunasidagi diplomlar beriladi.
“Ixtirolar - foydali modyellar va sanoat namunalari” haqidagi qonun ixtirolar, foydali modyellar va sanoat namunalarini muhofaza qilish xamda ulardan foydalanishning iqtisodiy, tashkiliy asoslari va tartibini byelgilaydi. O`zbyekiston Ryespublikasining Davlat patyent idorasi ushbu qonunga muvofiq Intellektual mulk ob`yektlarini muhofaza qilish soxasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Patyent idorasi Intellektual mulk ob`yektlariga talabnomalarni ko`rib chiqish uchun qabul qiladi, ular bo`yicha davlat ilmiy tyexnik ekspyertizasini o`tkazadi, ularni davlat ro`yxatiga oladi, muhofaza xujjatlarini byeradi, rasmiy axborotnoma nashr etadi, ushbu Qonunning qo`llanilishiga oid qoidalar va tushuntirishlarni ishlab chiqadi xamda Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Patyent idorasi to`g`risidagi Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajaradi.
Patyent idorasining faoliyatini mablag` bilan ta`minlashning manbai Davlat budjeti mablag`idan patyent bojlaridan, shuningdyek Patyent idorasi tomonidan ko`rsatiladigan xizmatlar va byeriladigan matyeriallar uchun olinadigan xaqdan iboratdir.



Download 1,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish