O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Urganch Davlat Universiteti Fizika-matematika fakulteti fizika yo’nalishi 191-guruh talabasi Salayeva Hilolaning ”__________________________________ “ fanidan
KURS ISHI
Mavzu:________________________________________
Topshirdi: ___________________
Qabul qildi: ___________________
Urganch-2021
Mundarija
Kirish…………………………………………………………3
1-bob. Maydonli tranzistor tuzulishi va ishlash tamoyili....................5
1.1 MDYa-tranzistorlar tuzulishi va ishlash tamoyili....................7
1.2. Mаydоnli trаnzistоrni uzib ulаnish rеjimidа ishlаshi………9
1.3. Maydoniy tranzistorlarning VAX si…………………………12
1.4.Maydoniy tranzistor parametrlari…………………………….14
Xulosa………………………………………………………...18
Foydalanilgan Adabiyotlar………………………………19
2
Kirish
Kishilik jamiyatida insoniyat hayotiga elektronika sohasiday katta va keskin
ijobiy o’zgarish olib kelgan fan va texnikaning biror-bir sohasi mavjud emas.
Shuning uchun ham XX asr va XXI asr insoniyat tarixida elektronika –
mikroelektronika va nanoelektronika asri bo’lib nomlandi. U Shokli, D. Barden va
V. Bretteyn tomonidan (23-dekabr, 1947-yil) birinchi tranzistor kashf etilganiga,
ya’ni qattiq jism elektronika asri boshlanganiga 2013-yil 66yil to’ldi. Tarix uchun
bu o’ta kichik davr. Ammo mana shu davrda shakllangan va o’ta tez rivojlangan
elektronika fani insoniyat uchun nafaqat koinotga yo’l ochdi, oldin tasavvur qilib
bo’lmaydigan, o’ta tezkor hisoblash mashinalari, tubdan yangi axborot tizimlari,
eng aniq, ishonchli diagnostika qurilmalari, o’ta ixcham, imkoniyati yuqori
xo’jalik elektron asboblarini yaratishga imkon beribgina qolmay, bu sohaga e’tibor
bergan mamlakatlar iqtisodini, harbiy quvvatini, odamlar hayot darajasini, ularning
ish bilan ta’minlanish ahvolini tubdan yaxshilash bilan birga, insoniyat oldida
turgan o’ta murakkab ekologik muammolarni hal qilish imkonini berdi va
bermoqda.
Hozirgi kunda elektronika sohasi tez rivojlanib borayotgan sohalardan biri
hisoblanadi. Elektronika – fan va texnikaning havosiz bo`shliq , gaz va qattiq
jismda elektr tokining harakatiga asoslangan elektron asbob va qurulmalarni
yaratish, hamda ulardan amalda foydalanish bilan shug`ullanadigan sohasidir.
Elektron qurulmalarni xalq xo`jalligida keng qo`llash faqat iqtisodiy emas,
balki ijtimoiy mohiyatga ham egadir, chunki bunda ishchi mehnatining mazmuni
ham o`zgaradi, ya`ni uning ishi ijodiy tus oladi. Elektronikani xalq xo`jaligi va
maishiy xizmatda keng qo`llash natijasida inson qisman jismoniy mehnatdan ozod
bo`ladi va bo`sh vaqtini o`zining ma`naviy va ma`daniy saviyasini oshirishga sarf
etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |