Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 185 Kb.
bet6/7
Sana04.04.2022
Hajmi185 Kb.
#526962
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dilfuza

Xulosa va takliflar
Tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida o‘rganish maxsuli sifatida tilshunoslikda geneologik tasnif vujudga keldi. Bu tasnifga ko‘ra, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, o‘xshashligi, qarindoshligi jihatidan oilalarga ajratiladi. Masalan, o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, qoraqalpoq, tatar, azarbayjon, turk va boshqa tillar birgalikda turkiy tillar oilasini tashkil etadi. Chunki ularning geneologiyasi birdir.
Turkiy tillarni oilalarga, guruhlarga bo‘lib tasnif qilish til qurilishidagi ichki imkoniyatlarni ochib berishga xizmat qilgan. Turkiy tillardagi o‘xshashlik hali necha yillar davomida tadqiqotlarga manba bo‘la oladi. Turkiy tillardagi qo‘llaniladigan faol so‘zlar lug‘atini yaratish tilshunoslar oldida turgan muhim masalalardan hisoblanadi.
Ko‘rib o‘tilganidek, qadimgi turkiy til turli xil o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu jihatni mazkur tilning grammatik tuzilishi misolida ham ko‘rib o‘tdik. Qiziqarlisi shundaki, qadimgi turkiy tilga xos xususiyatlarning ko‘pchiligi bugungi adabiy tilimiz tarkibida takrorlanadi. Bu esa qadimgi turkiy tilning barcha turkiy tillarning grammatik tuzilishi uchun asos bo‘lib xizmat qilganini tasdiqlaydi. Shu qatori qadimgi turkiy tilning takrorga ega bo‘lmagan alohida xos xususiyatlari ham mavjud bo‘lib, bu hodisa o‘sha davrdagi sheva va adabiy til iste`moli bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. O Qadimgi turkiy til lug‘atida bo‘lgan so‘zlarning asosiy qismini o‘sha davrdagi turkiy urug‘ va qabilalarning tillari uchun umumiy bo‘lgan so‘zlar tashkil qiladi. Bu so‘zlarning ko‘pchiligi turkiy tillar taraqqiyotining keyingi davrlarida ham keng iste`molda bo‘lgan.
Qadimgi turkiy tilning adabiy til sifatida shakllanishi qadimgi turkiy yozma yodgorliklar ko‘rsatib beradi. Turkiy tillarning rivojida yozma yodgorliklar muhim ahamiyatga ega. Yozma yodgorliklarni tadqiq qilish orqali bugungi kunga qadar saqlanib qolgan turkiy tillarning umumiy xususiyatlarini bilib olamiz.
Qadimgi turkiy tilda ismlarda egalik, ko‘plik, kelishik qo‘shimchalari bilan turlanadi. Bugungi ko‘pchilik so‘zlarda bu qo‘shimchalar saqlanib qolgan bo‘lsa, ayrimlari katta o‘zgarishlar orqali yetib kelgan. Jumladan, -lar ko‘plik qo‘shimchasining hozirgi tilimizdagi alplar, beklar, eshiklar singari so‘zlarda yoki -(a)n ko‘plik qo‘shimchasining og‘lon, yoron kabi so‘zlarda saqlanib qolganini ko‘ramiz. Qadimgi turkiylarda ko‘plik haqidagi tasavvur boshqacha bo‘lgan. Ular ongida individlarning hayotiy umumlashmalari natijasida shakllangan birlik va ko‘plik kategoriya tushunchasi mavjud bo‘lgan, ammo tilda, ehtimol, farqlar ifodalanmagandir. Qadimgi turkiylar tasavvurida ot so‘zi matnga qarab, ot va otlarni ham anglatgan bo‘lishi mumkin. Bu holat muayyan darajada hozirgi turkey tillarda kuzatiladi. Shuningdek, jo‘nalish kelishigining –g‘aru,-qaru, -karu affikslari bugungi kunda tilimizdagi bir qancha so‘zlarda tublashib qolgan. Bunga sabab, ular grammatik ma`nosini yo‘qotib, so‘zning ajralmas qismiga aylangan va bunday so‘zlar yoki yordamchi so‘zlar turkumiga o‘tgan. Mavjud manbalarning ko‘rsatishicha, qadimgi turkiy yodgorliklar tilidayoq bu shakllarning ma`nosi chegaralangan bo‘lib, asosan bir predmetning boshqa predmet tomonga yo‘nalishi ma`nosini ifodalagan. Keyingi davrlarda –g‘aru//-qaru affiksi tashqari, ichkari kabi so‘zlar tarkibida saqlangan bo‘lib, bu so‘zlar ravish turkumiga o‘tgan.
Qadimgi turkiy tilda yordamchilar alohida taraqqiyot bosqichiga egadir. Xususan, dastlab yuklamalar alohida so‘z turkumi sifatida mavjud bo‘lmagan, grammatik jihatdan shakllanmagan edi. Yuklamalar vazifasini turli otlar va fe`llar bajargan. Qadimgi turkiy tilda yordamchi so‘zlardan aynan yuklamalar bog‘lovchilarga qaraganda ancha takomillashgan bo‘lib, nisbatan oldinroq so‘z turkumiga aylangan edi. Buni biz qadimgi yodgorliklar bo‘lmish turkiy yozma obidalar orqali bilib olishimiz mumkin. Yodgorliklar tilida, xususan, yuklamalar tarkibida ham o‘zlashmalar mavjud bo‘lsa-da, ular tilning o‘z ichki imkoniyati hisobiga boyib borgan.


Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish