Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti


Turkiy tillarda grammatik ma’noning ifodalanishi



Download 185 Kb.
bet4/7
Sana04.04.2022
Hajmi185 Kb.
#526962
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Dilfuza

Turkiy tillarda grammatik ma’noning ifodalanishi
Turkiy tillarda grammatik ma’noni ifodalash yo‘llari
Turkiy tillarning morfologik xususiyatlari tarixiy taraqqiyot jarayonini ifoda etadi. Fonemalar singari morfologik birliklar ham sodda va murakkab birliklarga boʻlinadi. Morfemalar sodda morfologik birliklardir. Murakkab morfologik birliklarni analitik soʻz shakllari tashkil etadi. Turkiy tillarda grammatik ma’no quyidagi usullar orqali ifodalanadi.
1. Elementar morfologik birliklar. Elementar morfologik birliklar boshqa tillardagi shu shakllardan farq qiladi. Ularning oʻziga xosligi agglyutinatsiya bilan bogʻliq. Agglyutinativ tillardagi affikslarda mustaqil soʻzlarning izlari koʻrinadi, ya’ni koʻpgina affikslar mustaqil soʻzlardan yuzaga kelgan. Bunday soʻz shakllarining prototiplari soʻz birikmasi (sintaktik birikmalar) boʻlgan. Natijada hokim soʻz oʻzak morfemaga, tobe soʻz affiksal morfemaga aylangan.
2. Agglyutinativ usulda grammatik ma’no ifodalash bilan birga, fleksiya asosidagi shakllar ham voqelanadi (ichki fleksiya). Masalan: kajni “qayni”, kajna “qaynona”, bıs “arralamoq”// bis- “kesmoq”, ata, ati (ota), anı (ona). Turkiy tillardagi fleksiya morfologik tipning shakllanishiga bevosita aloqador boʻlmagan muayyan fonetik qonuniyatlar natijasidir.
3. Fonetik ikkilantirish, leksik urgʻuni oʻzgartirish grammatik ma’noni ifodalashning bir usulidir: barma- ( fe’l) – barma (yurish); salma -(fe’l) – salma- (joylash); turk tilida arkadašım ( oʻrtogʻim) – arkadašım ( men oʻrtoqman). Bunda ayrim holatlarda lugʻaviy ma’no hosil boʻlishi ham kuzatiladi: ozarb. axšam (kecha) – axšam (kechqurun); sabah (ertalab) – sabah (ertaga) kabi .
Fonetik usuldagi daraja hosil qilish ham grammatik ma’no ifodalashga xizmat qiladi: qıpqızıl, yam-yašıl.
4. Oʻzak (negiz)ning takror qoʻllanishi natijasida grammatik ma’no ifodalanadi. Negizning toʻliq va qisman takrorlanishi, oʻzakdagi tovushning oʻzgarishi orqali grammatik ma’no aks ettiriladi: hari – hari (sap-sariq), kizil-kizil (qip-qizil), yašil-yašil (yam-yashil): kosakosa suv; arava-arava oʻtin; kiz-miz “qizlar”, taba-mabak “uy-roʻzgʻor ashyolari”; köpdi köp “koʻpdan koʻp”; azdın az “kamdan kam”; o bana dušman-dušman baki jordu. “U menga dushmanlarcha qaradi”.
5. Turli soʻz shakllari tarkibida keluvchi morfologik birliklarning oʻzaro aloqasi natijasida analitik shakllar hosil qilinadi. Turkiy tillarda ayrim fe’llarning sintetik shaklga oʻtish holati ham oʻziga xos grammatik ma’no ifodalash usulidir: jíqilip kete jazdim ( yiqilib keta yozdim), otup bara jam (oʻtib boraman).
Turkiy tillar qiyosiy-grammatikasini alohida soha sifatida rivojlantirish quyidagilarda ahamiyatlidir:
1. Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi turkiy tillarning tarixi, rivojlanish xususiyatlarini tahlil qiladi.
2. Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi turkiy tillarning umumtaraqqiyot bosqichidan hozirga qadar boʻlgan rivojlanish xususiyatini yoritish imkonini beradi.
3. Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi turkiy tillarning hozirgi holati, ular oʻrtasidagi farqlar, buning sabablari, omillarini ham tahlil qiladi.
4.Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi shevalarning turkiy soʻzlarni saqlab qoluvchi hamda adabiy tilni boyituvchi asosiy omil ekanligini ta’kidlashga xizmat qiladi.
5. Turkiy tillar qiyosiy-tarixiy grammatikasi turkiy tillarni tilga munosabat, oʻz qatlam soʻzlarining saqlab qolinishi jihatidan oʻzaro qiyoslash imkonini ham beradi.
Turkiy xalqlarning oʻzaro munosabati jarayonida yuzaga kelgan yangicha ijtimoiy va geografik omillar asosida turkiy tillarning har birida oʻziga xos yangicha xususiyatlar paydo boʻldi. Bunday oʻzgarishlarning sabablarini bir necha turkiy til misolida, leksik-morfologik sathlar, kategorial belgilar, paradigmatik va sintagmatik aloqa vositalarini qiyoslash asosida tahlil etish turkologiyaning munozarali masalalarini amaliy hal etish imkonini beradi. Xususan, kategorial belgilarining oʻzgaruvchanligiga koʻra turkiy tillardagi ot soʻz turkumi oʻziga xos murakkablikka ega.
Ta’kidlash lozimki, oʻzbek tilidagiga nisbatan turk tilida oʻrin-payt kelishigining son turkumidagi soʻz bilan ishlatilishi juda keng qoʻllanadi. Ayniqsa, oʻrin-payt kelishigining yillar sanogʻi bilan qoʻllanishi e’tiborli holdir. Oʻzbek adabiy tilida kelishik qoʻshimchasi sanani ifodalovchi tartib sonlarga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻshilmaydi. U koʻpincha «yil» soʻzi yoki oy nomlarini bildiruvchi soʻzlar bilan birga keladi. Bunday birikmalarda «yil» soʻzining ishtirok etmasligi gap mazmunini oʻzgartirishi mumkin. Turk tilida esa oʻrin-payt kelishigi qoʻshimchasi toʻgʻridan toʻgʻri yil sanogʻiga qoʻshila oladi. Turk tilida kasr sonlar, foiz koʻrsatkichlari ham oʻrin-payt kelishigini oladi. Bu holat oʻzbek tilida chiqish kelishigiga mos keladi: Dörtte üç (3/4) – toʻrtdan uch, yüzde beş 5/100 – (5%) – besh foiz. Oʻzbek tilida ham, turk tilida ham oʻrin-payt kelishigi gapda bir xil morfologik-sintaktik xususiyat kasb etadi. Oʻrin-payt kelishigidagi ot ishharakatning bajarilish oʻrni, vaqti, sharoiti, holati, sababi, maqsadini ifodalaydi. Oʻrin-payt kelishigining oʻzbek tilida harakatning bajarilishida vosita boʻladigan predmetni ifodalovchi ma’nosi turk tilida yordamchi soʻz bilan ham amalga oshiriladi. Sh.Rahmatullaev: «-da» affiksi bilan «bilan» koʻmakchisi «birgalik» ob’ekti ma’nosida sinonimik aloqada boʻladi», deydi.
Oʻzbek tilida ham, turk tilida ham oʻrin-payt kelishigi makon ma’nosi bilan birga grammatik munosabatlarni ham ifodalaydi. Demak, bu kelishikni ham makon kelishigi deb qarab, uning ma’no ifodalash doirasini chegaralab boʻlmaydi. Oʻrin-payt kelishigining oʻzbek va turk tillaridagi xususiyatlari shuni koʻrsatadiki, bu kelishikka faqat makon kelishigi doirasida qarash [Иванов, 1975:85] toʻgʻri emas. Binobarin, grammatikada shakl matndan uzilgan holda ifoda etilgan ma’no bilan matndagi ma’no doim mos kelmaydi, kelishi ham shart emas deb hisoblaymiz. Semantika va sintaksis teng kelmaydi [Иванов, 1975:89].
Sintaksisda semantika yuzaga chiqishi barobarida, yangi semantika ham hosil qilinishi mumkin. Hozirgi oʻzbek tili kelishik tizimida ham turk tili kelishik tizimida mavjud boʻlgan munozarali masalalar bor. Bunga -gacha, -dagi, -dek (-day), -niki kabi qoʻshimchalarning xilmaxil otlarga qoʻshilib, grammatik ma’no ifodalay olishi sababdir. Bu qoʻshimchalar otga va otlashgan soʻzlarga qoʻshilib, sintaktik munosabat ifodalaydi. Shu boisdan ushbu affikslar haqida alohida toʻxtalib oʻtish joizdir. H.Ne’matov oʻzbek tilidagi -gacha affiksining kelishik tizimiga munosabatini tahlil qilar ekan, bu murakkab qoʻshimcha bilan ishlatilgan soʻzlarni «chegara kelishigi» hisoblash kerak, degan fikrni ilgari suradi.
Bu affiksning oʻzbek tilida alohida bir kelishik shakli hosil qilish-qilmasligini turk tilidagi -ça, -çye qoʻshimchalari semantikasi va vazifasidan ham kelib chiqib qiyoslaymiz. Vepse, insansa kabi misollarda koʻrganimizdek, turk tilida -sa chegaralash ma’nosida ishlatiladi. Ya’ni -cha qoʻshimchasi orqali chegaralash ma’nosining joʻnalish kelishigi qoʻshimchasisiz ham hosil boʻlishini koʻramiz.
Oʻzbek va turk tillarida -cha affiksining chegaralash ma’nosi yuzaga chiqishidagi farq ham shu oʻrinda kuzatiladi. Oʻzbek tilida -cha ning boshqa soʻz oʻzgartiruvchi va shakl yasovchi qoʻshimchalarisiz qoʻllanishi odat boʻlmagan holda, turk tilida bu hodisa bevosita – cha qoʻshimchasi orqali yuzaga chiqishi mumkin: bepse –menimcha, insansa –insonlarcha. Ushbu holatdan kelib chiqib, oʻzbek tilida -cha shakli orqali chegaralash ma’nosi yuzaga chiqishi uchun u joʻnalish kelishigi shakliga qoʻshilib, -gacha koʻrinishini olgan, deyish mumkin. Biroq bu oʻrinda -ga qoʻshimchasida kelishik ma’nosi yoʻqolgan, deb hisoblanmogʻi kerak. Ana oʻshanda -gacha < -ga va -cha dan iboratligi faqat etimologik xarakterda boʻlib, hozirgi holati faqat - gacha dir. Garchi prof. H.Ne’matov bu fikridan qaytgan boʻlsa ham, biz turkiy tillarda -gacha ning alohida kelishik shakli deyilishini qoʻllab-quvvatlaymiz. Zero, -gacha qoʻshimchasining deyarli barcha ot turkumiga oid soʻzlarga qoʻshilib, chegara grammatik ma’nosini ifoda eta olish imkoniyati ham buni isbotlaydi.
Turkiy tillarda kelishik shakllari qoʻllanishining oʻziga xos xususiyatlari quyidagicha:
1. Ayrim soʻz tarkibidagi kelishik shakllari yaxlitlanib qolgan. Qadimgi kelishik shakllari ba’zi soʻzlar tarkibida qotib qolgan holda hozir ham uchraydi: : ičrä, üzrä, ičkäri, tašqarı.
2. Bir oʻzakka ikki xil kelishik shakli qoʻshilgan: meniŋčä, ilärü kabi.
3. Soʻz oʻzagining qattiq-yumshoqligiga qarab kelishiklar har xil fonetik variantlarda qoʻshilgan. Kelishik qoʻshimchasini olgan soʻz ba’zan fonetik oʻzgarishga uchragan (aŋa, alarnıŋ).
4. Ayrim turkiy tillarda kishilik olmoshlari kelishik qoʻshimchasi sifatida saqlangan. Masalan, qozoq, qoraqalpoq, xakas, qirgʻiz tillarida mağa, sağaŋ, ğaŋ kishilik olmoshlari joʻnalish kelishigi -ä oʻrnida ishlatiladi.
5. Qadimgi yodgorliklarda vosita kelishigi mavjud boʻlgan: -ın, -in. Bu kelishik koʻpgina turkiy tillarda kategoriya tizimidan chiqqan, hozirda qoʻllanayotgan ayrim soʻzlar tarkibida uchraydi: ačın -toqın, yazın -qıšın.
Oʻzbek va turk tillarining kelishik tizimi toʻgʻrisidagi mulohazalarimiz asosida quyidagi aniqlandi:
1. Kelishik kategoriyasi turkiy tillar grammatikasida qadimiy kategoriyalardan boʻlib, ular soʻzlarni oʻzaro bogʻlashda keng koʻlamda ishlatiladi. Oʻzbek va turk tillarida qaysilar affikslar kelishik kategoriyasi shakllari ekanligi va uning miqdori borasida tilshunoslar orasida yakdillik yoʻq. Jumladan, -cha, -li, -siz, -la shakllari turk tilshunosligida kelishiklar sirasiga kiritilsa, oʻzbek tilshunosligida -li va -siz ayrim holatlarda soʻz yasovchi, -la esa «bilan» koʻmakchisining qisqargan va she’riyatdagina qoʻllaniladigan shakli hisoblanadi. Ya’ni bu oʻrinda yana til faktlari orasidagi farqdan koʻra uni baholash, talqin qilishda har xilliklar mavjudligi koʻrinadi. Kelishiklarning murakkab morfologik-sintaktik kategoriya ekanligi ham ularni belgilashda ana shunday tafovutlar kelib chiqishi uchun asos boʻlgan.
2. Turk va oʻzbek tillari faktlaridan kelib chiqib, kelishik qoʻshimchalari shakllari xususida shuni aytish mumkinki, turk adabiy tilidagi shakllarga nisbatan oʻzbek adabiy tilidagi shakllar bir xil, ya’ni standartdir. Oʻzbek adabiy tili singarmonizmni yoʻqotish natijasida singarmonistik variantlardan xalos boʻlib, turkiy shakllarning asosan bir qolipini saqlab qolgan.
3. Kelishiklar miqdori, uning chegaralari xususida turk tilshunosligida ham, oʻzbek tilshunosligida ham munozarali qarashlar mavjud. Keyingi yillardagi tadqiqotlar oʻzbek tilida kelishik miqdori oltita emas, chegara kelishigini ham qoʻshib hisoblaganda yettita ekanligini koʻrsatmoqda. -day va -dek affikslari vazifasi va ma’nosidan kelib chiqilsa hali bu miqdor ham oxirgi emasligi ayon boʻladi.
4. Qiyoslanayotgan bu ikki tildagi bosh kelishik dunyodagi barcha nominativ tillardagi kabi 0 shaklga ega boʻlib, mana shu 0 shakl uning kelishik shakli sanaladi va boshqa kelishiklar uchun asos boʻlib xizmat qiladi. «Asar yozildi» kabi birikmalarda bosh kelishikdagi otning ega vazifasida kelishi oʻzbek tilshunosligida ham, turk tilshunosligida ham til grammatikasi mantiq qoidasidan mustaqil boʻlib olganligining, grammatik shaklga e’tibor berish kuchayganligining bir dalilidir.
Bosh kelishik shaklini aniqlashda turk va oʻzbek tilshunosligida ayrim farqli jihatlar bor. Jumladan, turk tilshunoslari İstanbul şehri, yatak odası (Istambul shahri, yotoq xonasi) kabi birikmalar (izofali birikma deb ham yuritiladi) tarkibidagi İstanbul va yatak soʻzlarini bosh kelishik shaklida, deb hisoblaydilar. Oʻzbek tilshunosligida ularni izofali birikma deyishga e’tiroz boʻlmasa-da, ammo mazkur soʻzlar bosh kelishik deb ham e’tirof etilmaydi. Bunda turk tilshunoslari grammatik shaklga yondashadilar va shundan kelib chiqadilar, oʻzbek tilshunoslari esa koʻproq ma’noga, ya’ni mantiqqa suyanadilar.
5. Har ikki tilda ham bosh kelishikdagi soʻzning koʻmakchilar bilan ishlatilish hollari keng tarqalgan. Turkiy tillarda koʻmakchilar kelishik kategoriyasi bilan vazifadosh ekanligini hisobga olsak, buni xuddi bir soʻz ayni bir paytda ikki kelishik shaklini qabul qilganday, deb tushunishga toʻgʻri keladi. Tillarimizda bir vazifani bajaruvchi ikki shakl ketma-ket qoʻllanmasligi me’yoriy holat hisoblansa-da, ba’zan bundan istisno holatlar uchrab turadi (birisi, yarmisi kabi). Demak, bosh kelishik shaklining koʻmakchili koʻrinishini faqat mazkur istisno bilan izohlash mumkin, deb hisoblaymiz.
Turk tilida ham, oʻzbek tilida ham egalik tizimi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan kelishik qaratqich kelishigidir. Egalik esa tildagi ikkinchi bir tizimdir, Har ikki tidda qaratmishning egalik affiksi shaklida kelishi me’yorlashgan. Egalik shakli esa oʻz navbatida, qaratqichni taqozo qiladi. Buni turkiy tillar grammatikasida tizimlar oʻzaro zich bogʻlanishda ekanligining yaqqol namoyon boʻlishi, deb baholash mumkin.
Qaratqich kelishigining hozirgi turk tilidagi shakllari –in, -im oʻzbek adabiy tili tarixiga xos shakllar ekanligi e’tiborga olinsa, bu ikki tilning genetik yaqinligi yanada ravshanroq koʻzga tashlanadi. Shuningdek, hozirgi oʻzbek tilida -im shakli ishlatilishi hollarining ildizlari namoyon boʻladi.

Download 185 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish