Akademik ilmiy tadqiqotlarning tashkilotchisi boʻldi. Ammo uning birinchi ixtisoslashgan sohasi tanqidchilik, u tanqidchidan oʻsib chiqqan akademik tadqiqotchi edi. XX asr oʻzbek tanqidchiligining jangovar namoyandasi boʻlgan N. Xudoyberganov, hatto umrining keyingi davrlarida Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutida ishladi, ammo adabiy tanqidchiligicha qoldi. I. Gʻafurov soʻnggi davrda badiiy ijod va tarjima sanʼati bilan faol mashgʻul. Lekin uning asl va birinchi isteʼdodi adabiy tanqidchilik ekanligini mazkur adabiy suhbat ham tasdiqlab turibdi. Lekin kim aytadi bu atoqli tanqidchilar salohiyatida tadqiqotchilik yoʻq deb. Ular ham munaqqid – tadqiqotchi edilar. Adabiy tanqid zamirida tadqiqotchilik ham boʻladi. Ammo, shunisi ham borki, har qanday adabiyotshunos tanqidchi boʻla olmaydi. Yaʼni tanqidchilik ham oʻziga xos nodir isteʼdoddir. - Akademik ilmiy tadqiqotlarning tashkilotchisi boʻldi. Ammo uning birinchi ixtisoslashgan sohasi tanqidchilik, u tanqidchidan oʻsib chiqqan akademik tadqiqotchi edi. XX asr oʻzbek tanqidchiligining jangovar namoyandasi boʻlgan N. Xudoyberganov, hatto umrining keyingi davrlarida Fanlar akademiyasining ilmiy tadqiqot institutida ishladi, ammo adabiy tanqidchiligicha qoldi. I. Gʻafurov soʻnggi davrda badiiy ijod va tarjima sanʼati bilan faol mashgʻul. Lekin uning asl va birinchi isteʼdodi adabiy tanqidchilik ekanligini mazkur adabiy suhbat ham tasdiqlab turibdi. Lekin kim aytadi bu atoqli tanqidchilar salohiyatida tadqiqotchilik yoʻq deb. Ular ham munaqqid – tadqiqotchi edilar. Adabiy tanqid zamirida tadqiqotchilik ham boʻladi. Ammo, shunisi ham borki, har qanday adabiyotshunos tanqidchi boʻla olmaydi. Yaʼni tanqidchilik ham oʻziga xos nodir isteʼdoddir.
Yangi adabiy avlod hamda adabiy tanqid haqida Q. Yoʻldoshev bayon etgan fikrlar juda ziddiyatli hamda munozarali. I. Gʻafurov: “Har qanday yakranglik ichida rang-baranglik yotadi” desa, Q. Yoʻldoshevning fikricha: “Har qanday bir xillik adabiyot uchun oʻlim ekani aniq!” Yangi adabiy avlodning ijodiy oʻziga xosligi haqida mana bunday oʻzaro keskin qarama-qarshi nuqtai nazar toʻqnashadi. R. Qoʻchqorovning nuqtai nazaricha: “… ijodkorni shu maqomga loyiq qiladigan eng asosiy mezon aynan hech kimnikiga oʻxshamaydigan dunyoqarashi, badiiy idroki, estetik didi emasmi?” Q. Yoʻldoshev esa: “Oldinlari oʻz uslubiga ega boʻlish ijodiy marra hisoblangan boʻlsa, hozirda koʻpchilik yozuvchi-shoirlar atay uslubi shakllanib qolmasligiga intilishmoqda”, degan fikrni ilgari surmoqda. Nazarimizda, bunday qarash tabiiylikdan yiroq. Ijodkor borki, oʻziga xoslikka intiladi, oʻz uslubini kashf etishga, oʻzligini namoyon etishga harakat qiladi. - Yangi adabiy avlod hamda adabiy tanqid haqida Q. Yoʻldoshev bayon etgan fikrlar juda ziddiyatli hamda munozarali. I. Gʻafurov: “Har qanday yakranglik ichida rang-baranglik yotadi” desa, Q. Yoʻldoshevning fikricha: “Har qanday bir xillik adabiyot uchun oʻlim ekani aniq!” Yangi adabiy avlodning ijodiy oʻziga xosligi haqida mana bunday oʻzaro keskin qarama-qarshi nuqtai nazar toʻqnashadi. R. Qoʻchqorovning nuqtai nazaricha: “… ijodkorni shu maqomga loyiq qiladigan eng asosiy mezon aynan hech kimnikiga oʻxshamaydigan dunyoqarashi, badiiy idroki, estetik didi emasmi?” Q. Yoʻldoshev esa: “Oldinlari oʻz uslubiga ega boʻlish ijodiy marra hisoblangan boʻlsa, hozirda koʻpchilik yozuvchi-shoirlar atay uslubi shakllanib qolmasligiga intilishmoqda”, degan fikrni ilgari surmoqda. Nazarimizda, bunday qarash tabiiylikdan yiroq. Ijodkor borki, oʻziga xoslikka intiladi, oʻz uslubini kashf etishga, oʻzligini namoyon etishga harakat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |