Pirimqul Qodirovning badiiy til sohasidagi izlanishlarida «Til va dil» nomli risolasi ham alohida o‘rin tutadi. Bu ishda uzbk tilining sarchashmasi Alisher Navoiy zamonidan boshlab hozirgi uzbek adabiy tilining tadriji va takomili badiiy til rivojiga uzviy bog‘liq ekanligi konkret misollar yordamida tahlil qilingan.Olimning fikricha,«har bir so‘z hayotdagi konkret bir narsa yoki tushunchani, ifodalaydi. Kishida so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, odam tilni qanchalik chuqur bilsa, uning ichki dunyosi. shunchalik boy bo‘ladi. Har bir xalq o‘zi obod qilgai vodiylar, o‘zi yaratgan shaharu qishloqlar bilan qanday faxrlansa, o‘zi yaratgan til boyliklari bilan xam shunchalik iftixor qiladi. Chushsi har bir shaharu qishloqlar kabi shu xalqning butun tarixi davomida yaratiladi, Pirimqul Qodirovning badiiy til sohasidagi izlanishlarida «Til va dil» nomli risolasi ham alohida o‘rin tutadi. Bu ishda uzbk tilining sarchashmasi Alisher Navoiy zamonidan boshlab hozirgi uzbek adabiy tilining tadriji va takomili badiiy til rivojiga uzviy bog‘liq ekanligi konkret misollar yordamida tahlil qilingan.Olimning fikricha,«har bir so‘z hayotdagi konkret bir narsa yoki tushunchani, ifodalaydi. Kishida so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, odam tilni qanchalik chuqur bilsa, uning ichki dunyosi. shunchalik boy bo‘ladi. Har bir xalq o‘zi obod qilgai vodiylar, o‘zi yaratgan shaharu qishloqlar bilan qanday faxrlansa, o‘zi yaratgan til boyliklari bilan xam shunchalik iftixor qiladi. Chushsi har bir shaharu qishloqlar kabi shu xalqning butun tarixi davomida yaratiladi, obod vodiylar kabi asrlar davomida sayqal topadi» Pirimqul Qodirov o‘tgan asrning 70-yillarida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutining katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi sifatida ikki tomlik «Adabiyot nazariyasi» nomli fundamental tadqiqotning yaratilishida faol ishtirok etdi. Olim bu tadqiqotning «Adabiy asarning tili» «Adabiytarixiy jarayon haqida», «Ijod jarayoni» qismlarini yozib berdi. Pirimqul Qodirov tomonidan yozilgan «Adabiy asarning tili» bobi shu kunga qadar badiiy til haqidagi o‘zbek adabiy nazariy tafakkuri rivojida yirik ish sifatida o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. Bu ishda adabiy asarda badiiy tilning tutgan o‘rni, qahramonlar nutqining individual va tipik xususiyatlari, muallif nutqi va muallif obrazi, nasriy asarlar tilida tasvir vositalari, nasriy asarlar tilining ifoda kuchi va badiiy tahlil vositalari kabi masalalar o‘zining konkret va asosli yechimini topganligi bilan xarakterlidir.Tadqiqotchi badiiy adabiyotning tiliga oid nazariy masalalar juda ko‘plipgai chuqur his qiladi hamda o‘z ishida faqat realist proza tilining ayrim jihatlarini tahlil qilish bilan cheklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |