“konvert” usulida (4 ta na’muna diagonal bo’yicha va 1 ta markazdan) olinadi.
Na’munalar tuproqni 20-30 sm. chuqurlig’idan 200 g,
tuproqni bakteriologik
ifloslanganini aniqlash uchun esa 20 sm chuqurlig’idan olinadi. Olingan na’munalar
maxsus steril idishlarga solinib laboratoriyaga jo’natiladi. Tuproq na’munalari zarur
sharoit kelib chiqqanda 24 soat muzlatkichlarda saqlanishiga ruxsat beriladi.
Tuproqni tekshirish uchun tayyorlash.
Beshta nuqtadan olingan tuproq
na’munalari maxsus idishda aralashtirilib undan 10 -30 g tortib olinadi va 1 : 10
nisbatda sterillangan vodoprovod suvi bilan tuproq suspenziyasi tayyorlanadi (10 g
tuproq + 100 ml suv). Bu asosiy suspenziyadan qo’yilgan
maqsad asosida
suyultirilgan (10
-2
, 10
-3
, 10
-4
, 10
-5
va x.) na’munalar tayyorlaniladi. Tuprqni sanitar-
mikrobiologik baho berishda tuproqdagi UMS va SKB koli-titri va perfringensni titri
aniqlanadi.Tuproqdagi umumiy mikroblar sonini topish –ohirgi 2 ta suyultirilan
na’munadan oziqli muhitning yuzasiga 0,1 ml olinib shpatel bilan (GPA yoki suslo-
agarga) ekiladi. Ekilgan ekma 48 soat termostatda saqlanib, oziqli muhitlarda o’sib
chiqqan koloniyalar soniga qarab 1 g turoqdagi UMS topiladi. Masalan 10
-4
nisbatda
suyultirilgan na’munadan ekilgan chashkada 41 koloniya topildi, 10
-5
dan esa 33.
Tuproqni koli-titri va perfringensni titrini aniqlash
Tuproqni koli
yoki perfringens titri deb, bitta ichak tayoqchasi yoki
perfringens topilgan tuprqni eng kam miqdoriga aytiladi.
Tuproqdagi ichak
tayoqchasini koli –titrini aniqlashda elektiv muhitlar ishlatiladi. Bu muhitlar tarkibi
qo’shimcha mikroblarni o’sishini to’xtatib qo’yuvchi o’t saprosi, gensian violet
tutadi, lekin ichak tayoqchasini o’sishiga to’sqinlik qilmaydi. Eng ko’p
qo’llaniladigan suyuq Kissler muhiti xisoblanadi, uning tarkibida yuqorida
aytilgan
kompanentlardan tashqari E. coli bijg’itib gaz hosil qilishi uchun pepton va laktoza
tutadi. Gaz hosil bo’lganini aniqlash uchun muhitga bir tamoni payatlangan shisha
po’kak solib qo’yiladi, hosil bo’lgan gaz po’kakga yig’iladi. Tuproq
suspenziyasining suyultirilganidan 1 ml dan Kessler muhiti bo’lgan probirkalarga
ekiladi va termostatda 43°C da 48 soat davomida saqlanadi. 48 soatdan keyin Kissler
muhiti ko’zdan kechiriladi va musbat reaksiyali probirkalar (E.
coli muhitda gaz
hosil qilib, loyqatib o’sadi) ajratib olinadi va Endo muhitiga musbat na’munalardan
qayta ekiladi va termostatga 37°C 24 soatga qo’yiladi. Muhitda to’q qizil metal
singari tovlanib turgan koloniyalar hosil bo’lsa va surtma tayyorlanib bo’yab
ko’rilganda gram manfiy tayoqchalar topilsa E. coli deb xulosa qilinadi. Keyinchalik
suvning koli-titrini aniqlashda qo’llaniladigann sxema bo’yicha analiz o’tkaziladi va
tuproqni koli titri topiladi. Tuproq suspenziyasining perfringens-titrini topish uchun,
turli darajada suyultirilgan suspenziyadan 1 ml ( sporsiz bakteriyalar o’smasligi
uchun suyultirilgan tuproq suspenziyasi 80°CV da 10-15 minut qizdiriladi) dan
yog’siz, steril sut yoki tayyorlangan temir sulfitli
Vilson-Bler muhit quyilgan
probirkalarga yex tempore (tezlikda) ekiladi. Bu ekmalar 43°C da termostatda 24-
48 soat davomida saqlanadi, so’ng sutning chirishi
yoki Vilson-Bler muhitining
agarli ustunchasida hosil bo’lgan Cl. perfringens qopa koloniyalarga ko’ra xulosa
chiqariladi. Koloniyalardan surtmalar tayyorlanib, Gram usuli bilan bo’yaladi.
Mikroskop ostida ko’rilgandan so’pg, perfringens titri aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: