Urdu maxsus sirtqi bo’limi Maktabgacha ta’lim yo’nalishining


Maktabgacha tayyorlov guruhi



Download 244 Kb.
bet62/95
Sana30.12.2021
Hajmi244 Kb.
#197997
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95
Bog'liq
Urdu maxsus sirtqi bo’limi Maktabgacha ta’lim yo’nalishining

Maktabgacha tayyorlov guruhi. Bu guruhdagi kuzatishlarga rahbarlik qilishning o’ziga xos xususiyatlari bolalarga ko’proq mustaqilliklarini namoyon qilish uchun sharoit yaratishdan iboratdir. Uzoq muddatli kuzatishlar uchun topshiriqlarning bir qismi bolalarga oldindan beriladi. Tarbiyachi bularni bolalarga ba’zi-ba’zida eslatib turadi. Qisqa muddatli kuzatishlarda tarbiyachi savol-topshiriqlardan foydalanadi. Masalan, «Yangi keltirilgan qush bizda oldin yashagan qushdan nimasi bilan farq qiladi?» «Bog’chamizdagi daraxt va butalarning barglari bir xilda sarg’ayganmi?» va shu kabilar. Ko’pincha savollar faqatgina bolalar ba’zi bir murakkabliklarga uchraganlaridagina beriladi. Tadqiqotchilik harakatlaridan ham yuqoridagi holatda foydalaniladi. Tayyorlov guruhi bolalari o’z kuzatishlarida oddiy moslamalar, ba’zan esa asboblar - termometr, flyuger, lupa, reyka (qorning qalinligini o’lchash uchun va shu kabi)lardan foydalanishlari mumkin. shunchalar: Tarbiyachi, mehnat tarbiyasi, izlanuvchanlik qobiliyati, amaliy faoliyat, tajriba.

2.Tabiat bilan tanishtirish tamoyillari

Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish xilma-xil shakllarda: mashg’ulotlarda, ekskursiyalarda, sayrda, tabiat burchagidagi va yer maydonchasidagi mehnatlarda amalga oshiriladi. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyati hamda tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda shakllantirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o’tadigan mashg’ulotlarda bolalarda dastur talablariga muvofiq elementar bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma’lum bir tartibda rivojlantiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o’yin, mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari yig’ilib boradi. Mashg’ulotlar ularga aniqlash va tizimlashtirish imkonini beradi. Bolalarni mashg’ulotlarda o’qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Metod mashg’ulot turi, uning asosiy maqsadiga ko’ra tanlanadi. Mashg’ulotlarning ba’zi turlarida boshlang’ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko’rish, badiiy asarlarni o’qish, hikoya, diafilm va kinofilmlarni ko’rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg’ulotlarda esa bilimlar kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Aytib o’tilgan metodlardan tashqari bu mashg’ulotlarda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Uchinchi turdagi mashg’ulotlarning asosiy vazifasi - bilimlarni umumlashtirish hamda bir tizimga solishdir. Shuning uchun suhbatlar, didaktik o’yinlar, umumlashtiruvchi kuzatishlardan foydalaniladi. Bolalar egallagan bilimlarini mehnat va o’yinlarda amalda qo’llaydilar. Mashg’ulotlar kichik va o’rta yosh guruhlarda bir oyda 2 martadan, katta guruhlarda esa haftada 1 martadan o’tkaziladi. Mashg’ulotda olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida o’rta guruhdan boshlab, ekskursiyalar va boshqa guruhlarda maqsadli sayrlar tashkil etiladi


Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish