Tabiat burchagidagi ish. Bu yerda o’simlik va hayvonlarga qarash malakalarini shakllantirish bo’yicha ish davom ettiriladi. Tarbiyachi bolalar bilan birga o’simliklarni sug’oradi, nam sochiq bilan barglarini artadi, baliq va qushlarga don beradi. Bahor boshlaridayoq guruhga bargi yozilmagan terak novdasi olib kiriladi. Bolalar ularning barg yoyishini kuzatib boradilar. Ko’m - ko’k barglar shoxchani qoplaganda , tarbiyachi ularni ko’rib chiqishni tavsiya qiladi, barglarni hidlab ko’risjga imkon beradi. Bahorda bolalar bilan ko’pgina mashg’ulotlar tabiat burchagida o’tkaziladi.
Turli yosh guruhlаridаgi bоlаlаrni tаbiаt bilаn tаnishtirishgа bаg’ishlаngаn bilimlаrning strukturаsi bоlаlаr MTMsidаgi u yoki bu yosh guruhdаgi ishning mаzmuni vа tаshkil etilishining o’zigа xоsligini аks ettirаdi. Chunоnchi, kichik yosh guruhlаrdаgi mаshg’ulоtlаr ro’yxаtigа bоlаlаr muаssаsаsining uchаstkаsi, uning yaqinigа jоylаshgаn istirоhаt bоg’i, xiyobоn bo’ylаb ma’lum mаqsаddа qilinаdigаn sаyrlаr hаm kiritilgаn. Bulаr MTM bоlаlаridаn unchа ko’p jismоniy hаrаkаtlаrni tаlаb qilmаydi.. O’rtа guruhdаn bоshlаb.ekskursiyalаr mаshg’ulоt turlаridаn birigа аylаnаdi, mаqsаdli sаyrlаr esа kundаlik ishni tаshkil etish fоrmаlаridаn biri bo’lib qоlаdi.
Xulоsа qilib аytgаndа, mаktаbgаchа ta’lim muаssаsаlаridа bоlаlаrni tаbiаt bilаn tаnishtirish mеtоdikаsining аnа shundаy o’zigа xоs fоrmа vа usullаri bilаn biz chеgаrаlаnmаsligimiz kеrаk. Mаvjud mеtоd vа fоrmаlаrni o’zgаrtirish, yangi-yangi mеtоd vа fоrmаlаrni tоpish, hаyot tаjribаlаrini umumlаshtirib hаr bir tаrbiyachi o’zining yashаydigаn muhiti, shаrоitigа mоs usullаrni tоpib tаrbiyalаmоqlаri kеrаk. Hаr bir tаrbiyachi ijоdiy izlаnuvchаn, kuzаtuvchаn vа hаyotdаn ilhоm оlаdigаn kishi bo’lmоg’i kеrаk.
3.Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarini tahlil qilish.
Mashg’ulot nomi:«Dengiz cho’chqachasini kuzatish».
Mashg’ulotning maqsadi: bolalarni yangi hayvon «Dengiz cho’chqachasi»bilan tanishtirish. Tashqi ko’rinishining muhim belgilarini bilib olish. Bu hayvonning qiliqlarini kuzatib borish va parvarish qilish istagini tarbiyalashda davom etish hamda uning nima uchun shunday nom bilan atalishini tushuntirib berish. Bolalarning nutqida ola-bula qil, mayda qadamlab yurish, kemiruvchiso’zlardan foydalanishni faollashtirish.
Mashg’ulotga tayyorgarlik. Dengiz cho’chqachasi uchun terrarium, unga suli maysasi yoki salat, sabzavotlar tayyorlab qo’yiladi. Hayvonga ertalab ovqat berilmaydi.Stollarni surib, ustiga silliqmas kleyonka yoziladi, stellar doira shaklida qo’yib chiqiladi.
Mashg’ulotning borishi.Tarbiyachi «Men hozir bir havyonni olib kelaman, uni qo’rqitib yubormaslik uchun siz tinch o’tiring», deb tayinlaydi. So’ngra cho’chqachani olib kelib, uni stolga qo’yib yuboradi. Bu hayvonni bilasizmi,deb bolalardan so’raydi, keyin uni ko’zdan kechirib chiqishni taklif etadi. Dengiz cho’chqachasining tashqi ko’rinishi to’g’risida so’zlab berishni bir-ikkita boladan iltimos qiladi.Bolalarning bu hayvonni to’la-to’kis tasvirlab berishlariga erishmoq kerak, agar ular qiynaladigan bo’lsa, mana bunday qoshimcha savollar bilan ularga yordam berish lozim:«Cho’chqacha tumshug’ining shakli qanday? U nimaga
o’xshaydi? (Ko’zmunchoqlarga.) Quloqlarining shakliqanday?» va hokazo. So’ngra tarbiyachi bolalarga qo’shimcha savollar berib, dengiz cho’chqachasini ularga tanish bo’lgan boshqa hayvonlarga solishtirib ko’rishga olib keladi va quyidagi savollarni beradi: «Yana qanday hayvonlarning ko’zlari xuddi shunday qora, yaltiroq bo’lib, chaqchayib turadi? (Og’maxon, olmaxonning ko’zlari.) Yana qaysi hayvonlarning tumshug’i shunaqa serharakat va oval shakldabo’ladi? Yana qaysi hayvonlarning quloqlari xuddi shundayyarimdoira shaklida bo’ladi? (Og’maxonning quloqlari.)Cho’chqachaning bo’yni qanaqaligiga e’tibor bering. (Bo’yni yo’g’on, bu hayvon orqasiga qaray olmaydi.) Cho’chqachaning tanasi qanaqa shaklda, oyoqlarining uzunligi qanday? Cho’chqachaning butun tanasi nima bilan qoplangan? Junining rangi qanaqa? Bu rangni qanday rang desa bo’ladi? (Ola-bula, xol-xol.) Cho’chqachani boshidan dumiga tomon asta silab ko’ring. Juni qanday ekan,yumshoqmi yoki dag’almi? (Silliq, qattiq.) Cho’chqacha qanday qilib yuradi? (Mayda qadam tashlab, tez yuguradi,yugurayotganida tanasi cho’ziladi.) Men bu hayvonto’g’risida sizga so’zlab beraman. U bizga olisdan, dengiz ortidagi yerlardan keltirilgan, shunga ko’ra uni avval dengizorti cho’chqachasi deb ataydigan bo’lishgan. Yovvoyi cho’chqachalar dengizdan uzoq issiq mamlakatlarda,dashtlarda yashagan, o’t-o’lan va shox-shabbalar bilan ovqatlangan. Ular juda beozor hayvon bo’lib hisoblanadi.
Mashgulotni yakunlash.Bolalarni hayvonlarni sevish,ularni asrab-avaylash bo’yicha bilimlari savol-javoblar orqali tekshiriladi va mashg’ulotda yaxshi qatnashgan bolalar rag’batlantiriladi.
5.1. Bolani ob-havodagi o‘zgarishlar (shamol esishi, yomg‘ir, qor yog‘ishi, havo
bulutli yoki ochiq bo‘lishi quyosh charaqlab turishi)ni aytishga o‘rgatish qaysi
guruxda olib boriladi
a) kichik gurux (3-4 yosh)
b)o’rta gurux (4-5 yosh)
s)katta gurux (5-6 yosh)
d)tayorlov gurux (6-7 yosh)
2) Kichik guruxda istirohat bog‘ida sayr qilib yurganda nima topshirik beriladi
a) manzarali daraxtlarning bargi va mevalarini to‘plash
b) yovvoyi daraxtlarning barkini tuplash
s)gullarning barklarini tuplash
d)daraxt va gullarning meva va barglarini tuplash
3) kichik guruxda yil fasllarining xususiyatlari kanday urgatiladi va
ular to‘g‘risida tushuncha beriladi
a) yozning issiq, qishning sovuq ekanligi
b) yozning iliq, qishning sovuqroq ekanligi
s) yozning sovuq, qishning iliq ekanligi
4.Sabzavotlar (bodring, pomidor) va mevalar (olma, gilos, o‘rik)ning nomi,
ta’mi, rangi va shaklini bilishga, o‘zaro farqlashga o‘rgatishda qaysi guruxda olib
boriladi
kichik gurux (3-4 yosh)
katta gurux (5-6 yosh)
tayyorlov gurux (6-7 yosh)
o’rta gurux (4-5 yosh)
5.Bolani uy hayvonlari (mushuk, kuchuk, qo‘y va qo‘zichoq) va yovvoyi
hayvonlar (quyon, ayiq), parrandalar (xo‘roz, tovuq,jo‘jalar) bilan tanishtirish
qaysi guruxda olib boriladi.
kichik gurux (3-4 yosh)
katta gurux (5-6 yosh)
o’rta gurux (4-5 yosh)
tayorlov gurux (6-7 yosh)
Do'stlaringiz bilan baham: |