Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: “Ommaviy madaniyat” ning  milliy g‘oyaga zidligi, uning oldini olish shart-sharoitlari, omillari



Download 467,7 Kb.
bet92/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

21-mavzu: “Ommaviy madaniyat” ning  milliy g‘oyaga zidligi, uning oldini olish shart-sharoitlari, omillari.

"Ommaviy madaniyat" tushunchasining ma’no-mazmuni. Uning milliy g‘oya maqsadlari va negizlariga zidligi. "Ommaviy madaniyat" g‘oyalarini    tarqatishga    urinishlar.     Ularning texnik imkoniyatlari.

I.A Karimov     "ommaviy      madaniyat" to‘g‘risida. "Ommaviy madaniyat" ning milliy ma'naviyat negizlarida, milliy g‘oya , ma'naviy meros va demokratik prinsiplariga zid ekanligi. “Ommaviy madaniyat” eskalatsiyasining xavf-xatari va tahdidli ekanligi. Dunyo xalqlarini milliy o‘zligidan begonalashtirish, yoshlarning ongiga g‘oyaviy ta'sir ko‘rsatish, ularni manqurt, zombiga aylantirishdan ko‘zlangan maqsadlar.

"Ommaviy madaniyat" xavfining oldini
olish shart-sharoitlari va omillari,bunda yuksak
ma'naviyat va milliy g‘oyaga ishonch e’tiqodni  oshirib borishning ahamiyati.

1.     “Ommaviy madaniyat” ning  milliy g‘oyaga zidligi.

2.     G‘arazli maqsadlarni ko‘zlagan kuchlar uchun ta’sirchan vosita.

3.     „Ommaviy madaniyat” yoshlarning madaniy ongining to‘g‘ri shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

 

Bugungi kunda globallashuv ta’sirida ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda ham standartlashuv qaror topa boshladi. Bu jarayon butun rok va pop musiqa, video hamda turli janrlardagi arzon-garov filmlar, seriallar, rang-barang ko‘ngilochar shou-tomoshalar, o‘yinlarni qamrab olmoqda. Ommaviy madaniyat niqobidagi aksilmadaniyat paydo bo‘lib, tobora keng yoyilib bormoqda.



O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti bu borada katta tashvish bilan ogohlantirishi bejiz emas: «Tabiiyki, “Ommaviy madaniyat” degan niqob ostida axloqiy buzuq va zo‘ravonlik, induvidualizm, egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa shuning hisobidan boylik ortirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi[70].

Ushbu fikrdan kelib chiqadigan xulosa shuki, ommaviy madaniyatni niqob qilib olib buzuqlik va zo‘ravonlik singari inson shaxsini ruhan emiradigan g‘oyalarni targ‘ib etadigan asarlarning haqiqiy madaniyatga hech qanday aloqasi yo‘q.

Ma’lumki, madaniyat «Elita madaniyat” xos madaniyat va ommaviy madaniyatga bo‘linadi. O‘tmishda ommaviy madaniyat xalq baxshilari kuylaydigan dostonlar, sayllarda, to‘ylarda ommaga ko‘rsatiladigan tomoshalar – dorbozlik, askiyabozlik va masxarabozlik, xalq ashulalari kabi ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. SHu bois u o‘zining xalqchilligi, ezgulik va insonparvarlik ruhi bilan ajralib turgan. Lekin bugun unga ommaviy madaniyatning tarkibiy qismi emas, balki folklor yoki an’anaviy xalq madaniyati deb qaralmoqda. G‘arbda uni kundalik hayotdan etnografik muzeylar yoki ahyon-ahyonda o‘tkaziladigan xalq sayllari va festivallari tomon siqib chiqarishga urinish kuchli. Zamonaviy ommaviy madaniyat esa XX-XX1 asrlar sivilizatsiyasi mahsuli o‘laroq standartlashgan iste’mol mahsulotlari va «erkin” xulq-atvor namunalari yig‘indisi sifatida tor mazmunda tushunilayotir.

XX asrda maishiy texnikaning rivojlanishi ommaviy madaniyat shakllarini boyitdi-dastlab potefon va gramplastinkalar, magnitofonlar, ixtisoslashgan estrada janrlari, ansambllari singari yangiliklar paydo bo‘ldi.

Keyinchalik turmush farovonligi o‘sishi bilan iste’molchilik psixologiyasining yanada kuchayishi adabiyotda ko‘ngilochar, mazmunan sayoz sarguzasht va detektiv asarlarning “erkin muhabbat” mavzuidagi kitoblar, kino va tv.da “bemaza opera”deb atalmish seriallar, turli audio va video disklar, shou tadbirlarning, ularni ommaviy tarzda ishlab chiqaradigan industriyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Tabiiyki bunday «mahsulotlar”da xalqchillik, milliylik nihoyatda zaif, ular faqat dekoratsiya va mahalliy kolorit sifatidagina qo‘llanadi. Lekin, afsuski, qattiq raqobat sharoitida ba’zi korchalonlar mo‘may daromad ilinjida insonda tubar hirslarni qo‘zg‘aydigan mavzularni ko‘paytirib, asta-sekin zamonaviy aksilmadaniyatni yaratdi.

Ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligi va axloqsizligiga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish kerak.

Ommaviy madaniyatning jozibasi nimada? Nega unga intilish kuchli? Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hatto bir xalqqa mansub yoshlar ham, ular har xil ijtimoiy qatlamdan bo‘lishiga qaramay, ommaviy madaniyatga birday moyillik ko‘rsatadi. Bu holat birinchi navbatda urbanizatsiya va globallashuv sharoitida turli xalqlar turmush tarzining, hayotiy qarash va mezonlarining yaqinlashuvi, hordiq va iste’molning standartlashuvi oqibatidir.

Buning yana bir sababi, ommaviy madaniyat sari intilishga inson zotiga xos bo‘lgan azaliy ishtiyoqlar, uning shuurida asrlar osha yashab kelayotgan tabiiy-ijtimoiy tenglik mayllari, shuningdek, jamoaviylik psixologiyasi bilan bog‘liq arxiteplar ham sabab bo‘ladi. Ular millati, tili, dini va madaniyatidan qat’iy nazar, barcha odamlarning ijobiy yoki salbiy narsalarga instinktiv intilishini ma’lum darajada belgilaydi.



Ommaviy madaniyatga shaklan va mazmunan oddiylikning xosligi go‘yoki unga egalitar (tenglik, tekischilik) va demokratik tus berganidek bo‘ladi. masalan, klassik uslubda kiyinish (kostyum va galastuk) o‘rniga jinsi va futbolka yoki svitir va krasovka kiyish bamisoli kamtarlik, liberallik ifodasi bo‘lib ko‘rinadi. Bunday holat timsolida go‘yoki adolatli tenglik (egalitarizm) namoyon bo‘ladi.

Bular ommaviy madaniyatning tarqalishiga ta’sir ko‘rsatgan psixologik sababdir.




Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish