To‘rtinchidan, mintaqada yuzaga kelgan muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi yangi ma’naviy-mafkuraviy muhitni shakllantirish ehtiyoji ham oshib bordi. Bu borada uzoq vaqt mustamlaka sifatida yashagan respublikalar, zo‘ravonlik bilan o‘tkazib kelingan umumiy tamoyillardan voz kechib, o‘ziga xos taraqqiyot yo‘liga o‘tib oldilar. Bu jarayonda Afg‘onistonda urush alangasi o‘chmagani faqat bizning mamlakatimiz uchungina emas, balki butun mintaqadagi barcha mamlakatlar uchun ham katta xavf-xatarni vujudga keltirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |