Beshinchi. Bugungi dunyoda har qanday mamlakatning nufuzi, avvalo, uning eng yangi texnologiyalarni qabul qilish va foydalanish qobiliyatiga qarab belgilanadi.
Bugungi kunda aksariyat davlatlarning mafkurasi «umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g‘oyalari ustuvordir. SHunday bo‘lsada, insoniyat istiqbolini belgilashda universiallikka da’vogarlik qilayotgan va transmilliy xarakterga ega g‘oyaviy qarashlar dunyoning mafkuraviy manzarasi mazmunini belgilab berishda usutuvorlikka intilayotganini ham ta’kidlash zarur.
Bugungi kunda qurol-yarog‘ kuchi bilan zo‘ravonlik qilishlar o‘rnida endi xalqlarni, mamlakatlarni, dunyoni zabt etish uchun juda katta mafkuraviy qudratga, g‘oyaviy asosga ega bo‘lish kerakligini hayot ko‘rsatmoqda. XX asr sivilizatsiyasi dunyoni aql-idrok bilan zabt etish tamoyilini keltirib chiqardi. SHuning uchun ham bugun davlatlar qudrati, mamlakatlar salohiyati yadroviy poligonlar bilan emas, g‘oyaviy, mafkuraviy poligonlardagi salohiyati bilan o‘lchanadi. Buni Prezident Islom Karimov: «Hozirgi vaqtda qudratli davlatlar va muayyan siyosiy markazlar o‘z maqsadlariga erishish uchun, avvalo, zabt etmoqchi, o‘z ta’sir doirasiga olmoqchi bo‘lgan mamlakatlarning aholisi ongini o‘ziga qaram qilishga intiladi»2, - deb ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, jahon siyosatida mafkuraviy ta’sir o‘tkazish orqali xalqlarni, mamlakatlarni zabt etish tamoyili kuchaymoqda. G‘oyaviy tazyiqning bunday shakli turli-tuman.
YUrtboshimizning «Bugungi kunda g‘oyani taqiq bilan, ma’muriy choralar bilan engib bo‘lmaydi. G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishishi mumkin»3, degan fikrlari bugungi kunda har bir vatandoshimiz uchun dasturulamaldir.
Hozirgi insoniyat taraqqiyotining yuksak bosqichida yashamoqda. Texnik-texnologiyaning takomillashuvi natijasida ancha qulayliklarga erishildi. Ayniqsa, Internet texnologiyasining kashf etilishi insoniyatning hayot tarzini tezlashtirdi. Bu jarayonda, dunyoning mafkuraviy manzarasi o‘ziga xos ko‘rinish oldi. Keyingi paytlardagi geosiyosiy tus olgan gegemon davlatlariningochiqdan-ochiq dunyoga hukmronlik qilish kayfiyatidagi harakatlari dunyoda mafkuraviy kurashlarning avj olishga xizmat qilmoqda. Bu esa – bugungi globalaashuv jarayonilarining, birinchidan, tezlashuviga, ikkinchidan ular imkoniyatlarining chegaralanishiga olib kelmoqda.
Texnik-texnologiyaning yuksak darajada rivojlanishi Birinchi Prezident I.Karimov “YUksak ma’naviyat-engilmas kuch” kitobida qayd etganlaridek, globallashuvning ikki ko‘rinishini yuzaga keltirdi. Birinchisi ijobiy xususiyat bo‘lib, insoniyatning o‘zaro axborot, texnologiya almashuvi tezlashdi va xalqlar yaqinlashmoqda. Ikkinchisi salbiy bo‘lib, unga ko‘ra, muayyan xalq manfaatlari, qadriyatlari ustivor qo‘yilmoqda va milliy an’analar, madaniyatlar inkor qilinmoqda. Tabiiyki bunday jamiyatda dunyoning mafkuraviy manzarasi ham o‘zgardi va globallashuv jarayonida muammolar chuqurlashib bormoqda. Negaki “Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug‘ati”da ta’kidlanganidek, globallashuv – bu avvalo , dunyoda yangi tartibotning yuzaga kelishidir. SHu ma’noda bugungi dunyoda mafkuraviy manzara quyidagi o‘ziga xos kurashlar bilan bog‘liq xususiyatlarga ega bo‘lib, u globallashuv jarayoniga ta’sir ko‘rsatmoqda:
Do'stlaringiz bilan baham: |