Birinchi. Davlatlararo munosabatlar tizimidagi muvozanat buzildi. Jahonda siyosiy-iqtisodiy bo‘linish ro‘y berdi. Kuchlar markazi ilgari ikki joyda bo‘lsa, endilikda bunday ahvol va vaziyat o‘zgardi.
Ikkinchi. Jahonda mulkiy tengsizlik - sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaymoqda.
Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko‘rinadi. YA’ni, tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boyligi hisoblansa ham, sanoati yuksak rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o‘z qo‘llariga olishga intilmoqdalar. Qolaversa, ilmiy va texnikaviy bilimlar, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar sohasida, erkin sarmoyani to‘plash va joylashtirish sohasida ham juda katta tafovutlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |