Urdu elektron ta'lim tizimi O'zbekcha ‎(uz)‎


-mavzu: Yot va zararli g‘oyalarning ko‘rinishlari,  ularning oldini olishda  milliy g‘oyaning o‘rni va ahamiyati



Download 467,7 Kb.
bet89/195
Sana01.09.2021
Hajmi467,7 Kb.
#162167
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   195
Bog'liq
2 5197302597328833210

20-mavzu: Yot va zararli g‘oyalarning ko‘rinishlari,  ularning oldini olishda  milliy g‘oyaning o‘rni va ahamiyati.

Yot va zararli g‘oyalar,g‘oyaviy kurash tushunchalari,ularning mazmun va mohiyati.

O‘zbekiston hayoti va taraqqiyotiga g‘oyaviy tahdidlar, ularning ko‘rinishlari va namoyon bo‘lish xususiyatlari. Tahdidlarning ichki va tashqi yo‘nalishlari,ijtimoiy ildizlari. Diniy ekstremizm va terrorchilik,ommaviy madaniy va demokratik g‘oyalarni niqob qiluvchi ma'naviy-mafkuraviy oqimlar, ularning faoliyati usullari va xavfsizlikka tahdidi.

O‘zbekistonga qarshi axborot xujjatlari,ularning esa maqsadlari va ta'sir yo‘nalishlari.G‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning moddiy-iqtisodiy va ruhiy-ma’naviy tayanchlar hamda texnik va texnologik imkoniyatlari.G‘oyaviy tahdidlarga qarshi kurashda mafkuraviy vositalar, uslub va metodlar ta’sirchanligi masalalari.

Jamiyatda g‘oyaviy kurashni tashkillashtirish,boshqarish va aniq maqsadlarga yo‘naltirish usullari va vositalari. Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi-g‘oya  jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish tamoyili, g‘oyaviy kurashda fan,din, adabiyot, san'at hamda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan samarali foydalanishda ma'naviy tadbirlarning o‘rni.Jamiyatda mafkuraviy profilaktikani kuchaytirish va fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish. Kelajakka umid va ishonch-g‘oyaviy xafsizlikning muhim omili.

 

1.     Globallashuv va milliy g‘oya.



2.     Egotsentrizm, kosmopolitizm, buzuqlik va behayolikni erkinlik va demokratiya niqobi ostida tarqatish.

3.     Vayronkor g‘oyalarga qarshi barqaror mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning muhim sharti.

 

Globallashuv jarayonining muhim xususiyatlaridan biri kishilar ongi va qalbini egallash uchun kurashning kuchayganligidir. Muayyan mamlakat yoki mintaqada hukmronlikni ta’minlashga xizmat qilgan harbiy yurishlar, iqtisodiy iskanja kabi harakatlar shakllari o‘rnini endilikda ko‘proq ijtimoiy ongni mafkuraviy-ma’naviy jihatdan zabt etish maqsadida muayyan bir jamiyat uchun yot va zararli g‘oyalarni tarqatish ularni kishilar ongiga singdirish avj olmolqda.



Bunday g‘oyalar bugungi kunda shunchaki kishilarni yo‘ldan uradigan g‘oyalar sifatida emas, balki butun boshli millatlar, jamiyatlar va davlatlar hayotini izdan chiqaruvchi mafkuraviy tahdid sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Ana shunday ko‘rinishdagi mafkuraviy tahdidlar g‘arazli kuchlarning strategik maqsadlaridan kelib chiqqan bo‘lib, turli geosiyosiy “o‘yin”larni uyushtirishda kuchli qurol bo‘lib xizmat qilmoqda. Strategik maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan kuchli infrastrukturaga va kommunikatsiya vositalariga ega bo‘lgan siyosiy markazlarning tashkil topishi ularning ko‘lami kengayishiga zamin yaratmoqda. Ayniqsa, XX asrning so‘nggi o‘n yilligida, jumladan, postsovet makonida yuzaga kelgan mustaqil davlatlar hududini g‘oyaviy-mafkuraviy “qayta taqsimlash” siyosati mafkuraviy tahdidlarning noklassik yo‘nalishlarini vujudga keltirmoqda. SHuningdek, mafkuraviy tahdidlar gegemon davlatlarning siyosiy korporatsiyasini shakllantirish bilan xarakterlanmoqda. Bu mafkuraviy tahdidlarning ijtimoiy ildizlari, sabablarini o‘rganish, tahlil qilish ularning g‘oyaviy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa asoslari hamda omillari bilan bog‘liq masalalar falsafiy tadqiqotlarning eng muhim va ustuvor vazifasi ekanini ko‘rsatadi.

Egotsentrizm, kosmopolitizm, buzuqlik va zo‘ravonlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, axloqsizlik va behayolikni erkinlik va demokratiya tamoyillari niqobi ostida tarqatishga urinishlar ma’naviyatga ziddir. G‘arazli kuchlar tomonidan uyushtirilayotgan bunday mafkuraviy bosimlar asosan aholining yoshlar qatlamiga qaratilgani bilan ajralib turadi. Ayni paytda, ongi, dunyoqarashi, mustaqil fuqaroviy pozitsiyasi to‘liq shakllanib ulgurmagan yoshlarga nisbatan bunday munosabat nafaqat konkret millat, jamiyatning asrlar davomida shakllangan an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy asoslari va ildizlariga, balki, insoniyat istiqboliga qaratilgan tahdid sifatida namoyon bo‘lmoqda. SHu nuqtai nazardan qaraganda, “ommaviy madaniyat” eskalyasiyasini mafkuraviy tahdidlarning yangi yo‘nalishi sifatida baholash mumkin. Bu o‘z navbatida “ommaviy madaniyat” xavfini bartaraf qilish mafkuraviy tahdidlarning oldini olishda ustuvor ahamiyatga eganligini ko‘rsatadi. Bunday tahdidlarning xatarli jihati “namuna”, “etalon”  sifatida taqdim etilayotgan xulq normalarini targ‘ib qilishga qaratilgan “asarlar” ularning ijodkorlari va homiylariga ulkan moddiy manfaat keltirayotgani va to‘planayotgan mablag‘lar ommaviy madaniyat ko‘rinishidagi buzg‘unchilikning yangi shakllarini yuzaga keltirishi bilan ham belgilanadi.

Globallashuv sharoitida zararli mafkuraviy ta’sirlarga qarshi kurash milliy g‘oyaning bunyodkor mazmun-mohiyatini kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz orasida maqsadga muvofiq tarzda targ‘ib va tashviq etishni taqozo etadi. Zero, o‘tmishimiz va kelajagimiz uchun qudrat bag‘ishlaydigan milliy iftixor tuyg‘usi bilan biz yangi avlodlarni tarbiyalashimiz, o‘z milliy davlatchiligimizni mustahkamlab borishimiz lozim. Bu jarayonda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yosh avlodga etkazishning infrastrukturasi va texnologiyasini takomillashtirish masalasi zararli va yot g‘oyalarni, mafkuraviy tahdidlarni bartaraf qilishning muhim omili ekanini hayotiy tajribaning o‘zi isbotlamoqda. 

Bugungi kunda yon atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealarni tahlil qilar ekanmiz jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish eng oqilona tamoyil ekanini ko‘rishimiz mumkin. Ayniqsa, ta’lim va tarbiyada qiziquvchanligi, tashabbuskorligi, faolligi,  bilimdonligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan yoshlar zararli tahdidlarning ta’siriga qarshi mafkuraviy immunitetni namoyon qilmoqda. SHu nuqtai nazardan qaraganda, yoshlarda ma’rifatga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytirish, ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi oila, mahalla va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash davrning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Zero, mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashning institutsional tizimini tashkil qilgan strukturaviy elementlar integratsiyasi muhim ahamiyatga ega. Har bir strukturaviy elementlarning funksional yo‘nalishlarini konkretlashtirish, ob’ektga differensial yondashish tamoyili asosida pedagogik-didaktik faoliyatini tashkillashtirish va boshqarish ko‘zlangan maqsadlarga erishishga mustahkam zamin yaratadi.


Download 467,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish