Uo‘K: 62(075) kbk



Download 8,16 Mb.
bet73/146
Sana22.07.2022
Hajmi8,16 Mb.
#839054
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   146
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

7.7-rasm. Qirralarni payvandlashga tayyorlash geometrik shakllarining elementlari.

Metall qalinligi 3 mm dan ortiq bo‘lganda chok uchun bur- chak ochiladi, chunki burchak ochilmasa, payvand birikmasining


kesimi suyuqlanib yetilmasligi, metall esa o‘ta qizib yoki kuyib ketishi mumkin; burchak ochilmaganda payvand birikmasining kesimi erib yetilishi uchun, odatda, payvandchi payvandlash toki kattaligini oshirishga harakat qiladi.
Qirralar kesilib burchak ochilganda kichik kesimlarda qat- lam-qatlam qilib payvandlash mumkin, bu payvand birikmasi- ning strukturasini yaxshilaydi va payvandlash, kuchlanishlari va deformatsiyalarining vujudga kelishini kamaytiradi.
Payvandlash oldidan tirqish to‘g‘ri olinsa, birikmaning kesi- mi bo‘ylab chokning birinchi (asosiy) qatlamini hosil qilishda metall to‘la payvandlanadi, albatta buning uchun payvandlash- ning to‘g‘ri rejimi tanlangan bo‘lishi kerak.
Tunukani qiyalik uzunligi payvandlanayotgan qalin detaldan ingichkaroq qismiga bir tekis o‘tishga, payvand konstruksiyalarida- gi kuchlanishlar konsentratorlarini bartaraf qilishga imkon beradi. Qirralarni o‘tmaslashtirish asosiy chokni payvandlashda pay- vandlash jarayonining turg‘un bo‘lishini ta’minlaydi. O‘tmaslan- gan joyning bo‘lmasligi payvandlashda metalning kuyib ketishiga
olib keladi.
Chetlarning siljishi payvand birikmasining mustahkamlik xossalarini yomonlashtiradi va metalning chala payvandlanishi- ga hamda kuchlanishlarning to‘planishiga sabab bo‘ladi. ÃÎCÒ 5264—80 ga muvofiq payvandlanayotgan chetlar bir-biriga nis- batan qalinligining 10% iga qadar siljishi mumkin, biroq bunday siljish 3 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
    1. Yoyli dastakli payvandlash rejimlari

Payvandlash rejimi deganda payvandlash jarayonida bajarila- digan shartlar yig‘indisi tushuniladi. Payvandlash rejimi para- metrlari asosiy va qo‘shimcha parametrlarga bo‘linadi. Payvand- lash rejimining asosiy parametrlariga tokning kattaligi, turi va qutbliligi; elektrodning diametri, kuchlanish, payvandlash tez- ligi va elektrod uchining ko‘ndalang tebranish kattaligi kiradi, qo‘shimcha parametrlarga – elektrod qulochining kattaligi, elek- trod qoplamasining tarkibi va yo‘g‘onligi, asosiy metalning bosh- lang‘ich harorati, elektrodning fazodagi vaziyati (vertikal, qiya) va payvandlash vaqtida buyumning vaziyati kiradi.
Elektrod diametri katta bo‘lsa, payvandlashda ish unumi osha- di, lekin payvandlanadigan metall erishi mumkin, vertikal va ship
holatdagi choklarni ishlashi qiyinlashadi, chok tubi chala erishi mumkin. Shuning uchun ham ko‘p qatlamli chokning birinchi qatlami hamma vaqt diametri 4—5 mm elektrod bilan payvand- lanadi. U-simon ishlangan chokning barcha qatlamlarini bir xil (maksimal yo‘l qo‘yilgan diametrli) elektrod bilan payvandlash mumkin.
Elektrod simning diametri payvandlanadigan metall qalinligi- ga qarab tanlanadi (7.3-jadval).

    1. ­jadval
Uchma-uch birikmalarni payvandlashda payvandlanayotgan metall qalinligiga nisbatan elektrod simi diametri

Payvandlan- adigan metall qalinligi, mm

0,5 –1,5



1,5–3


3–5


6–8


9–12


13–20


Elektrod simning diametri, mm

1,5 –2,0

2—3

3–4

4–5

4—6

5–6

Vertikal va ship choklar diametri 5 mm dan ortiq bo‘lmagan elektrodlar bilan payvandlanadi. Chatim (har joydan tutashtirish) choklar va eritib yotqiziladigan kichik kesimli valiklar diametri 5 mm dan ortmaydigan elektrodlar bilan bajariladi.


Tok kuchi kam bo‘lsa, issiqlik payvandlash vannasiga yetarli darajada kelmaydi va asosiy metall bilan eritilgan metall yaxshi birikmasligi mumkin. Natijada payvand birikmaning mustah- kamligi keskin kamayadi. Tok haddan tashqari kuchli bo‘lganida, payvandlashni boshlagandan keyin sal vaqt o‘tishi bilan elektrod qizib ketadi, uning metali tez erib chokka oqib tushadi. Natija- da chokka eritib qo‘shiladigan metaldan ortiqcha tushadi, elek- trodning suyuq metali erimagan asosiy metalga tushib qolgudek bo‘lsa, chala payvandlangan joylar hosil bo‘lish xavfi tug‘iladi.
Kam uglerodli po‘latni pastki holatda uchma-uch qilib pay- vandlash uchun tok miqdorini tanlashda akad. K.K. Xrenovning quyidagi formulasidan foydalansa ham bo‘ladi:
Ipay=(20+6de)de,
bu yerda: Ipay — tok, A;
de — elektrod metall sterjenining diametri, mm.
Vertikal va ship choklarni payvandlashda pastki holatdagi
choklarni payvandlashdagiga qaraganda tok qiymati 10—20 % kam bo‘ladi.
Birikmalarni ustma-ust va tavr shaklida payvandlashda katta tok ishlatilishi mumkin. Chunki bunday hollarda erib teshilish hollari kam bo‘ladi.
Tokning turi va qutbliligi ham chokning shakli va o‘lchamlari- ga ta’sir qiladi. Teskari qutbli o‘zgarmas tok bilan payvandlash- da suyuqlanib quyilish uzunligi to‘g‘ri qutbli o‘zgarmas tok bilan payvandlashdagidan 40—50% ortiq, bunga sabab anod va katodda ajralayotgan issiqlik miqdorining turlicha bo‘lishidir. O‘zgaruvchan tok bilan payvandlashda to‘la payvandlash chuqurligi teskari qutbli o‘zgarmas tok bilan payvandlashdagidan 15—20% kam bo‘ladi.
Yoy bilan dastakli payvandlashda kuchlanish metalning to‘la payvandlash chuqurligiga kam ta’sir qiladi, hatto bu ta’sirni nazarga olmasa ham bo‘ladi. Chokning kengligi elektrod kuchlanishiga to‘g‘ri bog‘langan. Kuchlanish ortganida chokning kengligi ortadi.
    1. Yoyli dastakli payvandlash texnikasi

Yoyni yondirish uchun payvandchi elektrod uchini metalga te- gizadi, keyin tezda uni 2—4 mm chetlashtiradi. Shu vaqtda yoy hosil bo‘ladi. Bu yoy doimo bir xil uzunlikda bo‘lishi uchun elek- trod erishiga qarab sekin-asta pastga tushirib boriladi. Yoy hosil bo‘lguniga qadar payvandchi yuzini qalqon yoki maxsus qalpoq bilan to‘sishi kerak.
Ikkinchi usul quyidagilardan iborat: payvandchi payvand- lanadigan metall yuzasini elektrod uchi bilan uradi va so‘ngra tezda sal nariga chetlatib, yoyni yondiradi.
Yoy mumkin qadar kalta bo‘lishi kerak. Yoy kalta bo‘lsa, chok yaqinida mayda metall tomchilari kam hosil bo‘lib, elektrod bir tekisda uchqun sachratib osoyishta eriydi, payvandlanadigan metall yanada chuqurroq eritiladi.
Uzun yoy asosiy metalning zarur darajada chuqur erishini ta’min- lamaydi. Elektrod metali esa erishida juda ko‘p sachraydi. Natijada notekis chok hosil bo‘lib, oksid qo‘shilmalar ancha ko‘payadi.
Yoyning uzun-qisqaligi haqida uning yonishida chiqadigan to- vushga qarab mulohaza yuritish mumkin. Yoy normal uzunlikda bo‘lganida bir tekisda va bir xil tovush eshitiladi. Yoy haddan tashqari uzun bo‘lsa ancha keskin va qattiq, tez-tez uzilib paqil- laydigan tovush eshitiladi.
Yoy uzilgan hollarda u uzilgan joy yaqinidagi payvandlanma- gan metalda qaytadan yondiriladi, so‘ngra yoyni uzilgan joyga
keltirish, yoy uzilishi natijasida hosil bo‘lgan kraterni sinchiklab payvandlash va payvandlashni davom ettirish kerak.
Elektrodni chok uzra tebratmasdan to‘g‘ri surib borganda u erib ipga o‘xshash ingichka valik hosil qiladi. Elektrod vertikal holda, yoki oldiga qiyalatib yoki orqaga qiyalatib ushlangan holda payvandlanadi (7.8-rasm).




Download 8,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish