Uo‘K: 62(075) kbk


Payvandlash o‘zgartirgichlariga texnik xizmat ko‘rsatish



Download 8,16 Mb.
bet52/146
Sana22.07.2022
Hajmi8,16 Mb.
#839054
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

Payvandlash o‘zgartirgichlariga texnik xizmat ko‘rsatish. Pay- vandlash o‘zgartirgichi unga muntazam suratda qarab turilgan taqdirdagina bekami-ko‘st ishlaydi. Ayniqsa, generator kollektori, cho‘tkalar va podshipniklarga yaxshi qarash kerak.
Kollektorni vaqt-vaqti bilan benzinga ho‘llangan toza lat- ta bilan changdan tozalab turish zarur. Bu operatsiya genera- tor to‘xtaganida bajariladi. Mashina to‘g‘ri ishlasa, kollektorda qurum izlari bo‘lmasligi kerak. Cho‘tkalarning kollektorda qurum izlarini qoldirmasdan mayda-mayda uchqunlanishi xavfli emas. Kollektorda qurum izlari paydo bo‘lsa, uning sabablarini aniqlab bartaraf etish, kollektorni esa mayda donador presslangan pemza yoki kollektor yuzasi shaklidagi yog‘och kolodkaga tortilgan may- da shishali qog‘oz bilan silliqlash kerak. Kollektorning barcha yu- zasi bir tekisda silliqlanishi lozim. Kollektorni jilvir qog‘oz bilan silliqlash qat’iyan man etiladi.
Agar vaqt o‘tishi bilan plastinalar orasidan slyuda chiqish- ni boshlasa, cho‘tkalar ishlaganida uchqun ko‘rinadi va shov- qin eshitiladi. Bunday hollarda maxsus arracha bilan plastinalar orasidagi slyudani 1 mm ga yaqin chuqurlikda ohistagina chiqarib olish, shundan so‘ng uch qirrali mayda egov bilan hosil bo‘lgan pitirlarni egovlab kollektorni ish davomida cho‘tkalarni ko‘tarib silliqlash zarur.
Cho‘tka mexanizmini muntazam suratda ko‘zdan kechirib turish kerak. Shikastlangan yoki yoyilgan cho‘tka o‘rniga yangi-
sini o‘rnatish va uni kollektorga surkash zarur. Buning uchun cho‘tka ostiga mayda shishali qog‘oz polosa (shishasini cho‘tkaga qaratib) qo‘yiladi. Qog‘oz mashinaning aylanish yo‘nalishi bo‘yi- cha cho‘tka kollektoriga jips yopishguniga qadar cho‘tka ostidan o‘tkaziladi. Cho‘tka tutgich prujinasini normal bosimda surkaladi. Cho‘tkalar surkash qilinganidan keyin (kollektor shlifovkalangan- dan keyin ham) hosil bo‘lgan chang havo bilan puflab ketkaziladi, cho‘tkalarni tugal silliqlash uchun esa generator salt yurishi kerak. Yangi cho‘tkalarni o‘rnatishda, ularning hammasi tekis ekan- ligini, plastinadan baravariga tushishi va yangisiga o‘tishiga is- honch hosil qilish, shuningdek, cho‘tkalarni oboymada qisilmas- dan erkin surilishini va unda tebranmasligini tekshirish lozim.
Halqaning ostki chekkasi kollektordan 2–3 mm narida bo‘lishi kerak.
Traversa noto‘g‘ri holatda bo‘lganida ham cho‘tkalar ko‘p uch- qunlanishi va hatto kollektor kuyishi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan sharikli podshipniklarning moyi quyuqlashib ifloslanadi. Shuning uchun ham moyni yiliga bir yoki ikki marta yangilab turish kerak. Ifloslangan moydan tozalangandan so‘ng podshipniklarni shprits yordamida benzin purkab yaxshilab yu- vish, so‘ngra yana moy to‘lg‘azib qo‘yish lozim. Podshipniklarni qismlarga ajratishda ularga chang, qum va boshqa narsalar tush- masligiga e’tibor berish zarur.
Nam tushishi sababli mashinaning izolatsiyasi namiqib qoli- shi va natijada uning qarshiligi kamayishi mumkin. Mashina uzoq vaqtgacha ochiq havoda yoki isitilmaydigan nam xonada ishlamasdan turganida ana shunday hol ro‘y berishi mumkin. Bunday hollarda mashinani ishlatishdan oldin mavjud turdagi O‘zgartirgichga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha zavod ko‘rsatmasida ko‘rsatilgan usulda quritib olish zarur.
    1. Ko‘p postli ta’minlash manbalari

Ko‘p postli payvandlash to‘g‘rilagichlari ÂÄÌ yoy bilan ballast reostatlari orqali bir nechta payvandlash postlarini to‘g‘rilangan tok bilan bir vaqtda ta’minlash uchun qo‘llanadi, himoyalovchi gazda mexanizatsiyalashgan payvandlashda ÂÄ1Ì to‘g‘rila- gichlari qo‘llanadi. Bitta to‘g‘rilagichdan ishlay oladigan postlar soni n ni, ko‘p postli to‘g‘rilagichning nominal toki Inom ni bir postning maksimal toki In ga nisbati bilan aniqlaydilar:


,bu yerda: α = 0,6...0,65 postlarining bir vaqtda ishlash koef- fitsienti.
Ko‘p postli payvandlash to‘g‘rilagichlari (5.5-jadval) qattiq tashqi VAT ga ega.

    1. ­jadval
Ko‘p postli to‘g‘rilagichlarning texnik tavsiflari

To‘g‘rilagich rusumi



Kuchlanish

Nominal tok kuchi, A

UDE
%



Postlar soni



Reostat rusumi



Drossel rusumi



U1

Uci

–1001

380

60

1000

60

7

–301




–1601

380

60

1600

60

9

–301

–401

–1602

380

30

1600

60

9

–201

–401

–1602–1

380

50

1600

60

5

–401

–401

Har bir postda yoy bilan dastaki payvandlash uchun lozim



bo‘lgan pastlab boradigan tavsif ballast reostatlari yordamida (5.17-rasm) olinadi, reostatlar ko‘p postli to‘g‘rilagich komplek- tiga kiradi.




Download 8,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish