5.17-rasm. ÂÄÌ ko‘p postli to‘g‘rilagichga P1..P3 payvandlash post- larining ulanish sxemasi: R1...R3 – ballast reostatlar.
Ballast reostatlar. Ballast reostat (5.18-rasm) ramalarga o‘ral- gan konstantan simdan iborat bir necha qarshilik elementlari (g‘altaklar)ga ega. Payvandlash toki tokning har 10 A dan keyin 10 dan 200 A gacha 20 ta pog‘onali bo‘lishini ta’minlaydigan beshta biriktirgich-ajratgich bilan rostlanadi. Har 15 A dan keyin 15 dan 300 A gacha rostlaydigan 20 pog‘onali ÐÁ—300 reostatlari ham
ishlatiladi. Yoyda 200A yoki 300 A dan ortiq tok hosil qilish ker- ak bo‘lsa, har qaysi yoyga ikkita ballast reostat parallel ulanadi. Shunda reostatlar o‘tkazadigan eng katta tok ikki baravar ortadi.
5.18-rasm. ÐÁ ballast reostat:
a—tashqi ko‘rinishi; b – qarshiliklar sxemasi.
Ballastli reostatlarning texnik tavsifi 5.6-jadvalda keltirilgan
jadval
Ballastli reostatlarning texnik tavsifi
Tip
|
Payvandlash toki, A
|
Gabarit o‘lchamlari, mm
|
og‘irligi, kg
|
nominal (UDE=60%)
|
Rostlash che- garalari
|
РБ–201
|
200
|
10–200
|
550x355x635
|
30
|
РБ–300
|
300
|
10–300
|
550x370x700
|
38
|
РБ–301
|
500
|
10–300
|
580x410x635
|
35
|
РБ–501
|
500
|
10–500
|
580x465x635
|
40
|
РБГ–301
|
300
|
315 gacha
|
600x410x390
|
32
|
РБГ–502
|
500
|
500 gacha
|
580x465x648
|
40
|
Reostatlardan tashqari himoyalovchi gazlarda payvandlash uchun to‘g‘rilagichlar bilan birga ÄÐ rusumli drossellar ham yuboriladi. Ularni payvandlash zanjiriga ulanishi to‘g‘rilangan tokning pulslanishini kamaytiradi va payvandlash jarayonining stabilligini oshiradi.
Stabillashtiruvchi ajratuvchi drossellarning texnik tavsifi 5.7- jadvalda keltirilgan.
jadval
Stabillashtiruvchi ajratuvchi drossellarning texnik tavsifi -
Turi
|
Nominal tok, A
|
Induktivlik, mG
|
Rostlash qa- damlar soni
|
Gabarit o‘lchamlari, mm
|
g‘irligi, kg
|
ДР–301
|
300
|
0,3–0,15
|
2
|
400x252x482
|
47
| Maxsus ta’minlash manbalari
Himoyalovchi gazlarda aluminiy qotishmalarini payvand- lashda bir fazali va uch fazali tokka asoslangan maxsus quril- malar qo‘llanadi. Gaz himoyasida aluminiy qotishmalarini pay- vandlashda suyuqlanmaydigan elektrodda yonadigan yoy alohida xususiyatlarga ega. U past kuchlanishda yonadi, Uyoy=10...20 V. Uning VAT payvandlash tokining katta diapazonida gorizontal qismiga ega. Qutblari o‘zgarganda, kuchlanish nol bo‘lganda yoy uzilib qolishi mumkin, uni barqarorlash uchun maxsus choralar ko‘rishni talab qilinadi. Yoy toki bitta yarim davrda boshqasiga qaraganda katta, uning bir qismi to‘g‘rilanadi, bu qiyin eriydigan oksidli plyonkaning fizik xususiyatiga bog‘liq, alumin qotishma- lar sirti bunday plyonkalarga ega. Ikkala (tokning doimiy tash- kil etuvchisini yo‘qotishda) payvandlash zanjiriga transformator chulg‘ami bilan ketma-ket kondensator batareyalari ulab, ta’min- lash manbalarining tez pasayib ketishiga erishiladi (5.19-rasm). VAT qancha katta bo‘lsa, yoy uzunligining o‘zgarishida tok ku- chining o‘zgarishi DI shuncha kam va yoy shuncha stabil yonadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |