Selluloza qoplamali elektrodlar (ÂCÖ–1, ÂCÖ–2, OMA–2). Selluloza qoplamalar asosan yonuvchi organik materiallar (sellulo- za, kraxmal)dan iborat bo‘lib, yoyda ular parchalanish jarayonida erigan metalning gaz himoyasini ta’minlaydi. Ularda shlak hosil qiluvchilar rutil, titan konsentrat, marganets rudasi va silikatlar, oksidsizlantiruvchi esa ferromarganetsdir. Bu elektrodlarda ish- laganda metalning uchqunlanib sachrashi va shlak hosil bo‘lishi kam bo‘ladi. Ular fazoning barcha vaziyatlarida o‘zgaruvchan tok bilan ham, o‘zgarmas tok bilan ham ishlash uchun yaroqlidir.
Elektrodlar turlari. Ishlatiladigan qoplamlar nihoyatda xilma-xil bo‘lgani uchun elektrodlar ÃÎCÒ bo‘yicha qoplamlarining tarki- biga qarab emas, balki nima payvandlanishi, chok metali hamda ana shunday turdagi elektrodlar bilan payvandlanganda hosil bo‘la- digan payvand birikmalarning mexanik xossalariga qarab turlarga bo‘linadi. Elektrodning har qaysi turiga elektrodlarning bir nech- ta rusumi mos keladi. Masalan, Ý42 turiga OMA–2, AÍO–6, MÝÇ–04 va boshqa elektrodlar to‘g‘ri keladi. Elektrodning rusumi uning sanoat belgisi bo‘lib, odatda, o‘zak va qoplamani tavsiflaydi. ÃÎCÒ 9467–75 «Konstruksion va issiqqa chidamli po‘latlarni elektr yoy yordamida payvandlashda ishlatiladigan metall elektrodlar. Elektrod turlari». Uglerodli va kam legirlangan konstruksion po‘latlarni payvand- lash uchun elektrodlarning to‘qqiz turi: Ý42, Ý42A, Ý46, Ý46A, Ý50, Ý50A, Ý55, Ý60; mustahkamligi oshirilgan va yuqori bo‘lgan legir- langan konstruksion po‘latlarni payvandlash uchun besh turi: Ý70, Ý85, Ý100, Ý125, Ý150 ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, issiqqa chidamli po‘latlarni payvandlash uchun elektrodlarning to‘qqiz turi: Ý09M, Ý09MX, Ý09X1M, Ý05X2M, Ý09X2M1, Ý09X1MÔ,
Ý10X1M1ÍÔÁ, Ý10X3M1ÁÔ, Ý10X5MÔ mo‘ljallangan.
Elektrodning turi Ý harfi va chok metalining kafolatlanadigan mustahkamlik chegarasini 10–1MPa hisobida ko‘rsatadigan raqam bilan belgilanadi. A harfi shu elektrod bilan eritib qoplangan chok metalining plastik xossalari yuqoriligini ko‘rsatadi. Bunday elek- trodlar eng mas’uliyatli choklarni payvandlashda ishlatiladi.
Konstruksion po‘latlarni yoyli payvandlashda chok metalining mexanik xususiyatlari 6.4- va 6.5-jadvallarda ko‘rsatilgan
jadval
Konstruksion po‘latlar uchun chok metalining mexanik xususiyatlari
Elektrod- lar turlari
|
Vaqtin- cha qarshilik
σm, MPa
|
Chok metali
|
Kami bilan 3 mm dia- metrli elektrod bilan pay- vandlangan birikma uchun egish burchagi, grad
|
Nisbiy uzayish
δm, MPa
|
Zarbiy qo- vushqoqlik, Joul/sm2
|
Э38
|
370
|
14
|
29
|
60
|
Э42
|
410
|
18
|
78
|
150
|
Э46
|
450
|
18
|
78
|
150
|
Э50
|
490
|
16
|
69
|
120
|
Э42A
|
410
|
22
|
147
|
180
|
Э46A
|
450
|
22
|
137
|
180
|
Э50A
|
490
|
20
|
127
|
150
|
Э55
|
540
|
20
|
117
|
150
|
Э60
|
590
|
18
|
98
|
120
|
Э70
|
690
|
14
|
59
|
-
|
Э85
|
840
|
12
|
49
|
-
|
Э100
|
980
|
10
|
49
|
-
|
Э125
|
1225
|
8
|
39
|
-
|
Э150
|
1470
|
6
|
39
|
-
|
Do'stlaringiz bilan baham: |