5.1-rasm. Ta’minlash manbayining tez pasayib boradigan (1), o‘rtacha pasayadigan (2) va qattiq 0 (3) tavsifi birgalikda turli uzunlikdagi pay- vandlash yoyining volt-amper tavsifi bilan (4,5,6) birga.
Yoyning turg‘un yonishi, demak, payvand chokning sifatli shakllanishi bir qator shartlarni bajarishga bog‘liq. Ulardan biri
– ta’minlash manbayining kuchlanishi va tok yoyning kuchlani shi va tokiga tengligidir. Bunga manbaning VAT va yoyning VAT biror nuqtada kesishganda erishish mumkin. Masalan, agar man baning VAT–1 dastaki yoy bilan payvandlashga tegishli bo‘lgan 4,5 va 6 VAT bilan kesishsa yoy turg‘un bo‘ladi, bu esa faqat manba tez pasayib boradigan VAT ga ega bo‘lganda mumkin. Yoy bilan dastakni payvandlash jarayonida ko‘pincha yoy uzun ligi anchagina o‘zgarib turadi demak, kuchlanish pasayishi ham mumkin. Bunday o‘zgarishlarda VAT larning kesishgan nuqtasi masalan, A2 nuqtasidan A3 nuqtasiga siljiydi. Bu tok kuchini DI ga o‘zgarishiga olib keladi, u manbaning VAT qancha tez pasaya digan bo‘lsa shuncha kichkina bo‘ladi. Demak, dastaki payvand lash uchun tez pasayib boradigan tavsifli manba yaxshiroqdir.
Sekin pasayib boradigan VAT manbalar flus bilan avtomatik payvandlash uchun; qattiq VATli manbalar himoyalovchi gazlarda suyuqlanadigan elektrod bilan yarimavtomatik va avtomatik pay vandlashda qo‘llanadi. Bunda VAT lardan foydalanish tez pasayib boradigan VAT ga qaraganda payvandlash transformatorlaridagi nobudlik quvvatini kamaytiradi va yoyni suyuqlangan elektrodda yongandagi o‘z-o‘zidan rostlanish effektini kattalashtiradi. Bu ef fektning mohiyatini ko‘rib chiqamiz: masalan, yoy uzunligi kat talashganda, elektrod metalining suyuqlanish tezligi kamayadi. Simni yuborib turish tezligi o‘zgarmas bo‘lganda, agar suyuqla- nish tezligi kichkina bo‘lsa, uning uchi buyumga yaqinlasha di. Yoy uzunligi kamayadi, tok kuchi va simning suyuqlanishi oshadi. Jarayon tok kuchi va yoy uzunligining oldingi qiymati tiklanguncha davom etadi. Yoy uzunligi tebranishi bilan bu effekt kuchliroq namoyon bo‘ladi, bu sekin pasayadigan va qattiq VAT li manbalarda kuzatiladi.
Manbaning yana bir muhim tavsifi tokni Imin dan Imax ga cha rostlash diapazoni, bu payvandlanayotgan metalning qalin ligi va elektrod diametri o‘zgarganda kerak bo‘ladi. Bu diapazon Kr = Imax/Imin nisbati bilan xarakterlanadi va rostlash karraligi deyiladi. Hozirgi zamon manbalari Kr = 3...6 ga ega. Eriydigan elektrod bilan payvandlashda yoyning yonish jarayoni juda qisqa vaqt (sekund ulushlarida) elektrodni buyum bilan qisqa tutashi- shidan boshlanadi. Ta’minlash manbalari yoyning ishchi toki kuchidan 1,5...2 marta katta bo‘lgan qisqa tutashish toki Ikt qiy- Imatini ta’minlashi lozim.
Har qanday manbalarning ishini uchta asosiy holat xarak terlaydi: salt yurish rejimi (payvandlash zanjiri ulanmagan, yoy yonmagan) qisqa tutashish rejimi (payvandlash zanjiridan qisqa tutashish toki Ikt o‘tadi) va yuklamali rejim (berilgan ishchi tokda yoy yonadi).
VAT da bu holat to‘g‘ri keladigan ma’lum nuqtalar bor.
Payvandlash ishlari bajarilayotganda manba yoqi tu vaqti ichida ishchi holatda, yoki s vaqt ichida salt yurish rejimida bo‘ladi. Ik kala holat galma-galdan takrorlanadi. Shuning uchun ta’minlash manbayi (davriy) qaytalama-qisqa vaqt rejimda ishlaydi deyish qabul qilingan, bu rejim ulanishining davom etishi (UDE) bilan xarakterlanadi:
UDE
ti
ti tn
100%;
ÃÎCÒ 18311–72 ga binoan manbalarning ishlash sharoitiga qarab UDE=5%; 10%; 15%; 30%; 65%; 100% qiymatlarini ko‘zda tutadi, buni hisobga olgan holda har bir tok manbayining turi ga qarab nominal tok Iuz ni hisoblaydilar, bu tokda manba qizib ketmaydi:
Inom Iuz ;
Bu yerda: Iuz – UDE 100% bo‘lganda uzoq muddat yo‘l qo‘yi- ladigan tok. Ta’minlash manbalari turli quvvatlarda 40 dan 5000 A nominal toklarga mo‘ljallab ishlab chiqariladi, konkret qiymat lari shu chegaralarda ÃÎCÒ tomonidan belgilangan.
UDE va nominal tok qiymatlari – ta’minlash manbayining parametrlaridir. Bular qatorida manbaning payvandlashda imko ni va qo‘llanish sohasi, payvandlash tokini rostlash diapazoni, tarmoq kuchlanishi va f.i.k. bilan xarakterlanadi.
Payvandlash zanjirining tok turiga qarab ta’minlash manbalari quyidagicha farqlanadi:
o‘zgaruvchan tok manbalari:
bir va uch fazali payvandlash transformatorlari;
alumin qotishmalarini payvandlash uchun maxsus qurilma lar;
o‘zgarmas tok manbalari:
turli yuritmali generatorlar.
Postlar soni bo‘yicha ta’minlash manbalari quyidagicha bo‘ladi:
Qo‘llanish bo‘yicha ta’minlash manbalari quyidagicha bo‘ladi:
umumsanoat ta’minlash manbalari;
maxsus ta’minlash manbalari.
Umumsanoat manbalariga yoy vositasida qoplangan elek trodlar bilan dastaki payvandlash uchun ta’minlash manbalari, shuningdek, mexanizatsiyalashgan flus ostida payvandlash uchun manbalar kiradi.
Ta’minlash manbalarining belgilarida (5.2-rasm) birinchi harf ularning turini ko‘rsatadi: T – transformator, Ó – to‘g‘rilagich, Ã – generator, Ï – o‘zgartirgich, Ó – qurilma. Ikkinchi harflar
payvandlash turi: Ä – yoy bilan, Ï – plazma bilan. Uchinchi harflar – payvandlash usuli Ô – flus ostida, Ã – himoyalovchi gazlarda, Ó – universal manba, yoki qo‘shimcha ma’lumotlar belgisi: M – ko‘p postli, È – impulsli payvandlash. Uchinchi harf bo‘lmasa – dastaki payvandlash bo‘ladi. Harflardan keyin gi birinchi son – nominal payvandlash toki yuzlab amperlarda, undan keyingi ikki sonlar – buyumning ro‘yxatga olingan no meri. Undan keyingi harf va sonlar – iqlim ko‘rsatkichlari – Ó
mo‘tadil, T – tropik, M – dengiz iqlimiga.
A B D OO OO E O
Joylashish kategoriyasi ГОСТ15150-69 bo‘yicha
Iqlimiy bajarilishi ГОСТ 15150-69 bo‘yicha
Ishlov berishning qayd qilish raqami O yoki OO buyumning asosiy parametri
Payvandlash usulini belgilaydigan harf Payvandlash turini belgilaydigan harf
Buyumning nomini belgilaydigan harf
Do'stlaringiz bilan baham: |