5.11-rasm. ÂÄ rusumli payvandlash to‘g‘rilagichining prinsipial sxemasi:a – qo‘shish sxemasi, b – tashqi zanjirning uch fazali toki, d, e – uchta fazaning to‘g‘rilangan toklari
5.12-rasm. ÂÄ rusumli payvandlash o‘g‘rilagichi:
1 – to‘g‘rilagich bloki; 2 – dastaklar; 3 – saqlagichlar; 4 – apparatura bloki; 5 – ventilator; 6 – rele; 7 – kuch transformatori; 8 – ikkilamchi o‘ram; 9 – birlamchi o‘ram; 10 – ampermetr; 11 – lampa; 12 – uzgich; 13 – skobalar; 14 – tokni rostlash dastagi; 15 – tok diapazonlarini o‘zgartirgich; 16 – teskari provodni yerga yo‘naltirish shinalari; 17 – tok ajratmalari; 18 – yerga o‘tkazish bolti; 19 – tarmoqqa ulash uchun shtepselli ajratma.
Bunday to‘g‘rilagichning asosiy elementlari – uch fazali pay vandlash transformatorlari T1 va to‘g‘rilagichlar bloki V1...V6. Pay vandlash transformatorlarining magnit o‘tkazgichida birlamchi W1 va ikkilamchi W2 chulg‘amlar bir-biridan bir qancha masofada joylashgan bo‘ladi, bu esa pasayuvchi VATni hosil qilish uchun zarur bo‘lgan Fs sochilma oqim paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Bu to‘g‘rilagichlar bloki ko‘prik sxemasida yig‘ilgan bo‘lib, to‘g‘ri langan tokning biroz sezilarli pulslanishi amplitudasini va pay vandlanadigan metalga kiritiladigan issiqlik energiyasining yuqori darajada barqarorligini ta’minlaydi. Salt yurish rejimida payvand lash zanjiri ochiq, Usyu 65...70 V. Yuklama rejimida, yoy yonganda va chok shakllanishi davomida lozim bo‘lgan tok kuchi trans formator magnit o‘zagida ikkilamchi chulg‘amni o‘zak bo‘ylab surilishi hisobiga tekis rostlanadi, buning uchun dastaki to‘g‘ri lagichning jildiga chiqarilgan mexanizm bor.
Qisqa tutashish rejimida qisqa tutashish toki Iqt = (1,1...1,3)Iyo, bu yoyni uyg‘onishi uchun yetarli. ÂÄ to‘g‘rilagichlari yaxshi
texnik ko‘rsatkichlarga ega (5.2-jadvalga qarang).
jadval
Eriydigan elektrod bilan yoy dastaki payvandlash uchun to‘g‘ri- lagichlarning texnik tavsifi -
To‘g‘rilag ichning turi
|
Kuchlanishi, V
|
Payvandlash tok kuchi, A
|
UDE,
%
|
Talab qiladigan quvvati, kV.A
|
U1
|
Us.y.u
|
Inom
|
Rostlash diapazoni
|
ÂДÂД–101
|
380
|
65...68
|
125
|
20...130
|
60
|
10
|
ÂД–201
|
380
|
70
|
200
|
30...200
|
60
|
15
|
ÂД–306
|
220;380
|
70
|
315
|
45...315
|
60
|
21
|
ÂД–401
|
380
|
80
|
400
|
50...450
|
60
|
28
|
Himoyalovchi gazlarda suyuqlanadigan elektrod bilan pay vandlash jarayoni, odatda, katta pa yvandlash tokida olib boriladi (300A dan katta). Bu holda payvandlash yoyining VATi, ayniqsa, SO2 gazda payvandlashda, o‘sib boradigan bo‘lib qoladi. Demak, yoyni turg‘un yonishi uchun ta’minlovchi manba qattiq VAT ga ega bo‘lishi lozim. ÂÄÃ to‘g‘rilagichi (5.3-jadval) shunday tavsifga ega. Ular yoy bilan dastaki payvandlash uchun to‘g‘rilagichdagi kabi asosiy konstruktiv elementlarga ega. Bular uch fazali transformator va to‘g‘rilagichlar blokidir. Payvandlash tokini boshqarish uchun
to‘yinuvchi drossel qo‘llangan. Metalning sachrashlarini kamayti rish uchun payvandlash zanjiriga qo‘shimcha drossel ulangan, bu drossel induktivlikni pog‘onali o‘zgartirish uchun qayta ulagichga ega. Bu payvandlash rejimini tanlash imkoniyatlarini kengaytiradi.
jadval
Eriydigan elektrod bilan himoya gazlarda payvandlash uchun to‘g‘rilagichlarning texnik tavsifi
To‘g‘rila- gichning turi
|
Kuchlanishi, V
|
Payvandlash tok kuchi, A
|
UDE,
%
|
Talab qiladi- gan quvvati, kV.A
|
FIK
|
U1
|
Us.yu
|
ishchi
|
Inom
|
rostlash diapazoni
|
ÂДГ–302
|
220; 380
|
42
|
16...40
|
315
|
50...315
|
60
|
20
|
75
|
ÂДГ–601
|
220; 380
|
66
|
18...36
|
630
|
100...700
|
60
|
69
|
82
|
ÂДУ–305
|
220; 380
|
70
|
16...38
21...33*
|
315
|
50...315
20...315*
|
60
|
29
|
70
|
ÂДУ–504
|
220; 380
|
80
|
18...50
23..46*
|
500
|
100...500
70...500*
|
60
|
40
|
82
|
ÂДУ– 1601
|
380
|
100
|
26...66
30...60*
|
1600
|
500...1600
|
100
|
155
|
84
|
* Pasayuvchi tashqi VAT uchun
|
ÂÄÃ to‘g‘rilagichlaridan tashqari himoyalovchi gazda suyuqla nadigan elektrod bilan payvandlash uchun ÂÄÓ universal man balaridan foydalanish mumkin (5.3-jadvalga qarang). Ularning sxemalari pasayib boradigan VAT ni qattiq tavsifga o‘zgartirib ulashni ko‘zda tutadi.
Payvandlash to‘g‘rilagichini talab etilgan ish rejimiga rostlash.
Payvandlash to‘g‘rilagichini ish rejimiga rostlashda quyi- dagilarni bajarish lozim:
to‘g‘rilagichni talab etilgan tarmoq kuchlanishga ulash; payvandlash to‘g‘rilagichini qo‘shish;
to‘g‘rilagich salt yurish rejimida ishlaganda talab etilgan pay vandlash toki bosqichini rostlab olish zarur;
payvandlash tokini yoki yoy kuchlanishini salt yurish rejimi da ishlashi uchun yoki to‘g‘rilagich kuchlanishda ishlashi uchun rostlash dastagi yordamida rostlab olish zarur;
payvandlash avtomati yoki yarim avtomatining elektrod si mining uzatish tezligini boshqaruv dastagi yordamida rostlab olish zarur.
Payvandlash o‘zgartirgichlari va agregatlari
O‘zgarmas tokning payvandlash generatorlari elektr mashi nalarning maxsus xillari bo‘lib, ular qattiq, tez pasayadigan va sekin pasayadigan tashqi VAT li qilib chiqariladi. Payvandlash generatorining valini aylantiruvchi yuritma sifatida yoki qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron elektr yuritgich yoki ichki yonuv yuritgichdan foydalanadilar (5.13-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |