Uo‘K: 62(075) kbk



Download 8,16 Mb.
bet35/146
Sana22.07.2022
Hajmi8,16 Mb.
#839054
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146
Bog'liq
qolda yoyli payvandlash jihozlari

4.3-rasm. Elastiklikni xarakterlovchi deformatsiya (yuklama olingan- dan so‘ng namuna o‘zining dastlabki vaziyatiga qaytadi).
Plastiklik – metall yoki qotishmaning tashqi yuklama ta’siri­ da buzilmasdan o‘z shaklini o‘zgartirib va yuklama olingandan so‘ng o‘zgargan shaklini saqlab qolish xususiyati.
Zarbiy qovushqoqlik – metall yoki qotishmaning zarbiy yuk­ lamaga qarshilik ko‘rsata olish xususiyati.
Yoyiluvchanlik – metall yoki qotishmaning doimiy yuklama ta’sirida, ayniqsa, yuqori haroratlarda asta va uzluksiz plastik deformatsiyalanish xossasi.
Toliqish – metall yoki qotishmaning takroriy-o‘zgaruvchan yuklamaning ko‘p martalab ta’sir qilishi natijasida tobora buzila borishi; bu yuklamalarga chiday olish qobiliyati chidamlilik deb ataladi.
Metall va qotishmalar namunalarini cho‘zishga sinash. Namu­ nalarni cho‘zilishga sinashda mustahkamlik chegarasi (vaqtincha qarshilik) m, oquvchanlik (fizikaviy) chegarasi oq,
oquvchanlik (texnikaviy) shartli chegarasi 0,2, proporsionallik

chegarasi pts, nisbiy uzayish va siqilish aniqlanadi.


4.4-rasm. Chozilish diagrammasi ( uzayishning P yuklamaga bog‘liqligi).

4.4-rasmda ko‘rsatilgan diagrammani qarab chiqamiz. Bu dia­ grammada vertikal o‘q bo‘ylab kilogramm hisobidagi P yuklama (o‘q bo‘ylab nuqta qancha yuqori bo‘lsa, yuklama shuncha katta), gorizontal o‘q bo‘ylab namunaning absolut uzayishi �qo‘yilgan. Bunday diagrammalar namunalarni maxsus sinovchi-uzuvchi mashinalarda cho‘zish natijalari asosida chiziladi. Olingan egri chiziq namunaning cho‘zilishga mustahkamligi haqida fikrlashga imkon beradi.


Boshlang‘ich to‘g‘ri chiziqli uchastka O–Ppts namunaning elastikligini, materialning cho‘zilishga mustahkamligi haqida fikrlashga imkon beradi.
Egri chiziqning keskin burilish nuqtasi Poq oquvchanlikning yuqori chegarasidagi yuklama kattaligi. O­ gorizontal o‘qqa parallel Poq­Poq hudud (oquvchanlik maydonchasi) chegarasida namuna doimiy tashqi kuchlanish ta’sirida uzayadi.
PK nuqta eng katta cho‘zuvchi kuchni namuna materialining mustahkamlik chegarasi hisoblanadigan mustahkamlik chegara­ sidagi yuklamani ifodalaydi.
Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi (vaqtincha qarshilik) – namunaning buzilish (uzilish) oldidagi eng katta yuklamaga mos bo‘lgan kuchlanish

m
  Pm , MPa
F0

m
bu yerda: F0– namunaning sinash oldidagi ko‘ndalang kesim yuzi, mm2; P – eng katta cho‘zuvchi kuch, N.
Oquvchanlik (fizikaviy) chegarasi – sinalayotgan namunaning yuklama ortmagan holda deformatsiyalanadigan (yuklama ort­ maydi, namuna esa cho‘zilaveradi) eng kichik kuchlanish.
  Poq , MPa

F
oq
0
bu yerda: Poq – maydonchasida namunaning cho‘zilishini vujudga keltiruvchi cho‘zilish yuklamasi, N.
Oquvchanlikning sharti (texnikaviy) chegarasi 0,2 – namunaning qoldiq deformatsiyasi 0,2% ni tashkil qiladigan kuchlanish
P'

0.2
oq , MPa F0

bu yerda: P’oq– oquvchanlik maydonchasi boshlanishidagi cho‘zish yuklamasi.
Proporsionallik chegarasi pts – kuchlanishlar va deformatsiyalar orasidagi chiziqli munosabatning buzilish paytida to‘g‘ri kelgan texnikaviy shart bilan belgilangan shartli kuchlanishi
  Ppts , MPa

F
pts
0

bu yerda: Ppts – elastiklik chegarasi oxiridagi yuklama, N.
Nisbiy uzayish va nisbiy siqilish quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:

  l 100%;
  F
F 100%,

l0
Bu yerda: l = l –l
0

F


  • namunaning uzalishdagi absolut cho‘zi-

1 0
lishi;
l1 – namunaning uzilish paytidagi uzunligi;
l0 – namunaning dastlabki uzunligi;
F0 – namuna ko‘ndalang kesimining dastlabki yuzi;
F – namunaning uzilgandan keyingi yuzi.


    1. Kuchlanish va deformatsiyalarning paydo bo‘lish sabablari

Payvand konstruksiyalaridagi deformatsiyalar turli sabablarga ko‘ra vujudga keladigan ichki kuchlanishlarning natijasidir.
Kuchlanish va deformatsiyalarning vujudga keltiruvchi aso- siy sabablarsiz ishlov berish jarayonini amalga oshirish mumkin emas. Payvandlashda bunday sabablarga choklarning notekis qi­ zish, ularning issiqdan cho‘kish; chok metali va chok oldi zonasi metalining strukturaviy o‘zgarishlari va hokazolar kiradi.
Kuchlanish va deformatsiyalarning vujudga kelishiga yor­ dam beruvchi qo‘shimcha sabablar shunday sabablarki, bularsiz ham payvandlash jarayoni amalga oshishi mumkin. Bunday sa­ bablarga payvand qismlari konstruksiyalarini noto‘g‘ri tanlash (choklarning yaqin joylashishi, ularning ko‘plab kesishishi, birik­ tirish usulini noto‘g‘ri tanlash va shunga o‘xshashlar), eskirgan payvandlash texnikasi va texnologiyasidan foydalanish (qatlam­ lar tushirish usullari va elektrod diametri noto‘g‘ri tanlangan, payvandlash rejimlari noto‘g‘ri tanlangan va shunga o‘xshash), payvandchi malakasining past ekanligi, payvand choklarining ge­ ometrik o‘lchamlarining buzilishi va hokazolar kiradi.
Chok metalining issiqlikdan cho‘kishiga sabab shuki, kristalla- nishda chok metali hajmi kichrayadi, lekin chok ayni vaqtda nis­ batan sovuq bo‘lgan asosiy metall bilan qattiq bog‘langani uchun, uning cho‘kish ichki kuchlanishlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Mahkamlangan (erkin) namunaning issiqlikdan cho‘kishi uning qisqarishiga olib keladi. Agar payvandlanadigan detallar mahkam biriktirilganda yoki notekis (bir xil bo‘lmagan) qizish natijasi­ da issiqlikdan cho‘ksa, konstruksiyada sovigandan so‘ng uning deformatsiyalanishiga sabab bo‘ladigan ichki kuchlanishlar yu­ zaga keladi. Haroratning pasayishida qattiq mahkamlangan de­ talda uni uzishga harakat qiladigan cho‘zuvchi kuchlar paydo bo‘ladi.

Download 8,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish