Uo‘K: 53(072) kbk


Kontakt tarmog‘iga texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) –



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

6.88. Kontakt tarmog‘iga texnik xizmat ko‘rsatish (TXK) – 
Техническое обслуживание контактной сети
-
Maintenance of the 
contact network -
kontakt tarmog‘i normal ishlash holatini ta’minlash uchun 
olib boriladigan nazorat va rostlash ishlari majmuasi bo‘lib, u kontakt 
tarmog‘i tuzilishi va uni ekspluatatsiya qilish qoidalarida belgilangan hajm va 
muddatlarda elektr ta’minoti distansiyasi va kontakt tarmog‘i hududlari 
xodimlari hamda yo‘l elektrotexnik laboratoriyalarining maxsus guruhlari
tomonidan amalga oshiriladi. Aniqlangan va kontakt tarmog‘i ishonchli 
ishlashiga salbiy ta’sir qiladigan nosozliklar TXK paytida bevosita 
o‘tkazilgan ko‘rikdan so‘ng bartaraf etiladi. Qolgan ishlar kontakt tarmog‘ini 
kundalik va kapital(asosiy) ta’mirlash davrida bajariladi. TXK o‘z ichiga 
kontakt tarmog‘ining barcha elementlarini (bevosita ko‘z bilan va binokl 
yordamida) ko‘rikdan o‘tkazish; yilda bir marta elektr ta’minoti distansiyasi 
rahbariyati va kontakt tarmog‘i hududlari boshliqlari, har oyda kontakt 
tarmog‘i hududlari rahbariyati tomonidan o‘tkaziladi. Yilda bir marta elektr 
ta’minoti boshqarmasi injener-texnik xodimlari elektr ta’minoti distansiyasi 
rahbariyati bilan birga, har oyda kontakt tarmog‘i hududlari rahbariyati 
yondosh yo‘lda harakatlanayotgan lokomotiv yoki elektrlashgan t.y. yonidagi 
yo‘lda haarakatlanayotgan avtomashina kuzovida turib kontakt tarmog‘ini 
ko‘rikdan o‘tkazadi. Har kvartalda asosiy yo‘llar vagon-laboratoriya 
yordamida kontakt tarmog‘i sinovdan o‘tkaziladi, bunda kontakt tarmog‘i 
holati uning rejasida yozib boriladi, tok qabul qilgichni kontakt simidan 
qoniqarsiz ravishda (zabba bilan yoki simga tegib-tegmay) sirpanib o‘tadigan 
joylari qayd etib boriladi. TXK da kontakt tarmog‘i holatini baholash uchun 
ball tizimi ishlab chiqilgan (
Kontakt tarmog‘ini ball tizimida baholash
ga 
qarang!), unda parametrlarni ularning normal qiymatlaridan og‘ishi, 
fiksatorlarni rostlashdagi buzilishlar, singan izolyatorlar, xizmat ko‘rsatuvchi 
xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan shikastlanish va brak(yaroqsiz holatga 
kelish)lar hisobga olinadi. Ball tizimida har bir buzilish uchun jarima ballari 


299
ko‘zda tutilgan. Elektr ta’minoti distansiyasi, hududi va elektrlashgan t.y. 
uchun TXK natijasida baholash umumiy jarima ballarini elektrlashgan t.y. 
uzunligiga(km larda) bo‘lib aniqlanadi. Har yili kuzda vagon-laboratoriya 
yordamida kontakt tarmog‘ini tok qabul qilgich bilan o‘zaro ta’siri 
tekshiriladi. Ikkinchi darajali yo‘llardagi kontakt simining holati har yili 
vagon-laboratoriyadagi yoki avtomotrisada o‘rnatilgan asboblar yordamida 
yoki izolyatsiyalangan yig‘ma minorada turib o‘lchanadi. Kontakt simining 
yeyilishi mikrometr yoki maxsus asboblar yordamida tok turi va mahalliy 
yeyilish qiymatiga qarab belgilanadigan muddatlarda o‘lchanadi. Kontakt 
simi 
yeyilishini 
avtomatik 
nazorat 
qiluvchi 
qurilmalar 
mavjud. 
Izolyatorlardagi nuqson(defekt)larni aniqlash uchun ular maxsus shtangalar 
yordamida 3 yilda bir marta tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tayanchlar 
o‘lcham(gabarit)lari 6 yilda bir marta va yo‘l rixtovka qilingandan keyin 
o‘lchanadi. Kompensatsiyalanmagan troslar tarangligi foydalanishning 
ikkinchi yilida o‘lchanadi. Seksion ajratgichlar masofaviy(distansion) 
yuritmalari har kvartalda ko‘zdan kechiriladi. Elektr ta’minoti distansiyasi 
xodimlari havo liniyalarining kontakt tarmog‘idan o‘tish joylarini va ayrim 
elektr harakat tarkiblari tok qabul qilgichlarini ko‘zdan kechiradi. Har 
kvartalda almashlab uzgichlar, nazorat va boshqaruv bloklari ish holati 
tekshiriladi, bir yilda ikki marta signalizatsiya va almashlab uzgichlar 
zanjirlari tekshiriladi hamda almashlab uzgichlar motorlari iste’mol 
qilayotgan tok o‘lchanadi. Kontakt tarmog‘i elementlarining xizmat qilish 
muddatini uzaytirish va ishlash ishonchliligini oshirishga qaratilgan chora-
tadbirlar joriy etilishi bilan birga kontakt tarmog‘iga TXK xarajarlarini 
kamaytirish maqsadida uning o‘tkazish muddatlari qayta ko‘rib 
boriladi.Noqulay klimatik sharoitlar davrida va maxsus ko‘rsatmalar asosida 
navbatdan tashqari TXKlar amalga oshiriladi. Ko‘rik natijalari ular asosida 
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqiladigan chora-
tadbirlar bilan birga akt rasmiylashtiriladi va ko‘rik va nosozliklar kitobida 
qayd etiladi hamda ular bartaraf etilgan sanasi va amalga oshirilgan chora-
tadbirlar yoziladi.

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish