Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

 
 
 
 
 
 


244
6-BOB. KONTAKT TARMOG

I
6.1. Anker 
(kontakt tarmog‘i)
- Анкер 
(контактной сети)

Anchor
(contact network)
- yerda joylashtirilgan (qotirilgan) konstruksiya 
bo‘lib, u anker tayanchi yuklamasining bir qismini o‘ziga qabul qiladi.
6.2. Anker uchastkalarni o‘zaro tutashtirish (A.u.t.) – Сопряжение 
анкерных участков - 
Coupling of anchor sections -elektrovoz tok qabul 
qilgichini kontakt osmasining bir anker uchastkasidan unga yondosh bo‘lgan 
ikkinchi anker uchastkasiga to‘siqsiz o‘tishini ta’minlash maqsadida ularni
o‘zaro tutashtirilishi bo‘lib, u 
izolyatsiyalamaydigan
(seksiyalanmagan 
kontakt tarmog‘ida) va 
izolatsiyalaydigan
(seksiyalangan kontakt tarmog‘ida) 
turlarga bo‘linadi (6.1-rasm).
6.1-rasm. Anker uchastkalarni o‘zaro tutashtirish sxemalari:
a
– 
izolyatsiyalamaydigan; 
b
– izolatsiyalaydigan va neytral qo‘yilmasiz; 
c
- elektr tortish 
uchun izolatsiyalaydigan va neytral qo‘yilmali; 
𝑙

– oddiy tayanchlararo oraliq uzunligi; 1 
– t.y. o‘qi; 2 – anket tayanchlari; 3 – bo‘ylama elektr ulagichlar; 4 – o‘tish tayanchlari; 5 
– izolyatorlar; 6 – neytral qo‘yilma; 7 – normal uzilgan, dastak yuritmali seksion 
ajratgichlar; 8 – “Tokni uzish kerak” signal belgisi; 9 - “Tokni ulash kerak” signal 
belgisi. 
Izolyatsiyalamaydigan tutashma - 
kontakt tarmog‘ining bitta seksiyasiga 
tegishli bo‘lgan yondosh anker uchastkalarni ularni bir-biridan elektr jihatdan 
ulanishini ko‘zda tutadigan tutashtirish bo‘lib, u kontakt osmasi simlariga 
kompensatorlar ulash talab etiladigan barcha holatlarda amalga oshiriladi 


245
(
Simlar tarangligini kompensatsiyalash
ga qarang!). Bunda anker 
uchastkalarning mexanik jihatdan o‘zaro bog‘liqsizligi ta’minlanadi. Bunday 
A.u.t. uchta, ayrim hollarda ikkita tayanchlararo oraliqlarda montaj qilinadi. 
Ikkita oraliqli (oddiy) A.u.t. da turli anker uchastkalar simlarining o‘zaro 
keshishgan joyi “qattiq” nuqtani hosil qiladi, bu esa kontakt tarmog‘idan tok 
olish jarayonini yomonlashishiga olib keladi. A.u.t. ning uch oraliqli 
ko‘rinishi eng keng tarqalgan bo‘lsa-da (u elastikli deb ham ataladi)
(6.1-rasm, 
a
), Germaniyaning yuqori tezlikli t.y. liniyalarida besh oraliqli
tutashmalar ham qo‘llaniladi. Elektr harakat tarkibi(EHT) A.u.t. bo‘ylab 
harakatlanganda tok qabul qilgich polozi avval bitta anker uchastka kontakt 
simi bo‘ylab sirpanadi, keyin o‘tish tayanchlari oralig‘ida ikkala anker 
uchastkalari kontakt simlariga tekkan holatda sirpanadi, so‘ngra esa faqat 
keyingi anker uchastka kontakt simi bo‘ylab sirpanadi. Bunday A.u.t. larda 
kesimining yuzasi kontakt tarmog‘i simlarining umumiy yuzasiga ekvivalent 
bo‘lgan bo‘ylama elektr ulagichlar qo‘llaniladi.
Izolatsiyalaydigan tutashma
– kontakt tarmog‘ining turli seksiyalariga 
tegishli bo‘lgan yondosh anker uchastkalarni ularni bir-biridan elektr jihatdan 
ajratish maqsadida tutashtirish bo‘lib, u kontakt tarmog‘ini seksiyalash 
zarurati bo‘lganda, ya’ni tutashtirilayotgan uchastkalarning nafaqat mexanik 
jihatdan, balki elektr jihatdan ham o‘zaro bog‘liqsizligi talab etilganda 
amalga oshiriladi. Bunday tutashtirishlar neytral qo‘yilmalar bilan birga (ular 
normal holatda kuchlanish ostida bo‘lmaydi) va neytral qo‘yilmalarsiz
amalga oshiriladi. So‘nggi holatda, odatda, uch (ayrim holatlarda to‘rt) 
oraliqli tutashmalar qo‘llaniladi, bunda tutashtirilayotgan uchastkalar kontakt 
simlari o‘rtadagi oraliqda bir-biridan 550 mm masofada joylashtiriladi
(6.1-rasm, 
b
). Natijada havo oralig‘i hosil qilinadi, ushbu oraliq o‘tish 
tayanchlaridagi kontakt osmalariga ulangan izolyatorlar bilan birgalikda 
anker uchastkalarning elektr jihatdan o‘zaro bog‘liqsizligini ta’minlaydi.
Tok qabul qilgich polozini bir anker uchastka kontakt simidan keyingi anker 
uchastka kontakt simiga o‘tish jarayoni xuddi izolyatsiyalamaydigan 
tutashmalardagidek bo‘ladi. Ammo tok qabul qilgich polozi o‘rtadagi 
oraliqda bo‘lganda anker uchastkalarning elektr jihatdan o‘zaro bog‘liqsizligi 
buziladi. 
Bunday 
buzilishlar 
mumkin 
bo‘lmagan 
holatlarda 
(tutashtirilayotgan uchastkalar energetik tizimning turli fazalaridan 
ta’minlanayotganda yoki ular turli, masalan 25 kV li va 2x25 kV li tortish 


246
elektr ta’minoti tizimlariga tegishli bo‘lganda) neytral qo‘yilmalar 
qo‘llaniladi.
Izolatsiyalaydigan va neytral qo‘yilmali A.u.t.
da (6.1-rasm, 
c
) tok qabul 
qilgich polozi bir anker uchastka kontakt simidan keyingi anker uchastka 
kontakt simiga o‘tishdan avval neytral qo‘yilma kontakt simiga, so‘ngra esa 
keyingi anker uchastka kontakt simiga o‘tadi. Neytral qo‘yilma uzunligi 
shunday tanlanadiki, bitta poyezd bir nechta tok qabul qilgichi ko‘tarilganda 
ham bir vaqtning o‘zida ikkala havo oralig‘i yopilmasin, aks holda turli 
fazalardan yoki turli, masalan 25 kV li va 2x25 kV li tortish elektr ta’minoti 
tizimlaridan ta’minlanayotgan simlar o‘zaro ulanib qoladi. Izolatsiyalaydigan 
va neytral qo‘yilmali A.u.t. elektrovoz tortishda 5 – 6, motorvagon tortishda 
esa 7 – 8 tayanchlararo oraliq uzunligida joylashadi.
Izolatsiyalaydigan va neytral qo‘yilmali A.u.t. da kontakt simi kuyishini 
oldini olish maqsadida EHT neytral qo‘yilma ostidan tok iste’molisiz o‘tadi, 
buning uchun neytral qo‘yilma boshlanishigacha 50 m qolgan joyda “Tokni 
uzish kerak” signal belgisi, elektrovoz tortishda undan 50 m dan, motorvagon 
tortishda esa 200 m dan keyin “Tokni ulash kerak” signal belgisi qo‘yiladi. 
Neytral qo‘yilma ostida majburiy to‘xtab qolgan EHT ni harakatga keltirish 
uchun poyezd harakatlanayotgan yo‘nalishda qo‘yilmadan keyingi tomondan 
ushbu maqsad uchun mo‘ljallangan seksion ajratgich ulab vaqtincha 
kuchlanish beriladi.
Ayrim paytlarda izolatsiyalaydigan A.u.t.siz neytral qo‘yilmalar 
ishlatiladi. Bunda kontakt osmasida o‘zaro ketma-ket ikkita seksion izolyator 
ulanadi (Bolgariya) yoki kontakt simiga kesma ko‘rinishida polimer 
elementlar ulanadi va ulardan tok qabul qilgich polozi sirpanib 
o‘tadi(Yaponiya).

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish