Uo‘K: 53(072) kbk



Download 4,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/288
Sana15.11.2022
Hajmi4,05 Mb.
#866013
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   288
Bog'liq
e1ec71dde00394f7be513a1c627bc7af Temir yo‘llar elektr ta’minoti Т 2017

5.109. Tortish elektr ta’minoti 
(T.e.t.) 
– Система тягового 
электроснабжения железных дорог -Railway power supply system

elektr stansiyalar generatorlaridan boshlab to tortish tarmog‘idagi qurilmalar 
majmuasi. Elektrlashgan temir yo‘l elektr ta’minoti tizimi quyidagi ikkita 
qismdan iborat: 1. 
Elektr ta’minoti tizimining tashqi(birlamchi) qismi.
Bu 
qismga 
elektr 
energiyasini 
ishlab 
chiqaruvchi 
elektr 
stansiyalari, 
transformator nimstansiyalari, elektr energiyasini tortuvchi nimstansiyalarga 
uzatuvchi liniyalar kiradi (tortuvchi nimstansiyalar bu qismga kirmaydi). 2. 
Elektr ta’minoti tizimining tortuvchi(ikkilamchi) qismi.
Bu qism tortuvchi 
nimstansiyalar va tortish tarmog‘ini o‘z ichiga oladi. Tortish tarmog‘i o‘z 
navbatida kontakt tarmog‘i, relslar, ta’minlovchi va so‘ruvchi(qaytuvchi) 
liniya(fider)lar hamda kontakt osmasiga liniya bo‘ylab bevosita yoki 
avtotransformator orqali ulanadigan simlar va qurilmalardan tashkil topgan 
bo‘ladi. Tortuvchi nimstansiyaning tuzilishi tortish elektr ta’minoti tizimining 
turiga bog‘liq. 
Temir yo‘lning elektrlashgan uchastkasi temir yo‘l transporti tizimi 
joylashgan hudud energetik tizimidan ta’minlanadi. Elektrlashgan temir 
yo‘llar elektr ta’minoti tizimining prinsipial sxemasi 5.35-rasmda 
keltirilgan.Tashqi elektr ta’minoti tizimi (I) elektr stansiyasi 1, transformator 
nimstansiyasi 2 va elektr uzatish liniyasi 3 larni o‘z ichiga oladi. Tortish 
elektr ta’minoti tizimi (II) tortuvchi nimstansiya 4, ta’minlovchi liniya(fider) 
5, so‘ruvchi(qaytuvchi) liniya(fider) 6, kontakt tarmog‘i 7 va relslar 9 hamda 
liniya qurilmalaridan tashkil topgan.Temir yo‘llar elektr ta’minoti 110 yoki 
220 kV kuchlanishli va chastotasi 50 Hz bo‘lgan elektr uzatish liniyalaridan 
amalga oshiriladi. 
Dunyo miqyosida elektrlashgan temir yo‘llarda quyidagi tortish elektr 
ta’minoti tizimlari qo‘llaniladi(jadval): 1,5 kV va 3 kV kuchlanishli 
o‘zgarmas tok elektr ta’minoti tizimi; 25 kV kuchlanishli va 50(60) Hz 
chastotali o‘zgaruvchan tok elektr ta’minoti tizimi; 2x25 kV kuchlanishli va 
50(60) Hz chastotali o‘zgaruvchan tok elektr ta’minoti tizimi; 
94kV kuchlanishli ikkita simli bo‘ylama liniyaga ega bo‘lgan elektr 
ta’minoti (IBL - 94 kV) tizimi; 15 kV kuchlanishli va 
3
2
16
(25) Hz chastotali 
o‘zgaruvchan tok elektr ta’minoti tizimi. 
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ temir yo‘llarida faqat 25 kV kuchlanishli 
va 50 Hz chastotali o‘zgaruvchan tok elektr ta’minoti tizimi qo‘llaniladi (5.1-
jadval).


214
5.35-rasm. Elektrlashgan temir yo‘llar elektr ta’minoti prinsipial sxemasi:
1 - 
tuman elektr stansiyasi; 2 - oshiruvchi transformator nimstansiyasi; 3 - uch fazali elektr 
uzatish liniyasi; 4 - tortuvchi nimstansiya; 5 - ta’minlovchi liniya; 6 - 
so‘ruvchi(qaytuvchi) liniya; 7 - kontakt tarmog‘i; 8 - elektr lokomotiv; 9 – rels. 
Ilmiy nuqtai nazardan T.e.t. “Elektrlashgan temir yo‘llar elektr 
ta’minoti” nomli mustaqil fan sifatida shakllandi. Bu fan quyidagilarni 
amalga oshirish uchun elektr hisob-kitoblarni bajarishni ko‘zda tutadi: 
tortuvchi nimstansiyalar soni, quvvati va joylashish o‘rnini aniqlash, kontakt 
osmasi simlari markasi va yuzasini tanlash, ularni (tortish tarmog‘i elekter 
paarametrlarini yaxshilash maqsadida) tayanchlarda ratsional ravishda 
osish; rejalashtirilgan rejim vca sharoitlarda harakatlanayotgan elektr harakat 
tarkiblari tok qabul qilgichlaridagi kuchlanish optimal rejimlarini ta’minlash; 
elektrlashgan t.y. o‘tkazish qobiliyatini baholash; tortish va tashqi elektr 
ta’minoti tarmoqlaridagi elektr energiyasi isroflarini kamaytirish va sifatini 
oshirish; T.e.t. qurilmalarini yondosh inshootlarga xavfli va xalaqit ta’sirini 
kamaytirish.


215
5.1-jadval
Tortish elektr ta’minoti tizimlari
 
EHT tok qabul 
qilgichidagi nominal 
kuchlanish, kV 
Tok chastotasi, Hz 
Qo‘llanish sohalari 
O‘zgarmas tok 
0,55 

Ko‘pchilik mamlaakatlar tramvay va 
trolleybuslari 
0,75 

Bir qancha mamlakatlar metropolitenlari, 
tramvay va trolleybuslari; Janubiy-sharqiy 
Buyuk Britaniya magistral va shaharoldi t.y. 
0,825 

Rossiya, Ukraina, Belorussiya, O‘zbekiston, 
Armeniya, Gruziya va b. mamlakatlar 
metropolitenlari 
1,2 

Koreya shaharoldi t.y. liniyalari 
1,5 

Fransiya, Niderlandiya, AQSh, Yaponiya, 
Avstraliya magistral va shaharoldi t.y.; 
Italiya, Ispaniya, Yaponiya metropolitenlari; 
Gruziyadagi Borjomi-Bakuriana t.y. liniyasi 
3,0 

Rossiya, Ukraina, Gruziya, Ozarbayjon, 
Baltika mamlakatlari, Italiya, Belgiya, 
Ispaniya, Polsha, Xitoy, JAR, AQSh va b. 
mamlakatlar magistral t.y. 
O‘zgaruvchan tok 
6,0 va 10,0 
50 
Rossiya sanoat t.y. transporti 
15,0 
16(2/3) 
Germaniya, Shveytsariya, Avstriya, 
Shvetsiya, Norvegiya magistral t.y. 
25,0 
50 yoki 60 
Ko‘pgina mamlakatlar, shu jumladan 
Rossiya, Ukraina, Belorussiya, O‘zbekiston, 
Armeniya, Gruziya, Litva, Buyuk Britaniya, 
Finlandiya, Fransiya, Daniya, Ispaniya, 
Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Turkiya, 
Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, 
Koriya, Argentina, Avtraliya, JAR, Yangi 
Zelandiya magistral t.y. 
50,0 
50 yoki 60 
AQSh, Kanada, JAR ko‘mir va foydali 
qazilmalarni tashishga mo‘ljallangan 
magistral t.y. 

Download 4,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   288




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish