4. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi. Rim imperiya-
sining to‘la ikkiga bo‘linishi asosida O‘rtayer dengizining ikki
hududini romanlashgan G‘arb va sharqning tarixiy taraqqi-
yotining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanar edi. G‘arbiy
provinsiyalarda shaharlar, tovar ishlab chiqarish, savdo-hu-
narmandchilik tushkunlikga yuz tutdi. Aholining xonavay-
ron bo‘lishi, umumiy iqtisodiy turg‘unlik kuzatildi. Markaziy
hokimiyat zaiflashib, magnatlar kuchaydi. Aholining varvar-
lashuvi, harbiy qo‘shinlar tarqab ketishi yuz berdi. Aksincha,
sharqda kuchli imperator hokimiyati mavjud bo‘lib, provin-
siyalar kamroq talandi. Shaharlar, savdo-hunarmandchilik
rivojlandi.
Qo‘zg‘olon ko‘targan vestgot federatlari Alarix boshchiligi-
da 395–396-yillar Makedoniya va Yunonistonni taladi. Ke-
lib chiqishi varvar bo‘lgan rimlik sarkarda Flaviy Stilixon
(360–408-yillar) Yunonistonning janubida Alarix qo‘shinlarini
tor-mor qildi. Sharqiy imperiya Alarix bilan shartnoma tuzdi.
Alarix 401-yilda Italiyaga yurish qildi. Stilixon vestgotlarni
2 marta tor-mor qildi va Italiyadan haydab chiqardi. Rim-
da vestgotlar ustidan g‘alaba sharafiga so‘nggi marta triumf
568
o‘tkazildi. Rimliklar baribir vestgotlarni Illiriyada yashashlar-
iga ruxsat berishga majbur bo‘ldilar. Italiya 405-yil konung
Radagays boshchiligidagi germanlar bosqiniga uchradi. Flo-
rensiya yaqinida Stilixon Radagays hujumini qaytardi. Shu
bilan birga, himoyasiz qolgan g‘arbiy provinsiyalar german
qabilalari tomonidan bosib olindi. Stilixon kuchli sarkarda
va diplomat edi. U imperiyani himoya qilishga urindi. Lekin
bu maqsadni german qabilalarini harbiy xizmatga tortish va
ularning yo‘lboshchilari bilan shartnomalar asosida amalga
oshirishga harakat qildi.
Stilixon Alarix bilan tinchlik bitimi tuzdi. Alarix bitimga ko‘ra,
Konstantinopol bilan urushda Rimga yordam berish majburi-
yatini oldi. 406-yil varvar qabilalari Reyndan o‘tib Galliyani ta-
ladilar. Alarix 408-yil Pannoniya (Vengriya) va Norikani egalladi
va keyin Italiyaga qo‘shin tortdi. Stilixonning o‘z qo‘shini uchun
pul mablag‘ini talab qilshi qondirildi. Stilixon Vizantiyaga qar-
shi urushda ittifoqchi sifatida foydalanish uchun Alarix bilan
kelishmoqchi edi. Stilixon imperiyani mustahkamlashga urindi,
395-yil oxirida imperiyaning sharqiy va g‘arbiy qismlarini bir-
lashtirib, boshqaruvni o‘z qo‘lida to‘pladi. Shu maqsadda ger-
man qabilalarini imperiya xizmatiga oldi. Stilixonning bu siyo-
satiga qarshi bo‘lgan senatorlar guruhi qarshi turdi. Ammo im-
perator Gonoriy saroyida Stilixonga qarshi guruh g‘olib chiqib,
Stilixon hokimiyatdan mahrum qilindi va o‘ldirildi. Stilixon o‘li-
mini eshitgan Alarix Rimga yurish qilib, uni qamal qildi. Ala-
rix 5 ming funt oltin, 30 ming funt kumush miqdorida tovon
olib qaytib ketdi. Shundan so‘ng Alarix Rimni yana bir necha
bor qamal qildi. 410-yil avgust oyida qullar shahar darvozasini
Alarixga ochib berdilar va varvarlar shaharni 3 kun talon-taroj
qildi. So‘ng Alarix boshchiligidagi qo‘shin janubga yurish qil-
di. Yo‘lda kasallangan Alarix 40 yoshida vafot etdi. Vestgotlar
bir necha yildan keyin (419-yil) Akvitaniyada o‘z qirolliklarini
o‘rnatdilar.
Stilixonning o‘limidan so‘ng Rimni himoya qiladigan birorta
sarkarda qolmadi. 407-yil rimliklar Britaniyadan chiqib ketish-
ga majbur bo‘ldilar. Vandal, svev va alanlar 409-yil Ispaniyaga
hujum qilib, uning alohida viloyatlarini egallab oldilar. 420-yil
vandal va alanlar Pireney yarim orolining janubida o‘rnashib,
429-yil Afrikaga o‘tib, Numidiya va unga qo‘shni hududlarning
katta qismini egalladilar hamda o‘z davlatlarini tuzdilar. Van-
dal qiroli Geyzerix 445-yil Italiyaga bostirib kirib, Rim shahri-
569
ni talon-taroj qildi. 449-yil Britaniyada ango-sakslar bosqini
boshlandi.
Xunnlarning Yevropa tomon siljishi tasodifiy emas edi.
Xitoyda Xan sulolasi (mil.avv. 206-yil – mil.avv. 221-yil-
lar) xunn lar davlatiga keskin zarba berdilar va xunnlarning
Xitoyga hujumiga chek qo‘ydilar. Xunnlarning bir guruhi
O‘rta Osiyo va shimoliy Hindiston tomon siljidilar. Ikkin-
chi guruhi esa janubiy Sibir, Ural orqali sharqiy Yevropaga
yopirildi. Volganing quyi oqimida yashagan sarmatlarning
bir qismi bo‘lgan alanlar tor-mor qilindi. Ularning bir qis-
mi xunnlarga qo‘shildi, qolganlari Kavkazda boshpana topdi
(ularning qoldiqlari hozirgi osetinlar), xunnlar Don daryosini
kechib o‘tib, Karpat va Quyi Dunaygacha bo‘lgan hududlarni
egallagan, sharqiy german qabilasi – gotlarni bo‘ysundirdi.
Gotlardan bir qismi ostgotlar (sharqiy) xunnlarga ergashdi,
vizigotlar (g‘arbiy) yana g‘arbga tomon chekindilar. Gotlarn-
ing keksa yo‘lboshchisi Ermanarix o‘zini o‘ldirdi.
Xunnlar Qora dengiz cho‘llaridan g‘arbga yurib, Dunay
bo‘ylariga chiqdilar. Ular hozirgi Ruminiya, Moldaviya, Vengriya
va Avstriya hududlarini birlashtirib, davlat barpo qildilar (Ho-
zirgi Vengriya-Avstriya hududida). Bu davlat taxtiga 440-yil-
da g‘ayratli yo‘lboshchi Atilla o‘tirdi. U sharqiy Rim imperiyasi
yerlariga bostirib kirdi. Imperator xunnlarga 6000 ming funt
tilla o‘lpon to‘lab, har yili to‘lov majburiyatini oldi. Atilla ostgot-
lar bilan Dunay bo‘ylab g‘arbga yurib, Reyn daryosini kechib
o‘tdi. Ioanning vafotidan so‘ng yangi imperiya Valentinian III
(425–455-yillar) uni talablarini bajarmaganlikda ayblab, Atilla
Galliyaga bostirib kirdi. G‘arbiy Rim imperiyasi lashkarboshisi
Aesiy jadal suratda vizigot va franklar bilan ittifoq bo‘lib, xunn-
larga qarshi hal qiluvchi jangga tayyorlandi. Xunnlarga qarshi
rimlik sarkarda Flaviy Aetsiy frank. alan, burgund, vestgot va
boshqa qabilalar ittifoqini tuzdi. Hal qiluvchi jang Ispaniya va
Fransiya chegarasidagi Katalun dalasida 451-yil iyunida bo‘lib
o‘tdi.
Har ikki tomon o‘rtasidagi qonli jangda juda katta qurbonlik
berildi. Vizigotlar sardori Teodorix halok bo‘ldi (Got tarixchisi
Iordanning ma’lumotiga ko‘ra, bu jangda har ikkala tomondan
300 ming kishi halok bo‘lgan). Vizigotlar jangni to‘xtatdilar.
Atilla Dunay bo‘ylariga qaytdi. Atilla 453-yil yana Rimga yurish
boshladi. Zaiflashgan Ga’rbiy imperiya Atillaga katta sovg‘a-sa-
lom to‘lab, Rimni talonchilikdan saqlab qoldi. Papa Lev I xunn-
570
lar oldiga elchilar boshlig‘i bo‘lib keldi. Katta sovg‘a-salomlar
bilan Atilla Dunay bo‘yidagi poytaxtiga qaytdi.
Atilla qarorgohida o‘zi bo‘ysundirgan qaram xalqlardan
birini yo‘lboshchisining qiziga uylanib, katta to‘y marosimini
o‘tkazdi. Nikoh to‘yi kechasi kelin Atillaning zaharlab o‘ldir-
di. Ular Dunay daryosini ulkan to‘g‘on bilan to‘sib qo‘ydilar.
Atillaning jasadini tilla tobutga, tilla tobutni kumush tobut
ichiga, uni yana temir tobut ichiga joylashtirdilar. Xunn-
lar Atillani katta izzat-ikrom bilan dafn qildilar. Dunayning
ochilib qolgan o‘zanini qazib, tobutni uning qa’riga qo‘yib,
daryo to‘g‘onini buzib tashladilar. Daryo yana eski o‘zanidan
oqa boshladi.
Atillaning o‘limidan so‘ng buyuk xunnlar davlatini birlash-
tirib tura olishga loyiq yo‘lboshchi topilmadi. Xunnlar davlati
parchalanib ketdi. Bu Rim imperiyasini qutqarib qolmadi. Kek-
sayib qolgan imperiya o‘lim talvasasida edi. Qudratli Feodosiy
sulolasining so‘nggi vakili zaif imperator Valentinian obro‘-e’ti-
borli Aesiyni ko‘ra olmay o‘z qo‘li bilan uni o‘ldirdi. Valentini-
anning o‘zi ham Aesiyning harbiy yaqinlari tomonidan o‘ldiril-
di. Endilikda Rim himoyasini uyushtiradigan biror-bir kuchli
sarkarda qolmadi.
Vandallar 455-yil Geyzerix boshchiligida Rimni talon-taroj
qildilar. Imperator xazinasi, saroy-ibodatxonalardagi barcha
qimmatbaho buyumlar olib ketildi. Rim yong‘in ichida qoldi.
Shundan so‘ng 20 yil ichida bir necha imperatorlar almash-
di. Ular german qabilalarining sarkardalari qo‘lida o‘yinchoq
bo‘lib qoldilar. Provinsiyalar bilan aloqalar uzildi, maoshsiz
qolgan rim garnizonlari tarqalib ketdi; ilgari xavfsiz bo‘lgan
rim yo‘llari mahsulot tashish va yurish uchun o‘ta xavfli
bo‘lib qoldi; yo‘llarda german qabilalari va boshqa qaroqchi-
lar izg‘ib yurar edilar.
Varvar qabilalari va qirolliklari imperiya bilan hisoblash-
may qo‘ydilar. Biror-bir imperator davlatning yemirilishini
to‘xtata olmadi. Imperatorlar Ravenna shahrini doimiy qa-
rorgohga aylantirdilar. Rim xristian cherkovi boshlig‘i papa
qarorgohi bo‘lib qoldi. Afrikada o‘rnashib qolgan vandallar
Ravenna imperatorlarining zaifligidan foydalanib, Sitsiliya,
Sardiniya va Korsikaga yurish qildilar. Ular 455-yil Italiya-
ga yurish qilib, Rim shahrini 14 kun davomida talon-taroj
qildilar. Olib keta olmagan buyumlarni vandallar yo‘q qil-
dilar. Nodir san’at asarlari, haykallar, saroylar o‘t ichida
571
qolib, Galliya va Ispaniyaning mahalliy zodagonlari uzoqda-
gi Ravenna imperatorlari bilan aloqa qilgandan ko‘ra, bosib
olin gan viloyatlarning amaldagi hokimlari varvar qirollari bilan
hamkorlik qilishni afzal deb hisobladilar.
475-yilda Atillaning sobiq kotibi, patritsiy ayolga uylan-
gan Orest o‘zining 14 yoshli o‘g‘li Romul Avgustulni impera-
tor taxtiga o‘tkazib, o‘zi hokimiyatni boshqardi. So‘nggi im-
perator – Rim shahri va imperiyasini barpo qilgan Romul
afsonaviy Avgustul ismlarini olib, balog‘atga yetmagani
uchun Avgust emas, Avgustul deb ataldi. O‘smir imperatorni
rimliklar mazax qilib, Avgustcha deyishar edi. Amalda G‘ar-
biy Rim imperiyasi tugadi. German qabilalari yo‘lboshchilari
Italiyada to‘la hukmronlikni qo‘lga oldilar.
476-yil germanlarning skir qabilasidan bo‘lgan imperator
gvardiyasi qo‘mondoni Odoakr Rimda hokimiyatni bosib oldi.
Orest o‘ldirildi. Romul Avgustul 476-yil 23-avgustda taxtdan
tushirilib, Neapol yaqinidagi Lukull villasiga surgun qilindi
va shu yili vafot etdi. Odoakr G‘arbiy Rim imperiyasi impe-
ratori unvoni tugatilgani to‘g‘risida senatning rasmiy qaro-
rini olishga erishdi. Imperatorlik ramzlari Konstantinopolga
yuborildi. Bu rasman Sharqdagi imperator hokimiyati osti-
da Rim imperiyasining yaxlitligi tiklanganligini bildirar edi.
Odoakr o‘zini Italiyaning hokimi deb e’lon qildi. Odoakr dav-
latini 493-yilda ostgotlar bosib oldilar, uning o‘zi o‘ldirildi.
Antik dunyo tarixining oxirgi sahifalari Sharqiy Rim impe-
ratori Yustinian (527–565-yillar) nomi bilan bog‘liq. U VI asr
o‘rtalarida Rim huquqini kodifikatsiya qildi. Yustinian kodeksi
qadimgi Rimda huquqning uzoq yillardagi taraqqiyotini tugal-
langan holda o‘zida aks ettirdi. Shu bilan bir vaqtda Yustini-
an tomonidan antik tafakkur markazi bo‘lgan Afinadagi Platon
akademiyasining tantanali yopilishi yangi davrning antik davr
bilan ramziy xayrlashuvi bo‘ldi.
572
Do'stlaringiz bilan baham: |