563
turli da’vogarlar o‘rtasida kurash boshlanib, bu siyosiy tush-
kunlik yarim asr davom etdi. Oddiy jangchilar ichidan ham
imperatorlikka da’vogarlar chiqdi. Jangchi-imperatorlar
bir-birlarini tez-tez almashtirdilar. Odatda, ularning barchasi
o‘ldirilar edi. 284-yil kuzida tarixga Diokletian nomi bilan kir-
gan illiriyalik 39 yoshli Diokl (284–305-yillar) imperator deb
e’lon qilindi. Diokletianning hukmronligi boshlanishi bilan
Rim imperiyasining so‘nggi davri yoki Dominat (284–476-yil-
lar) davri boshlandi.
Ozod bo‘lgan qulning o‘g‘li, tegishli ma’lumot olmagan, le-
kin aqlli va shafqatsiz bo‘lgan imperator Gay Avreliy Valeriy
Diokletian hukmronligi vaqtida «dominat» (lotincha dominus
– «janob», «xo‘jayin») nomini olgan siyosiy tizimning asoslari
yaratildi. Diokletian va uning vorislari davrida Rim davlati-
ning cheklanmagan monarxiyaga o‘tishi tugallandi. Imper-
ator hokimiyati ilohiylashtirilib, unga iloh sifatida sig‘inish
joriy qilindi. Unga ta’zim bajo keltirish, uning oldida tiz
cho‘kish, boshini yerga qo‘yib yiqilish va kiyimi etagini ochish
rasm bo‘ldi. Imperatorning ko‘pchilik oldida namoyon bo‘lishi
haqiqiy diniy bayram, an’anaga aylandi. U hashamatli qim-
matbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimi bilan boshqalardan
ajralib turar edi. Senat o‘z siyosiy mavqeyini yo‘qotdi. Umum-
davlat ishlari endilikda senatda muhokama qilinmaydigan
bo‘ldi. Senat faqat sport o‘yinlari va senatorlarga tegishli
ishlarni ko‘rib, uning qarorlarini imperator tasdiqlashi lozim
edi. Bu davrda konsul, pretor, kvestor lavozimlari faqat faxriy
bo‘lib qoldi.
Diokletian yirik tashkilotchi va xushyor siyosatchi bo‘lgani
uchun bir qator provinsiyalarning separat kayfiyatlarini hisob-
ga olgan holda imperiyani 4 qismga bo‘ldi va o‘ziga uch yor-
damchi (tetrarxiya) belgiladi. Bundan tashqari, imperiya 101
provinsiyaga bo‘linib, bir necha provinsiyalar yana kattaroq
ma’muriy birlik – dioses (jami 12 dioses)ga birlashtirildi.
Diokletian imperiyaning siyosiy ahvolini nisbatan barqaror
holatga keltirib, iqtisodiyot va moliyani sog‘lomlashtirishga
qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. 301-yil imperator
Diokletian edikti bilan chayqovchilik va sudxo‘rlikka qarshi ku-
rash boshlandi. Oziq-ovqatga qat’iy baholar belgilandi. Hunar-
mand va yollanma ishchilarning ish haqining qat’iy stavkalari
belgilandi. Pul muomalasi unifikatsiya qilindi. Provinsiyalarda
pul zarb qilish taqiqlandi va 286-yilda to‘laqonli tilla, kumush
564
va mis tangalar zarb qilina boshlandi. Soliq tizimi ham isloh
qilindi. Ilgari soliqlar pul bilan emas, mahsulot bilan ko‘proq
olinar edi. Imperator soliqqa tortish tizimini unifikatsiya qildi.
289–290-yillarda imperiya aholisi yalpi ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Ro‘yxatga olish har 15 yilda bir marta takrorlanishi kerak edi.
Soliq kvotalari 5 yilda bir marta qayta ko‘rilar edi. Ekin yerlari
va yaylov, o‘tloqlar kadastri (hujjat) tuzildi. Qishloq aholisi ekin
yeri, yaylovlar sifati, chorva va boshqa mulkka qarab yer solig‘i
to‘lar edi. Hunarmand-savdogarlar esa qator soliqlarni to‘lar
edilar.
Diokletian juda ko‘p inshootlar bunyod qildi. Uning davrida
saroylar, sirk, Rimda termalar, Illiriyadagi Salonika shahrida
(hozirgi Bosniyadagi Split shahri)gi ulkan saroy ansambli bun-
yod qilindi. Diokletianning eng oxirgi tadbirlaridan biri u nas-
roniylik dinini ta’qib qildi. 303–304-yillarda keksa va kasal Dio-
kletian yordamchisi Galeriy tazyiqi ostida nasroniylarga qarshi
o‘zini 4 ediktini (farmon) e’lon qildi. Rim imperiyasi g‘arbiy va
sharqiy qismlarga bo‘lindi. Italiya imperiya markazi sifatida im-
tiyozini to‘la yo‘qotdi.
II asr boshlarida Trayan davri provinsiyalarining soni 45
ta bo‘lsa, endilikda eski bepoyon provinsiyalarni bo‘lish yo‘li
bilan ularning soni 108 taga yetdi. Diokletian markazi Niko-
mediya bo‘lgan imperiyaning sharqiy qismini boshqardi.
Markazi Mediolan (Milan, Shimoliy Italiya) bo‘lgan imperiya-
ning g‘arbiy qismini Maksimian boshqaruviga topshirdi. Dio-
kletian va Maksimian «Avgust» unvonini olib, o‘zlariga yor-
damchi belgilab, ularga «Sezar» unvonini berdilar. Sezarlar-
ni Avgustlarning avlodi hisoblagan Diokletianning fikricha,
bunday tartib imperiya birligini saqlashga yordam berishi,
viloyatlarda hokimiyatning zo‘ravonlik bilan tortib olinish im-
koniyatiga yo‘l qo‘ymasligi va shuningdek, Rim davlat chega-
ralarini qo‘riqlashni osonlashtirishi lozim bo‘lgan. German
qabilalarining Rim hududiga doimiy ravishda bostirib kirishi
harbiy islohot o‘tkazishga majbur qildi.
Qo‘shinning soni ko‘paytirildi. Endilikda yirik yer egalari
kolonlar va ozod bo‘lgan qullardan jangchilar berishga maj-
bur edilar. Harbiy xizmatga german qabilalarining qismlari
– federatlar qabul qilina boshlandi. Bundan tashqari, qo‘shin-
ning tezkor harakat qilishini ta’minlash uchun qo‘shin che-
gara qo‘shinlari va harakatdagi qo‘shinlarga bo‘lindi. Chegara
qo‘shinlari imperiyaning mustahkamlangan qal’alari va che-
565
garalarida joylashtirildi. Harakatdagi yoki zaxiradagi qo‘shin
urush xavfi bo‘lgan chegara hududiga yuborish uchun doimo
jangovar holatda saqlab turildi. Davlat hokimiyati narx-na-
vo va ish haqining o‘sishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatdi. Bir
vaqtning o‘zida soliq va pul islohotlari o‘tkazildi va natijada
ijtimoiy-iqtisodiy tushkunlik vaqtinchalik bartaraf etildi. III
asr oxiri IV asr boshlarida o‘tkazilgan ma’muriy-harbiy va
iqtisodiy islohotlar ulkan Rim davlatining umrini yuz yildan
ko‘proq vaqtga uzaytirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: