2. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Milodiy II asr Rim imperiyasi-
ning oltin davri hisoblanadi. Bu vaqtda imperiya eng katta
hududga ega edi. Uning chegaralari shimolda Shotlandiyadan
janubda Nil ostonalarigacha, g‘arbdan Atlantika qirg‘oqlaridan
sharqda Fors qo‘ltig‘igacha cho‘zilgan edi. Quldorlik tizimi o‘z
taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Ko‘p quldorlik xo‘ja-
liklari bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga o‘tdi. Qullarga
nisbatan shafqatsiz zulm kuchayib ketdi.
Bu davrda provinsiyalarning iqtisodiyoti va bu yerdagi sha-
har hayoti o‘z taraqqiyotida yuqori bosqichga ko‘tarildi. Milodiy
I–II asrlarda O‘rtayer dengizi hududidagi barcha xalqlar tarixda
birinchi bor yagona ulkan davlat Rim imperiyasi tarkibiga kir-
dilar. Rim provinsiyasiga aylantirilgan alohida davlatlar o‘rta-
sidagi chegaralar tugatildi. Pul tizimlari ma’lum darajada uni-
fikatsiya qilindi. Urushlar va dengiz qaroqchiligi tugatildi. Rim
imperiyasidagi xalqlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining turli
darajalarida yashar edilar. Misr, Suriya, Kichik Osiyo, Bolqon
va Makedoniya iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuqori da-
rajasiga erishdi. Pireney yarim orolidagi va Galliyadagi iberlar,
kel’tlar, Shimoliy Afrikadagi numidiyaliklar, liviyaliklar, Dunay
bo‘yidagi pannonlar, illiriyaliklar va mezlar hali arxaik davrning
so‘nggi bosqichida edilar.
Rim istilolariga qadar g‘arbiy provinsiyalarda qishloq xo‘jaligi
qoloq bo‘lib, asosan g‘alla ekilgan. Yerga ishlov berish ibtidoiy
holatda edi. Apennin yarim oroli aholisi qishloq xo‘jaligining
rivojlangan shaklini g‘arbiy provinsiyalarga olib kirdilar.
Gall vinolari, ispan zaytun moyi Italiya va yunon navlari bi-
lan raqobat qila boshladi. Imperiya hududida quldorlik xo‘jaligi
tez rivojlandi. O‘rta va yirik quldor xo‘jaliklari (villa) yetakchi
o‘ringa chiqdi. Quldorlik xo‘jaliklarida qul mehnatidan keng
foydalanildi. Barcha provinsiyalarda imperator yer egaligi keng
tarqaldi. Milodiy II asrda imperator yerlari va xususiy katta
554
latufundiyalar yetakchi yer egaligi shakli edi. G‘arbiy provinsi-
yalarda o‘rta quldor pomestelari, mayda yer egaligi keng tarqal-
di. Ayniqsa, kichik yer egaligi Pannoniya, Dalmatsiya, Meziya,
Frakiya va Fokeyada avj oldi.
Afrika provinsiyalarida quldorlik xo‘jaliklarida asosiy ishchi
kuchi sifatida qullar mehnati keng tarqaldi. Misr imperiyaning
g‘alla ombori edi. Quldorlik latifundiyalari Galliya va Ispaniyada
keng tarqalgan bir paytda Ispaniya va Afrikaning sharqiy provin-
siyalarida kolonlar mehnatiga asoslangan latifundiyalar ko‘paydi.
Qullarga ish qurollari va chek yerlar ajratib berila boshlandi. Le-
kin qul xo‘jayinning mulki bo‘lib qolaverdi. Qulni mulk (pekuliy)
bilan ta’minlash mil.avv. III asrdayoq ma’lum edi. Endilikda bu
odatdagi hol bo‘lib qoldi. Qul pekuliydan foydalangan holda o‘ziga
o‘rinbosar sotib olishi mumkin edi. O‘rinbosar qul uning xo‘ja-
yiniga ishlab berishi kerak edi. Imperiya davrida qullarni ozod-
likka chiqarish kuchaydi. Ozod bo‘lgan qullar o‘z patronlari bi-
lan aloqani uzmas, u homiy-patron bo‘lib qolaverdi. Ozod qullar
rim fuqaroligi yoki lotin fuqaroligi huquqini olganlar. Lekin ular-
ning bolalari hech qanday cheklovsiz erkin fuqarolar bo‘lganlar.
Impera tor saroyidagi ozod bo‘lgan qullar maxsus topshiriqlarni
bajarganlar, hatto yuqori martaba bo‘lgan prokurator etib tayin-
langanlar. Ozod qullar ko‘p hollarda tadbirkorlik bilan shug‘ul-
lanib, boyib ketar edilar. Ular o‘z xo‘jayinlariga zarurat tug‘ilganda
turli xil xizmatlarni ko‘rsatganlar. Misol uchun, diktator Sullaning
ozod bo‘lgan quli Xirosogon Rim davlatidagi eng qudratli kishilar-
dan biri bo‘lib, hatto uning oldida senatorlar ham titrab-qaltirar
edilar. Ammo ko‘pchilik ozod bo‘lgan qullar o‘rta darajadagi mulk-
ka ega bo‘lib, hunarmandchilik va savdo bilan shug‘ullanar ham-
da oshxonalarning egalari edilar.
Quldor latifundistlar o‘z yerlarini chek yerlarga bo‘lib, kolon-
larga ijaraga berganlar. Milodiy II asrda kolonlar o‘zlari ye-
tishtirgan bug‘doy, tariq, zaytun moyining 1/3 qismini quldor-
ga berishi kerak edi. Bundan tashqari, kolon quldorning yerida
bir necha kun ishlab berishi kerak edi. Yerga ishlov berish ta-
komillashdi. G‘alla va boshqa ekinlarning, o‘g‘itning yangi nav-
lari joriy qilina boshlandi. Qishloq xo‘jaligi takomillashdi. G‘alla
latifuniyalarida g‘allani yig‘adigan mexanizm, g‘ildirakli plug,
suv tegirmoni kashf etildi. Provinsiyalarda shaharlar va sha-
har aholisining o‘sishi, qishloq xo‘jalik mahsulotlarining Italiya
va imperiyaning boshqa viloyatlariga chiqarish imkoniyatining
555
paydo bo‘lishi provinsiya qishloq xo‘jaligida yerdan unumli foy-
dalanish va tovar xo‘jaligining kirib kelishi uchun shart-sharoit
yaratdi.
Quldor xo‘jaligi endilikda bozor bilan yanada yaqin bog‘landi.
Qishloq xo‘jaligida tovar munosabatlarining rivojlanishi lati-
fundiyalarda hunarmandchilikni vujudga keltirdi. Latifundiya
egalari kulolchilik, to‘quvchilik, duradgorlik, oshpazlik kabi
hunarmandchilik ustaxonalarini ochdilar. Ba’zi gall latifundi-
yalarida konlardan temir rudasi qazib olinib, metall ishlab
chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Milodiy I asrlarda qishloq xo‘jaligi bi-
lan birga, hunarmandchilik va savdo keng rivojlandi. Rim hu-
narmandchiligi uchun Ispaniyadagi qo‘rg‘oshin va mis konlari,
Galliyaning temir va qalay konlari, Norika, Dalmatsiya, Kiliki-
ya va Kappadokiyaning boy temir konlari xomashyoni yetkazib
berib turar edi. Ayniqsa, temir rudasini qazib chiqarish keng
yo‘lga qo‘yildi.
Temir rudasi Norika va Dalmatsiya, Galliya va Ispaniya,
Kappadokiya va sharqda qazib chiqarildi. Barcha konlar im-
peratorning mulklari bo‘lib, ko‘pincha ijaraga berilar edi. Hu-
narmandchilikning rivojlanishi qul mehnatidan keng foydala-
nish imkoniyatini berdi. Agar o‘tgan asrlarda hunarmandchilik
ustaxonalarida ishlagan qullar soni 10 tagacha bo‘lsa, milodiy
II asrda ularning soni 50 taga yetdi.
Hunarmandchilik ustaxonasining kengayishi, mehnat taq-
simotining o‘sishi uning iqtisoslashuvining o‘sishiga olib keldi.
Ammo hunarmandchilikda erkin mehnat yetakchi rol o‘ynar
edi. Tog‘-kon ishlarida, qurilish, tosh konlari, marmar konlari-
da qul mehnatidan keng foydalanilar edi. Ustaxonalarda eng
og‘ir mehnat qullar zimmasida edi. Hunarmandchilik taraqqi-
yoti oshpazlik, g‘isht kuydirish kabi yangi sohalarning paydo
bo‘lishiga olib keldi. Qurilishda betondan foydalanish keng
tarqaldi. Milodiy II asrda provinsiyalarda hunarmandchilik,
ayniqsa, yuksaldi. Bir qancha provinsiyalar o‘z mahsulotlari-
ni boshqa provinsiyalarga, shuningdek, Italiyaga eksport qila
boshladilar. Ayniqsa, gall shaharlari nihoyatda rivojlandi. Gall
hunarmandlarining kanop gazlamalari, jun yoping‘ichlar va
kulolchilik mahsulotlari g‘árbiy provinsiyalar va Italiyada keng
tarqaldi. Suriya shaharlari esa zarbof gazlamalar, zargarlik
buyumlari, rangli shisha va gazlamalarni ishlab chiqaradigan
asosiy markazlarga aylandi.
556
Milodiy II asrda hunarmandchilik markazlari yarim oroldan
Shimoliy Italiyaga ko‘çhdi. Puteola, Kapuya, Arretsiya kabi
an’ánaviy hunarmandchilik markazlari tushkunlikka uchra-
di. Ularning o‘rniga gall provinsiyalari, Norika va Dalmatsiya-
ning temir konlariga yaqin Milan, Akvileya va boshqa hunar-
mandchilik markazlari vujudga keldi. Ayniqsa, Akvileya shahri
metall buyumlar va qurol-yarog‘, shisha, zargarlik buyumlari,
cherepitsa ishlab chiqaradigan yirik hunarmandchilik marka-
ziga aylandi.
Milodiy I–II asrlarda barcha provinsiyalarda savdo aloqalari
keng rivojlandi. Italiya savdogarlari Ispaniya, Suriya, Daki-
ya, Misr, Mavritaniya va Britaniyaga kirib bordilar. Gall kema
egalari, savdogarlari Italiya, Reyn viloyatlari va ispan provinsi-
yalari bilan faol savdo qildilar. Palmira savdogarlari Dakiya va
Misrga kirib bordilar. Shaharlarda ko‘plab savdo do‘konlari va
omborxonalar qurila boshlandi.
Milodiy II asrda Rimda ulkan besh qavatli Trayan bozori qu-
rildi. Savdo-sotiqning rivojlanishi provinsiyaning mahsulot ish-
lab chiqarishining ixtisoslashuviga olib keldi. Ispaniya zaytun
moyi va vino; Galliya vino, shisha idishlari, jun mahsulotlari;
Misr g‘alla, papirus, granit, shisha buyumlari; Suriya vino,
zarbof gazlamalar va zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan edi.
Savdogar va hunarmandlar kollegiyalarga birlashdi. Sav-
do taraqqiyoti sarroflik va sudxo‘rlikning rivojlanishiga turtki
bo‘ldi. Tashqi savdo rimliklar uchun foydali edi. Rim imperiyasi
Qora dengiz hududlari, Sharqiy Yevropa, Eron, O‘rta Osiyo va
Hindiston bilan muntazam savdo aloqalarini o‘rnatdi. Milodiy II
asrda Sharqdan 3 savdo yo‘li O‘rtayer dengizi qirg‘oqlariga bo-
rar edi: 1.Petra – Transiordaniya – Damashq – O‘rtayer dengizi.
2.Frot – Palmira – Damashq – O‘rtayer dengizi. 3.Hindiston –
Arabiston – Aleksandriya.
Afrika provinsiyalaridan Rim savdogarlari Efiopiya, Mavri-
taniya va hatto Markaziy Afrikagacha kirib bordilar. Imperiya
davrida yangi tanga – «aureus» zarb qilina boshlandi. O‘ng to-
monida hukmdor-imperator tasviri tushirilgan edi. Rim tilla
tangasi yuqori baholanar edi. Ko‘p tarqalgan Rim tangalaridan
biri kumush denariy edi. Milodiy I asrda denariy sof kumush-
dan, milodiy II asrning oxiridan esa mis qo‘shib, tarkibida 50 %
kumush bilan zarb qilina boshlandi. Mis tanga asosan mahalliy
557
muomalada foydalanilar edi. Mayda savdoda asosan mis tanga
sestersiy (4 ass) va dupandiy (2 ass) ishlatilar edi.
Milodiy I-II asrlarda Rim jamiyati quldorlik jamiyati edi.
Uning asosiy qatlamlari qullar va quldorlar bo‘lib, ulardan
tashqari mayda ishlab chiqaruvchilar, kichik chek yerlarning
egalari yoki ijarachilar, kichik hunarmandchilik ustaxonalari
egalari, mayda savdogarlardan iborat edi. Tabaqalar o‘rtasida
kuchli ijtimoiy ziddiyatlar mavjud edi. Jamiyatda asosiy ishlab
chiqaruvchi kuchlar qullar edi. Milodiy I–II asrlargacha quldor-
lik xo‘jaliklarida qullarga bo‘lgan ehtiyoj urushlar natijasida
qondirilgan edi. Milodiy II asrda istilochilik urushlarining ni-
hoyasiga yetishi qullar oqimining Rimga kelishini keskin ka-
maytirdi. Lekin quldorlik xo‘jaliklarida qul mehnatiga ehtiyoj
juda kuchli edi. Bu hol qullar narxining keskin o‘sishiga olib
keldi. Qul mehnatining unumdorligidan manfaatdor quldor-
lar qullarning maishiy turmush sharoitini o‘zgartirishga maj-
bur bo‘ldilar. Qishloq pomestelari va shaharlarda qul cho‘rilar
soni o‘sib bordi. Qullarga oila qurishga ruxsat berildi va ular
rag‘batlantirildi.
Qullikda tug‘ilgan bolalar (ular vernlar deb atalgan) biror-bir
hunarga o‘rgatilgan. Bunday qulning narxi qul bozorlarida
yuqori edi. Qullarning oila qurishini rag‘batlantirgan quldorlar
qul oilasi uchun chek yer, mehnat qurollari, kulba, kichikroq
do‘kon va bir necha qoramol ajratar edilar. Quldor tomonidan
ajratilgan bunday mulk «pekuliy» deb atalgan. Milodiy I-II asr-
larda pekuliy keng tarqaldi. Quldor sovg‘a qilgan yerini istal-
gan paytida tortib olishi mumkin edi. Qullarning huquqiy hola-
ti ham o‘zgardi. Imperator Adrian qullarni sababsiz o‘ldirishni
taqiqladi. Milodiy II asrda yerni ijaraga berish va kolonat keng
tarqaldi.
Mil.avv. I–II asrlarda qullar ozodlikka chiqarila boshlandi.
Ozod bo‘lgan qullar o‘zlarining sobiq xo‘jayinlari bilan aloqani
uzmadilar, u patron bo‘lib qolaverdi. Ozod bo‘lgan qullar rim
fuqaroligi huquqi yoki lotin fuqaroligi huquqini olganlar. Ular-
ning farzandlari hech qanday cheklovsiz ozod fuqaro bo‘lganlar.
Kolon huquqiy jihatdan erkin kishi bo‘lib, yer egasidan shart-
noma muddati tugagandan so‘ng ketishi mumkin edi. Shartno-
ma, odatda, 5 yil muddatga tuzilgan. Kolon 5 yil davomida qarz
va boshqa turli majburiyatlar ostida qolib, huquqiy jihatdan o‘z
yeridan ketishi mumkin emas edi. U noiloj bu yerda uzoq mud-
558
dat ishlagan. Erkin, o‘z yerini yo‘qotgan dehqon, batrak va ozod
bo‘lgan qul, yerga ishlashga qaytgan shahar plebeyi kolonga
aylanishi mumkin edi. Yerga biriktirilgan qullar ham kolonga
aylanar edilar. Kolonatning yana bir manbasi chegara provinsi-
yalarda asir olingan, yerga joylashtirilgan varvarlar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |