mavjudligining belgilaridan biri bo‘ldi. Quldorlik munosabatla-
513
500 yugergacha cheklanib, agar oilada ikki voyaga yetgan o‘g‘il
bo‘lsa, har bir oila 1000 yugergacha yerga ega bo‘lishi mum-
kin edi. Qolgan ortiqcha yer pul mablag‘i bilan kompensatsiya
qilish asosida davlatga qaytarilishi kerak edi. Yangidan tashkil
etilgan yer jamg‘armasi 30 yuger (7,5 ga.) miqdorida chek yerga
bo‘linib, yersiz va kam yerli fuqarolarga merosiy ijara huquqi-
da taqsimlanishi kerak edi. Ularning egalari xazinaga uncha
ko‘p bo‘lmagan miqdorda soliq to‘lashlari lozim edi. Qishloqda-
gi kichik ishlab chiqaruvchilarning yersizlanishi va xonavayron
bo‘lishini to‘xtatish maqsadida davlatdan olingan yerlarni sovg‘a
qilish yoki sotish taqiqlangan. Qonun loyihasi qabul qilindi. Is-
lohotni amalga oshirish uchun tarkibida Tiberiy va uning ukasi
Gay bo‘lgan komisiya tashkil etildi. Islohotga qarshi bo‘lgan
senat tashkiliy xarajatlarga pul mablag‘i berishdan bosh tortdi.
Tiberiy senatga qarshi bo‘lgan yana bir qonunni komisiyalarda
qabul qilinishiga erishdi. U agrar komisiyaning ehtiyoji uchun
vafot etgan Pergam podshosi Attal III ning xazinasini berishga
erishdi. Tiberiy Grakxning islohotchilik faoliyatiga qarshi kuch-
li qarshilik boshlanib, uning dushmanlari navbatdagi saylovlar
paytida Tiberiy va uning tarafdorlarini o‘ldirdilar.
10 yil o‘tgach, islohotlar dasturini Tiberiyning ukasi Gay
Grakx taklif qildi. Gay Grakx agrar sohada emas, sud, ma’muriy
tizim, qo‘shin va pul tizimida qator islohotlarni tizimli amalga
oshirdi. Bir qancha tadbirlar shahar plebey foydasiga o‘tkazildi
(arzon non sotish) va suvoriylar toifasidan provinsiya noiblari
suiiste’mollarini ko‘radigan sud komisiyalari tashkil etildi.
Lekin shahar plebeyning katta qismi va suvoriylar agrar is-
lohotlardan manfaatdor emas edilar. Buning ustiga provin-
siyalarga qishloq xo‘jalik koloniyalarining tashkil etilishi su-
voriylarning noroziligiga olib keldi. Gay Grakxning Italiyaning
Rimdan tashqari hududlari aholisiga fuqarolik huquqini berish
niyati Rim plebsini unga qarshi bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Plebey
o‘z imtiyozlari va o‘zlari oladigan xayr-ehsonni boshqalar bilan
baham ko‘rishni istamas edi. Gay Grakx islohotchilik faoliyati-
da jamiyatning turli xil tabaqalariga tayandi. Uning raqiblari
mil.avv. 122-yildagi saylovda uning qayta saylanishiga yo‘l ber-
madilar. Ommaviy to‘qnashuvda Gay Grakx va uning tarafdor-
lari halok bo‘ldi. Uning o‘limidan so‘ng agrar qonunni hech kim
bekor qilishga botina olmadi. Lekin yerlarni taqsimlovchi komi-
siya tugatildi va yer berish to‘xtatildi. Mil.avv. 111-yildagi agrar
islohot ilgari 500 yugergacha egallangan yerlarni va islohotlar
514
natijasida 30 yugerlik yerlarni o‘z egalariga xususiy mulk sifa-
tida qonunlashtirdi.
Islohotchi aka-uka Grakxlarning tizimli amalga oshirgan
ko‘pgina tadbirlari eng jiddiy natijalarga olib keldi. Gay Grakx
o‘limidan so‘ng, oligarxiya o‘z mavqeyini qisman tikladi. Suvoriy-
lar sud ishlarini o‘z qo‘llarida saqlab qoldilar. Agrar islohot o‘tka-
zish to‘xtatildi. Mil.avv. 121-yilda agrar islohotlar natija sida
olin gan yer ulushlarini begona qilmaslik bekor qilindi. Mil.avv.
119-yilda agrar komisiya faoliyati to‘xtatildi. Mil.avv. 111-yilda
plebey tribuni Spuriy Toriy qonuniga asosan fuqarolar ijara-
ga olgan 500 yugergacha bo‘lgan barcha davlat yerlari xusu-
siy mulk deb e’lon qilindi. Italiyada tashkil topgan 10 ming lab
dehqon xo‘jaliklar o‘nlab yillar mavjud bo‘ldi. Shahar plebsiga
tarqatiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori o‘sdi. Ple-
bey Grakxlar faoliyati senatda va siyosiy hayotda nobil larning
yagona hukmronligiga putur yetkazdi.
Aka-uka Grakxlarning ijtimoiy-siyosiy faoliyatlari natijasida
Rimda senat, suvoriylar va barcha boy toifalarning optimatlar
partiyasi va nobillarga qarshi turgan plebey demokratiyasining
populyarlar partiyasi paydo bo‘ldi. Populyarlar va optimatlar
atamasini birinchi bo‘lib mil.avv. 63-yilda notiq va siyosiy ar-
bob Sitseron ishlatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: