Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Rim respublikasining tashqi siyosati



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

3. Rim respublikasining tashqi siyosati. Bo‘lib o‘tgan vo-

qealar senat hokimiyatining samarali boshqaruvi yo‘qligi, xalq 

kengashi ahamiyatining o‘sishi va ichki siyosatning beqarorligi, 

siyosiy arboblarning o‘sib borayotgan roli, ularning ochiqdan-

ochiq demagogiyasi kurashning zo‘ravonlik usullarini qo‘llash-

ga tayyorligi yaqqol ko‘rindi. 

Grakxlar va ularning eng faol tarafdorlarining o‘limidan so‘ng, 

populyarlarning zaiflashuvi vaqtinchalik edi. Rim jamiyatidagi 

qarshiliklar bartaraf qilinmagan edi. Begona hududlarda urush 

harakatlari olib borayotgan Rim qo‘shinlariga qo‘mondonlik 

qilayotgan, nobillar homiylik qilgan qo‘mondonlarning muvaf-

faqiyatsizliklari norozilikni kuchaytirdi. 

Rimning ichki siyosatidagi beqarorlik tashqi siyosiy masala-

da hukmron doiralar e’tiborini vaqtinchalik susaytirdi. Mil.avv. 

II asrning so‘nggi 10 yilligida Rimning xalqaro ahvoli keskin-

lashgan edi. Yaqin Sharqdagi eng kuchli ellin davlati Misr bilan 

Rim ittifoq tuzgan edi. Yaqingacha qudratli bo‘lgan Salavkiylar 

davlati yemirilish davriga kirib, Sharqda parfiyaliklar bosimiga 

qarshi tura olmay qoldi. Kichik Osiyoda Aristonik qo‘zg‘oloni 



515

bostirilganidan so‘ng vaziyat osoyishta edi. Ammo bu vaqtda 

Afrikada Rim hukmronligiga Numidiya podsholigi jiddiy xavf 

tug‘dirayotgan edi. Numidiyaning taniqli podshosi Masinissa-

ning nevarasi, Rimda ta’lim olgan yugurta Numidiya podsholigi 

taxtini egalladi. 

 Yugurta (mil.avv.160 –104-yillar) bilan urush olib borayot-

gan Rim qo‘shinlari birin-ketin mag‘lubiyatga uchradilar. Pod-

sho Yugurta rimlik sarkardalarni sotib oldi va harbiy hiylalar 

bilan rimliklarni bir necha bor tor-mor qildi. Numidiya sha-

harlarida shu vaqtda bo‘lgan italiyalik savdogar va sudxo‘rlar 

qirg‘in qilindi. Yugurta o‘z siyosatida rimliklarni dushman deb 

bilgan turli Shimoliy Afrika qabilalarining qo‘llab-quvvatlashi-

ga tayandi. Mil.avv. 109-yilda Numidiyadagi Sutule



 yaqinidagi 

jangda Yugurta rimliklarni tor-mor qildi. Rimliklar Numidiya 

hududidan chiqib ketish va Yugurta bilan shartnoma tuzish 

majburiyatini oldilar. Sutule yonidagi g‘alaba Yugurtaning 

Shimoliy Afrika qabilalari oldida harbiy-siyosiy mavqeyeini 

kuchaytirdi. Ko‘p sonli gugul qabilalari, Mavretaniya podshosi 

Bokx Yugurtaga yordam berishga va’da qildi. Rimning Shimoliy 

Afrika mulklarini yo‘qotish xavfi yaqqol ko‘rindi. Yugurta rimlik 

harbiy qo‘shin boshliqlarini, Rimdagi ayrim senatorlarni kat-

ta pora evaziga sotib oldi. Sotilgan poraxo‘r harbiy boshliqlar 

nomigagina urush harakatlarini olib bordilar.

Rimda xalq yig‘ini Yugurta bilan rimliklar uchun sharman-

dali «tinchlik» shartnomasini tasdiqlamadi. Numidiyaga qarshi 

yana urush boshlandi. Qo‘shin tartibga solindi. Tezda asosiy 

Numidiya shaharlari bosib olindi. Yugurta sahroga chekinib, 

partizan urushiga o‘tdi. Urush cho‘zilib ketdi. Bundan noro-

zi bo‘lgan xalq yig‘ini senatning irodasiga qarshi qo‘shinga 

qo‘mondonlik qilish uchun o‘z sarkardasi, o‘zining dovyurakli-

gi va harbiy qobiliyati bilan obro‘-e’tibor qozongan dehqonning 

o‘g‘li, plebey 48 yoshli Gay Mariyni qo‘mondon qilib tayinladi. 

Gay Mariy mil.avv. 107-yilda konsulligidan so‘ng, yaxshi qurol-

langan qo‘shin bilan mil.avv. 105-yilda Yugurta urushini tugat-

di. Yugurta Mavretaniyada, qaynotasi podsho Bokx saroyidan 

panoh izladi. Bokx uni rimliklarga berishga majbur bo‘ldi. Yu-

gurta Rimda qatl qilindi. Numidiya qaram davlatga aylantirilib, 

uning rasman hukmdori qilib Yugurtaning aqli zaif ukasi ta-

yinlandi. U nafaqat Yugurta urushini (mil.avv. 111–105-yillar) 

tugalladi, balki Rimni shimoldan kimvr va tevton german qabi-

lalari hujumidan himoya qildi. 



516

Ayni shu vaqtda Rim uchun yangi bir xavf tug‘ildi. Rim ning 

shimoliy chegaralarida german qabilalaridan bo‘lgan kimvr va 

tevton qabilalarining bosqini boshlandi. Kimvrlar va tevton-

lar dastlab Yutlandiya yarim orolida yashar edilar. Mil.avv. 

II asr oxirida bu qabilalar o‘z joylaridan ko‘chdilar. Tevtonlar 

g‘arbga – Galliya, kimvrlar janubga tomon yurdilar. Jangovar 

kimvr  qabilalari  (150  ming  kishi  atrofida)  mil.avv.  113-yillar 

atrofida  Janubiy  Germaniyaga  kirib,  Alp  dovonlariga  kelib, 

Italiyaning shimoliy-sharqiy chegaralariga xavf soldilar. Kon-

sul Papirey Karbon Noreya shahri yonida kuchli qo‘shin bilan 

kimvrlarga hujum qildi, lekin shafqatsiz tor-mor qilindi. Italiya-

ga yo‘l ochiq edi, lekin kimvrlar Alpdan shimolga o‘tib, Galliya  

hududiga bostirib kirdilar. Galliyada ham rimliklar mil.avv. 

109-yilda yana yengildilar. Kimvrlarning gelvetlar, Galliya-

ning o‘zida ularga qarindosh bo‘lgan tevtonlar bilan birlashuvi 

rimliklar uchun xavfli vaziyatni yana murakkablashtirdi. Mil.

avv. 107-yilda konsul boshchiligidagi Rim qo‘shini Akvitaniya-

da pistirmaga tushib to‘la yo‘q qilindi. Ammo rimliklar mil.avv. 

105-yilda Janubiy Galliyada kimvrlardan eng dahshatli mag‘lu-

biyatga uchradilar. Jang maydonida Kanna halokatidan ham 

ko‘proq 80 mingga yaqin legionerlar jasadi qoldi. Kimvrlar o‘z 

g‘alabalaridan keyin himoyasiz Italiyaga emas, Ispaniyaga yurish 

qildilar. 

Rim senati konsul Gay Mariy tashabbusi bilan harbiy-siyosiy 

islohotlar o‘tkazildi. Islohotlar natijasida yaxshi ta’lim berilgan 

yangi qo‘shin tuzildi. Ko‘p sonli tevton qabilalari mil.avv. 102-

yil Sekstiy Akva yonidagi jangda rimliklardan yengildi. Mil.avv. 

101-yilda Shimoliy Italiyadagi Vertsella yonidagi jangda kim-

vrlar ham tor-mor qilindi. Janglarda 150-200 ming germanlar 

halok bo‘ldilar. Yana shunchasi Italiya va O‘rtayer dengizi qul 

bozorlarida sotib yuborildi.

Gay Mariyning bunday yutuqlarining asosiy sababi uning 

harbiy islohotlari edi. Ilgari Rim qo‘shini zaruriyat bilan cha-

qirilgan fuqarolarning ko‘ngilli qismlaridan iborat bo‘lib, urush 

harakatlari tugaganidan so‘ng ular o‘z tinch ishlariga qaytar 

edilar. Qo‘shinda xizmat qilish ma’lum miqdorda mulkka ega 

bo‘lgan, o‘zini qurol-yarog‘ bilan ta’minlay oladigan fuqarolar-

ning faxriy majburiyatlaridan biri edi. Bunday tarkibda tuzilgan 

qo‘shin Rim shahar-davlati sharoitida o‘zini oqlar edi. Endilik-

da Rim O‘rtayer dengizining turli qismlarida to‘xtovsiz urushlar 



517

olib borayotgan bir paytda harbiy majburiyat nafaqat faxriy, 

aksincha, og‘ir bo‘lib, ayniqsa, ko‘ngillilarning asosini tashkil 

etadigan dehqonlar uchun xonavayron qiladigan majburiyat 

bo‘ldi.

 Gay Mariy senatdan qo‘shinga mulkiy ahvoliga qaramasdan 

barcha fuqarolarni qo‘shinga yollashga ruxsat oldi. Eng kam-

bag‘al shaharlik va yersiz dehqonlar davlatdan qurol-yarog‘, 

harbiy xizmati uchun maosh, xizmat muddati tugaganidan 

so‘ng yer ulushi oladigan bo‘ldilar. Italiyaliklar va boshqa itti-

foqchilar harbiy xizmatga ko‘plab jalb qilina boshlandilar. Nati-

jada dehqonlardan tuzilgan ko‘ngillilar qo‘shini professional 

qo‘shinga aylana boshlandi. Bu qo‘shin o‘z ehtiyoj manfaatlari 

bilan aholini boshqa tabaqalaridan ajralib turar edi hamda ular 

o‘z qo‘mondonlariga so‘zsiz va sadoqat bilan bo‘ysunar edilar. 

Chunki har bir legionerning taqdiri va farovon hayoti bu sar-

kardalarga bog‘liq edi. Gay Mariy qo‘shinning tuzilishi, qurolla-

nishi, jangni tashkil qilish, jangchilarning harbiy mashqlarini 

tashkil qilish, qismlarning tuzilishiga taalluqli bo‘lgan qator is-

lohotlarni amalga oshirdi. Rim qo‘shinida eng qadimgi davrdan 

bayroq yoq edi. Asosan dala nishonlari uchun pichan tutami 

qistirilgan uzun tayoq ko‘tarilgan edi. Gay Mariy qo‘shinga bur-

gut tasviri tushirilgan nishon joriy etdi. Shu vaqtdan boshlab 

burgut tasviri legionning ramziga aylandi, bundan tashqari har 

bir kogorta ham o‘z ramziga ega bo‘ldi. Qo‘shinni qayta qurish-

ning ijobiy natijalari tevton qabilalari ustidan (mil.avv. 102-yil) 

qilingan g‘alabalarda yaqqol ko‘rindi. Bu ijobiy o‘zgarishlar Gay 

Mariyni Rimda eng obro‘-e’tiborli kishiga aylantirdi. Natijada 

Gay Mariy uzluksiz 5 yil davomida 5 marta, jami esa 7 marta 

mavjud qonunlarga zid ravishda konsul qilib saylandi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish