Puni urushlari davrida ega bo‘ldi. Har qanday Rim istilochilik
asirlarni olib kelishga sabab bo‘ldi. Karfagen yurishlaridan
507
avv. 167-yilda Epir shahri qamal qilinganda, uning asir olingan
150 ming aholisi qul qilib sotib yuborildi. Rimliklar Sardiniyani
bosib olib, uning tirik qolgan barcha aholisini qul qilib sotdilar.
Qullarning narxi tushib ketdi. «sard kabi arzon» iborasi shun-
dan kelib chiqdi.
Mil.avv. III asrda Rim iqtisodiyotida qullar asosiy ishlab chiqa-
ruvchilarga aylanib, moddiy ne’matlarni yaratuvchi asosiy ishchi
kuchi bo‘ldi. Bu ilmiy adabiyotda klassik qulchilik deb nomlan-
di. Qul mehnatiga asoslangan Rim zodagonlarining yirik pomeste
– latifundiyalari paydo bo‘lishi bilan Italiyada qulchilik klassik
shaklga kira boshladi. Yirik latufindiyalarning g‘alla va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalikka aylanishi bilan ming-
lab kichik yer egalari ular bilan raqobat qila olmay, xonavayron
bo‘ldilar. Qullarning mehnati juda arzon, o‘zlari esa qadrsiz edilar.
Quldorlik xo‘jaligi bozor uchun mahsulot ishlab chiqarishga
ixtisoslashib, tobora ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish uchun
qul mehnatidan keng foydalandi. Qullarning ijtimoiy va huquqiy
ahvoli yomonlashdi. Qul buyum va hayvonga tenglashtiril-
di. Xo‘jayin qulning ustidan mutlaq hukmron bo‘lib, u qulni
o‘ldirishi, yirtqich baliqlar va yovvoyi hayvonlarga yem qilishi
mumkin edi. Rimning har bir katta shahrida qul bozori mavjud
bo‘lib, bu yerda har qanday fuqaro qulni sotishi yoki sotib olishi
mumkin edi. O‘rtayer dengizidagi eng katta qul bozorlari Delos
(Egey dengizi) orolida, Akvileya shaharlarida (Shimoliy-sharqiy
Italiya), Tanais (Don daryosi yuqori oqimi)da muntazam mavjud
edi. Delos qul bozorida bir kunda 10 minggacha qul sotilar edi.
Bozorga kiritilgan qullar miqdoriga qarab uning narxi o‘zgarib
turar edi. Jang natijasida olingan asirlar qo‘shindagi kvestor ix-
tiyoriga berilgan. Kvestor ularni kim oshdi savdosida sotar edi.
Kim oshdi savdosida qul savdogarlari ularni sotib olib, keyin
bozorga chiqarar edilar.
Rim fuqarolarini qarzi uchun qul qilish mil.avv. 326-yilda qa-
bul qilingan senat qonuni bilan bekor qilingan edi. Biroq Itali-
ya va provinsiyalarning Rim fuqaroligi bo‘lmagan aholisi uchun
qarzi evaziga qul qilish o‘z kuchini saqlab qoldi. Provinsiyalar-
da rimlik soliqchilar aholiga katta foizda qarz berib, ularni qul
qildilar. Qullar safini to‘ldirishning yana bir manbasi ular-
ni tabiiy ko‘payishi edi. Cho‘ri qullarning bolalarini ko‘payti-
rish va tarbiyalash ba’zi quldorlar tomonidan rag‘batlantirilar
edi. Go‘dakligidan qullikda tarbiyalangan qullarning bolalari
kasb-hunarga o‘rgatilgan. Qullar safini to‘ldirishning yana bir
508
manbasi dengiz qaroqchilarining dengizlarda qirg‘oqqa yaqin
shahar-qishloqlarni talab, o‘z qurbonlarini qullikka sotishi edi.
Ba’zi yillarda qaroqchi piratlar bir necha yuz ming qullarni bo-
zorga yetkazib berar edilar. Ma’lumotli qullar yoki ma lakali qul-
lar (o‘qituvchi, aktyor, oshpaz, raqqosalar)ning bahosi juda ba-
land turar edi. Italiya qishloq xo‘jaligi mamlakati bo‘lib qolaver-
di. Qullar asosan qishloq xo‘jaligida ishlatildi. Ulardan qishloq
xo‘jaligidan tashqari tog‘-kon, metallurgiya va qurilishda foyda-
lanila boshlandi.
Faqat qullarga va qaroqchilarga xochga tortib o‘lim jazosi
berilgan. Boshqa obro‘li jinoyatchilarning boshi kesilgan. Ozod
kishilarni qiynoqqa solib, so‘roq qilish taqiqlangan. Qullarni
qiynoq ostida so‘roq qilishga ruxsat etilgan. Qul uchun eng og‘ir
jazo tosh konlariga, gladiatorlar maktabiga sotib yuborish edi.
Rimning deyarli barcha fuqarolari qullarga ega edilar. O‘rta
darajadagi fuqaroning shahardagi uylarida 5-10 ta qul, sha-
har tashqarisidagi qo‘rg‘onida 15-20 ta qul ishlab turgan.
Qullarni erkinlikka chiqarish faqat imperiya davrida keng tus
oldi.Qul qarib qolgach, uni boqmaslik uchun ko‘chaga haydab
yuborilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: