rigi xarajatlarda o‘ta tejamkorlik siyosatidan voz kechdi. Kat-
493
Appiy yo‘li, Rimdagi suv quvuri qurildi. Botqoq yerlar quritilib,
ekinzorlarga aylantirildi. Appiy Klavdiy yurisprudensiyani ham
rivojlantirishga shart-sharoit yaratdi.
Italiyaning ko‘pgina hududlari xo‘jaligining yetakchi soha-
si dehqonchilik edi. Etruriyada unumdor tuproq, yumshoq
iqlim, yuqori agronomiya madaniyati va agrotexnika taraqqiyoti
yuqori hosil olishni ta’minlar edi. Bu yerda bug‘doy, arpa, tariq,
polba; Kampaniya va Janubiy Italiyada uzumchilik, zaytun da-
raxti keng tarqalgan edi. Etruriya g‘allasi Rim va lotin shaharla-
rini, Buyuk Yunonistondan keltirilgan zaytun yog‘i Latsiya va
Etruriyani ta’minlar edi.
Mil.avv. VI–III asrlarda jamoa yer egaligining yemirilishi bi-
lan birga, yerga xususiy mulkchilik kuchaydi. Urug‘ning yerlari
kichik ulushlarga bo‘linib, yer ishlov berish uchun qarindosh-
lar, kliyent va qullarga berilgan. Plebeylar xususiy mulk sifa-
tida o‘zlariga tegishli yer maydoniga ishlov berar edilar (ular
davlatdan 2 yugerdan 0,5 gektargacha yer olganlar). Xususiy
va jamoa yerlaridan tashqari, davlat yer jamg‘armasi (ager pub-
likis) mavjud edi. Rim fuqarosi davlat yerini katta bo‘lmagan
ijara to‘lovi bilan okkupatsiya (lotincha egallash) qilish huquqi-
ga ega edi. Patritsiylar bu huquqdan unumli foydalandilar. Ple-
beylar ham yuz yillik kurashlar natijasida «ager publikis»dan
foydalanish huquqiga ega bo‘ldilar. Ilk respublika davrida Rim
iqtisodiyotining asosi qishloq xo‘jaligi edi. Mayda va o‘rta yer
egaligi yetakchi rol o‘ynagan. Mil.avv. IV asrdan patritsiylar
jamoa yerlarini («ager publikus») bosib ola boshladilar. Natija-
da yirik xo‘jalik (imeniye)lar paydo bo‘lib, qullar mehnatidan
ko‘proq foydalanila boshlandi.
Boshda qadimgi Italiyada ayirboshlashning keng tarqalgan
vositasi bo‘lib chorva hayvoni (pecus, shundan pulning lotin-
cha nomi – pecunta) xizmat qildi. Eng qadimgi davrdan boshlab
Rimda mil.avv. III asrgacha pul sifatida og‘irligi 2-2,5 kg gacha
bo‘lgan, ishlov berilmagan mis parchasi (aez rude) yurar edi.
Ularni mil.avv. V asrdan og‘irligi 1000-1830 gramm bo‘lgan,
xudo va hayvonlar tasviri tushirilgan quyma jez parchalari siqib
chiqara boshladi. Mil.avv. IV–III asrlarning ikkinchi yarmidan
327,45 gramm og‘irlikdagi jezdan quyilgan (aes grave) tangalar
keng tarqaldi. Mil.avv. IV asrning ikkinchi yarmidan natural
xo‘jalik o‘rniga pul-tovar xo‘jaligi keldi. Rim pul birligi – mis ass
paydo bo‘ldi. Dastlab bu tangalar Yunon Moneta ibodatxonasi-
da zarb qilina boshlandi. Shundan «moneta» so‘zi kelib chiqdi.
494
Mil.avv. III asr oxiridan ass 10 marta yengillashib, 173 gramm-
ga keldi. Jez tanganing tressis
Do'stlaringiz bilan baham: