Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Mil.avv. VI–III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sin-



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet287/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

3. Mil.avv. VI–III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sin-

fiy  tuzilishi.  Mil.avv. VI–IV asrlarda Rimning ijtimoiy tuzil-

masi murakkab va tushunarsiz edi. Rim jamiyatida patritsiy-

lar, klientlar, plebeylar va qullar sinfiy-toifaviy guruh sifatida 

chiqdilar. Bu guruhlarning har biri jamiyat va ishlab chiqa-

rishda o‘z huquq-majburiyatlari bilan alohida o‘rinni egalladi-

lar. Pater – ota ko‘p sonli oilaning, unga kiradigan boshqa qa-

ram kishilar va qullarning xo‘jayini edi. Qadimgi Rimda otalar 

deb yana oliy boshqaruv organi – senat a’zolarini ham aytar 

edilar. Patritsiylar ilk Rimning imtiyozli hukmron sinfi – toifasi 

edilar. Ular barcha fuqarolik huquqlaridan foydalanar edilar. 

Kuriya komisiyalarida ovoz berib, senat a’zoligiga saylanganlar. 

Og‘ir qurollangan piyoda qo‘shinda, imtiyozli otliq qo‘shinlarda 

xizmat qilar edilar. Har bir patritsiy katta oila jamoasi – ko‘p 

sonli familiya (familias)ning boshlig‘i bo‘lib, bu jamoani ta’min-

lash uchun jamoa yer jamg‘armasidan katta ulushlarni olish va 

foydalanish huquqiga ega edi. 

Mil.avv. IV asr o‘rtalarigacha asosiy magistrat lavozimlari 

patritsiylar bilan to‘ldirilar edi. Patritsiylar uzoq ibtidoiy jamoa 

davri, urug‘chilik jamoalariga borib taqaladigan urug‘ guruhlari 

(gentes)ga bo‘lingan edilar. Yer egalarining imtiyozli hukmron 

sinf qatlami bo‘lgan holda urug‘chilik aloqalari muhim o‘rin 

egallagan bu tuzilmada Rim patritsiylari jamiyatning konser-

vativ unsurlari edilar. Ular yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabat-



488

lar, xususiy mulkchilik, qulchilik taraqqiyotiga to‘siq edilar. Ilk 

Rimning asosiy sinf – toifalaridan biri plebeylar edi. Plebeylar-

ning bir qismi qaram klientlar sifatida patritsiy urug‘lariga qa-

bul qilingan. Lekin plebeyning ko‘pchiligi tub joy fuqarosi – pat-

ritsiylar ijtimoiy tashkilotidan tashqarida bo‘lib, huquqiy jihat-

dan erkin bo‘lsalar-da, fuqarolik huquqlaridan mahrum edilar. 

Plebeylarning asosiy qismi o‘zining avvalgi vatani va Rimdan 

tashqarida bo‘lgan urug‘ tashkiloti bilan aloqasini uzgan kel-

gindi kishilar edi. 

Plebeylar kichik yer maydonlarida dehqonchilik qilib, savdo -

hunarmandchilik bilan shug‘ullanar edilar. Ularning ko‘pchiligi 

asosan Rim atrofidagi qishloqlarda yashab, o‘z jamoa tashkilot-

lari, o‘zaro yordam tizimiga ega edilar. Plebeylar Rim jamiyati-

ning shakllanayotgan jamoa – dehqon tarkibining asosiy qismini 

tashkil qilar edilar. Plebeylar orasida tez orada ijtimoiy tabaqa-

lanish yuz berib, boy qatlam ajralib chiqdi. Plebeylarning asosiy 

ommasi yer olish va qarzi uchun qullikni bekor qilinishini talab 

qilgan bo‘lsalar, o‘ziga to‘q va boy plebeylar birinchi navbatda, 

patritsiylar bilan siyosiy teng huquqlik uchun kurashdilar. 

Serviy Tulliy islohotlari natijasida plebeylar Rim ko‘ngillilari 

tarkibiga kiritildi. Lekin qo‘shindagi barcha boshliq lavozimlari 

patritsiylar qo‘lida edi. Bundan tashqari, patritsiylar ozod etil-

gan harbiy soliq (tribut)ni plebeylar to‘lar edilar. Bu davrda Rim 

shahrining o‘zida plebeylar va patritsiylar o‘rtasida yer uchun 

keskin kurash boshlandi. To‘xtovsiz urushlar natijasida xona-

vayron bo‘lgan, qarzlarga botib qolgan Rim plebey bosib olin-

gan yerlarni taqsimlashda o‘z hissasini talab qildi. Shuningdek, 

patritsiylarning zo‘ravonligidan qonuniy himoya va o‘z siyosiy 

huquqlarini kengaytirishni talab qilib chiqdilar. Bu kurash mil.

avv. 494-yilda o‘ta keskinlashdi. Og‘ir qarz majburiyatlari, qarz 

beruvchining zulmi plebeylarni ekvlar bilan urushda ishtirok 

etishdan bosh tortishlariga olib keldi. Ijtimoiy adolatsizlikka 

qarshi norozilik belgisi sifatida mil.avv. 494-yilda Rimdan 4,5 

km shimoldagi «Muqaddas tog‘»ga chiqib ketishga (sesessiya) 

majbur bo‘ldilar.

Sesessiya va harbiy xavf patritsiylarni yon berishga majbur 

qildi. Natijada plebey yig‘inlarida har yili ikki yoki to‘rt xalq tri-

buni saylash huquqi olindi. Keyinchalik xalq tribunlari soni 

o‘ntaga yetdi. Tribunlar mansabdor shaxslar bo‘lmay, plebs 

vakillari sifatida chiqib, uning manfaatlari himoyachisi bo‘ldi-

lar. Xalq tribunlari shahar hokimiyatining faoliyatiga aralash-




489

ishlari, mansabdor shaxslar va senatning qarorlarini bajari-

lishini to‘xtatishlari mumkin edi. Komisiyalarda qabul qilingan 

qarorlarga plebeylar veto (taqiq) qo‘ysa, bu qaror yana ovozga 

qo‘yilishi mumkin emas edi. Tribunlarning o‘zlari hali faqat ple-

beylar uchun majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilishlari mum-

kin edi. Tribunlar faqat plebeylar orasidan saylanib, daxlsizlik

 

huquqidan foydalanar edilar. Xalq tribuniga qo‘l ko‘targan kishi 

qonundan tashqari deb e’lon qilinar edi. Bunday jinoyat qilgan 

kishini har kim jazosiz o‘ldirishi mumkin edi. 

Yarim asr o‘tgach, mil.avv. V asr o‘rtalarida plebeylar tazyiqi 

ostida patritsiylardan tuzilgan detsemverlar



 («o‘n erkak») komi-

siyasi mavjud qonunlarni kodifikatsiya qildi. Komisiya mis tax-

tachalarga yozilgan XII jadval qonunlarini Rim forumi, bozorlar 

va Rim koloniyalariga osib qo‘ydi. XII jadval qonunlari birinchi 

va yagona Rim huquqi kodeksi edi. XII jadval qonunlari Rim-

da ijtimoiy munosabatlarni klassik quldorlik jamiyatiga o‘tish 

davrini aks ettirdi.

Plebeylarning siyosiy tenglik uchun kurashi davom etdi. Mil.

avv. 447-yildan 2 konsul bilan birgalikda senat qaroriga ko‘ra 

3 tadan 8 tagacha konsul hokimiyati vakolati bilan tribunlar 

saylana boshlandi. Plebeylarga mil.avv. 445-yildagina tribun 

Kanuley


  qonuni asosida patritsiylar bilan nikohdan o‘tishga 

ruxsat berildi. Yangi senzor mansabi joriy qilinib, ularning vazi-

fasi fuqarolarning mulk senzi majburiyatini bajarishini nazorat 

qilish, keyinchalik senatorlar ro‘yxatini tuzish edi. Senzor huk-

mi bekor qilinmas edi. U qat’iy edi. Bundan tashqari, ular daro-

mad-xarajatlar to‘lovini nazorat qilar, katta jamoa ishlarini 

tashkil qilar edilar.

Mil.avv. 367-yilda konsul Sekst Lateran 3 ta muhim qonun-

ning qabul qilinishiga erishdi. Birinchi qonun: qarz foizlarini tar-

tibga soldi. Ikkinchi qonun barcha Rim fuqarolari – patritsiylar 

va plebeylarga jamoa yerlaridan foydalanishning teng huquqini 

berdi. Uchinchi qonunga ko‘ra, konsullik lavozimini plebeylar 

ham egallashi mumkin edi. Keyinchalik ikki konsuldan biri ple-

beylardan saylanishi odat tusiga kirdi. Bir vaqtning o‘zida kon-

sullardan sud ishlari yangi mansabdor shaxs – pretorlarga olib 

berildi. Pretorlar konsullar kabi senturiy komisiyalarida sayla-

nar edi. Mil.avv. 356-yil ilk bor plebeylardan diktator saylandi. 

Besh yildan so‘ng birinchi plebey senzor, mil.avv. 332-yildan 

senzorlardan biri muntazam plebey vakillaridan saylanadigan 

bo‘ldi. Shundan yana o‘ttiz yil o‘tgach, plebeylardan Rimning 




490

oliy kohini – pontifik



 saylanadigan bo‘ldi. Plebeylarning patrit-

siylarga qarshi to‘laqonli teng huquq uchun so‘nggi kurashi 

mil.avv. 287-yilgi Gortenziy qonunining qabul qilinishi bilan 

yakunlandi. Shu davrdan plebey yig‘inlarining qarorlari Rimn-

ing barcha fuqarolari uchun senatning tasdig‘isiz majburiy 

qonunga aylandi. 

Rimda patritsiy va plebeylarning ikki yuz yillik ijtimoiy- 

si yosiy ziddiyatlari mil.avv. III asr so‘ngida nihoyasiga yetdi. Mil.

avv. IV asr oxirida eng boy yangi patritsiy va plebey zodagonlari-

dan iborat yangi nobillar qatlami vujudga keldi. Rim patritsiy 

va plebeylar ichidan o‘z boyligi siyosiy-iqtisodiy jihatdan kat-

ta mavqega ega bo‘lgan davlat boshqaruvini monopoliya qilib 

olgan uncha katta bo‘lmagan guruh nobillar edi. Nobillarning 

iqtisodiy tayanchi katta yer egaligi, ko‘p sonli kliyentlar, jum-

ladan, o‘nlab provinsiya shaharlari edi. Nobillar yirik yer-mulk-

ka egalik qiladigan va davlatni boshqaruvchi oliy toifaga aylan-

di. Nobillar hokimiyatining amaldagi tayanchi senat bo‘lib, u 

yerda patritsiy urug‘lari bilan bir qatorda Litsiniy va Liviy kabi 

boy plebey urug‘lari ham muhim rol o‘ynadi.

Nobillar senatorlar toifasining oliy guruhi bo‘lib, yirik va o‘rta 

quldor yer egalari, savdogar va moliyachilardan tashkil topgan 

suvoriylar toifasi bilan birga, hukmron qatlam tarkibini tashkil 

qildi. Qolgan fuqarolar – kichik mulkdorlar, erkin dehqonlar, 

hunarmandlar va savdogarlardan tashkil topgan plebeyni tash-

kil etdi. Imtiyozli toifalar va plebeyga qarama-qarshi, hech qan-

day huquqqa ega bo‘lmagan ko‘p sonli qullar qatlami turar edi. 

Kliyent fuqarolik huquqiy qobilyatga ega bo‘lmay, uning uchun 

barcha bitimlarni patron tuzgan. 

Ilk Rim jamiyatida kambag‘al va siyosiy huquqsiz kishilar-

ning ko‘p sonli qatlami – kliyentlarni tashkil qildi. Ozod qo‘yil-

gan qullar yoki Rimga ko‘chib kelgan boshqa urug‘ vakillari 

patritsiylardan himoya va homiylik qidirishga majbur bo‘lib, 

ularga  kliyent bo‘lishlari mumkin edi. Kliyentlar patritsiylar-

ning urug‘iga qaram a’zo sifatida kirib, o‘z homiylari urug‘i



 no-

mini oldilar. Ularga patron yerlarida ishlash vazifasi, patronni 

yurishda, shaharga chiqishida hamrohlik qilish majburiyatlari 

yuklandi. Agar patron urushda asir tushib qolsa,  kliyent tovon 

to‘lab uni qutqarib olishi shart edi. Kliyent vasiyat qoldirma-

gan bo‘lsa, o‘limidan so‘ng uning mulki patronga meros qolar 

edi. Agarda  kliyent patronga bo‘ysunmasa, sud orqali u qul-



491

ga aylantirilishi mumkin edi. O‘z navbatida, patron kliyentni 

boshqalarni tazyiqidan himoya qilishga majbur bo‘lib, sudda 

uning manfaatlarini himoya qilar edi. Mil.avv. III asrga borib 

yangi ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan kliyentlarning 

katta qismi o‘z patronlaridan ozod bo‘lib, davlatdan yer oldilar 

va erkin dehqonlarga aylandilar. So‘nggi Rim imperiyasi davri-

da kuchli senator – patrisiylarni patronatiga kichik yer egalari, 

hatto qishloqlar, jamoalar va shaharlar o‘ta boshladi. Kichik yer 

egalari patronga o‘z yerlarini berib, uni prekariy sifatida qay-

tarib olib, amaldorlar, sudxo‘rlar va sudyalar zo‘ravonligidan 

o‘zlarini himoya qildilar. 

Mil.avv. V asrgacha qulchilik xonaki (patriarxal) shaklda edi. 

Mil.avv. V asrdan qul mehnati xo‘jalikning turli sohalariga kirib 

bordi. Rimda qarzi uchun qul qilish mil.avv. 326-yildagi qonun 

bilan bekor qilindi. Natijada, qullar qatlami asosan urushlar-

da olingan asirlar hisobidan to‘ldirila boshlandi. Qulga buyum  

sifatida qaralmadi. Inson shaxsi huquqlari kam darajada bo‘lsa-

da, saqlanib qoldi. Bu davrda erkin kishi va qullar o‘rtasidagi 

farq unchalik keskin emas edi. 

Qonunlarda mulk huquqi kuchli himoya qilingan edi. Mulk-

ka daxl


  qilish og‘ir jinoyat hisoblanib, qiynoq bilan o‘lim jazosi 

berilar edi. Qullar uchun jazo erkin tug‘ilganlarga nisbatan 

og‘ir edi. O‘g‘rilik qilgan erkin fuqaro kaltaklanar edi, qullar esa 

savalanganidan so‘ng qoyadan tashlanar edi. Sudxo‘r qarzdorni 

qul qilish bilan cheklanmay, balki uning hayotiga egalik qilishi 

ham mumkin edi. 

Rimning istilochilik urushlari lotin shaharlari bilan ziddiyat-

ni keltirib chiqardi. Lotin shaharlari Rimga qarshi qo‘zg‘olon 

ko‘tardilar. Ular senatning yarmi lotinlardan va bir konsul ham 

lotinlardan bo‘lishini talab qildilar. Natijada mil.avv. 340-yildan 

388-yilgacha davom etgan lotin urushi kelib chiqdi. Urush 

Rimning g‘alabasi bilan tugadi. Lotin ittifoqi tugatildi. Rimga 

yaqin shaharlar uning tarkibiga qo‘shildi va rimliklar bilan teng 

huquqqa ega bo‘ldilar. Boshqa lotin



  jamoalari rimliklar bilan 

fuqarolik huquqida tenglashtirildilar. Ulardan ba’zilari savdo 

qilish va mulkka ega bo‘lish huquqi – jus kommersicu, ba’zi-

lari Rim fuqarolari bilan nikoh tuzish huquqi –



 jus connubii ni 

oldilar. Ammo ularga xalq yig‘inida ovoz berish huquqi beril-

madi. Bundan tashqari, eskidan bo‘lgan qoida – Rimga ko‘chib 

o‘tgan va senzdan o‘tgan lotinlar Rim fuqarolari bo‘lar edilar. 

Bu ko‘chib o‘tish huquqi – jus migrationis edi. Faqat Tibur va 



492

Preneste lotin shaharlari Rim ittifoqchilari bo‘lib qoldilar. Shu 

tarzda lotin fuqaroligining boshlanishiga asos qo‘yildi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish