qonunchilik
tashabbusi huquqiga ega emas edi.
Senturiy komisiyalari. Rimda xalq yig‘inlari yoki komisiyalar-
ning uch ko‘rinishi mavjud edi. Serviy Tulliy islohotlarigacha
kuriya komisiyalari
mavjud edi. Serviy Tulliy qurolli xalq yig‘ini
– senturiy komisiyalarini kiritdi. Tezda ular kuriya komisiyalari-
ni
siqib chiqardi. Senturiy komisiyalari konsullar tomonidan Rim
shahridan tashqaridagi Mars maydonida chaqirilar edi. Barcha
Rim fuqarolari 193 senturiy, eng boy I toifa 98, jami senturiylar-
ning yarmidan ko‘p senturiy qo‘yar edi. Ovoz berish senturiylar
bo‘yicha o‘tkazilib, har bir senturiy bir ovozga ega edi. Ovoz berish
qat’iy qabul qilingan tartibda: dastlab I toifa senturiylari, keyin II,
III va h. k. ovoz berar edi. Agar taklif qilinayotgan masala bo‘yicha
senturiylar ovozining 50% idan ko‘proq ovozi berilsa, ovoz be rish
to‘xtatilib, taklif qonun kuchiga kirar edi. Bunday ovoz berish
tartibi bo‘yicha barcha masalalarni Rim fuqarolarining boy qismi
bo‘lgan I toifaning 98 senturiylari hal qilar edi. Bu komisiyalar-
da pretorlar, konsullar va senzorlar saylanar edi. Ovoz berishning
mulk senziga asoslanishi demokratik saylov tizimi tarafdorlari-
ning noroziligiga uchradi.
Rim respublikasi aristokratik xarakterda edi. Qonunchilik
tashabbusiga ega bo‘lmagan senturiy yig‘ilishlarini jamiyatning
patritsiy qatlamlarining vakili (konsul, diktator, pretor) chaqi-
rishi mumkin edi. Bu komisiyalarning biror-bir qarori
«patres»
– senat tomonidan tasdiqlanmasa, kuchga kirmas edi. Mil.avv.
471-yildan kuriya va senturiy yig‘inlari namunasidagi plebey
yig‘inlari chaqirila boshlandi. Plebey yig‘inlarida qabul qilingan
qarorlar
– «plebitsit» faqat plebeylar uchun majburiy edi. Mil.
avv. 241-yilda senturiy komisiyalari islohoti o‘tkazildi. Endi-
likda har besh toifadan 70 senturiy qo‘yiladigan bo‘ldi. Ularga
suvoriylarning 18 senturiylari, hunarmandlarning 4 senturiy
va proletarlarning 1 senturiysi qo‘shiladigan bo‘ldi. Jami 370
senturiy (avvalgi 193 o‘rniga). Patritsiylar va plebeylarning ku-
rashi jarayonida plebeylarning hududiy okrug – triblar bo‘yicha
tribut
komisiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi (Rim hudu-
di hududiy jihatdan 4 shahar va 31 qishloq tribiga bo‘lingan).
Tribut komisiyalarida edillar, kvestorlar va plebey tribunlari
saylanar edi.
Senat. Senat podsholik davrining oxirida patritsiy urug‘lari
oqsoqollari kengashi asosida paydo bo‘ldi. Jamoa ishlarini
harbiy boshliq bilan birga boshqarishda katta obro‘ga ega edi.
485
Podsholik davrida podsho oldidagi davlat kengashi edi. Mil.
avv. 509-yilda podsho hokimiyati qulagandan so‘ng senatning
ahamiyati kuchaydi. Respublika davrida senat 300 a’zoga ega
bo‘lgan. Senat harbiy ishga, tashqi siyosatga, moliya ishlari
va davlat mulkiga rahbarlik qilar edi. U diniy e’tiqod ustidan
nazorat qilib, favqulodda holat e’lon qilish huquqiga ega edi. U
hukumat vazifasini amalga oshirdi. Mil.avv. 287-yilgacha har
qanday qonun loyihasi senatda muhokama qilinganidan keyin-
gina xalq yig‘ini muhokamasiga olib chiqilar edi. Xalq yig‘inida
qabul qilingan qonun faqat senat tasdiqlaganidan keyingina
qonun kuchiga kirar edi. Shunday qilib, senat o‘ziga kerakli
yo‘nalishda xalq yig‘ini faoliyatiga rahbarlik va nazorat qilar
edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik qilib, davlat moliyasining
egasi edi. Mansabga saylangan magistratlar o‘z faoliyati uchun
senat oldida hisobot berar edilar, shu bilan senatga tobe edilar.
Mil.avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy mansab-
dor magistratlar senat tarkibiga kirar edilar. Senatorlar ro‘yxa-
tini senzorlar tuzganlar. Ularning rahbari eng keksa va obro‘li
senator – princeps senatus (u munozara paytida birinchi bo‘lib
so‘zlagan) edi. Senat ro‘yxatida birinchi senzorlar, keyin kon-
sullar, pretorlar turar edi. Senat majlisini chaqirish huquqiga
oliy magistratlar: diktator, konsullar, pretorlar haqli edi. Se-
natning qarori senatus konsul (senatus konsultum) yoki dekret
(dekretum – qaror) deyilar edi. Senat Rim oligarxiyasining
tayanchi edi. Senator unvoni umrbod edi. Odatda, senatorlar
ro‘yxati ilgari magiustratura lavozimini egallagan yoki egallab
turgan kishilardan ma’lum bir mulk senzi asosida (Oktavian
davrida 1 mln sestersiy) nobillarning tor doirasidan tuzilgan.
Imperiya davrida Oktavian hukmronligidan boshlab, senat-
ning funksiyalari cheklana boshladi (ayniqsa moliya, harbiy
ish, tashqi siyosat, provinsiyalar boshqaruvi). Imperiya davri-
da senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hasha-
mati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi.
Imperator senator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600
taga tushirdi. So‘nggi imperiya davrida konsullik, pretor, edil
lavozimlari faxrli unvonga aylandi. Imperiya davrida senat o‘z
mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi.
Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. Imperator se-
nator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga tushirdi.
So‘nggi imperiyaning tugashi arafasida konsullik, pretor, edil
lavozimlari faxrli unvonga aylandi.
486
Amalda hokimiyat prinseps qo‘lida bo‘lib, senat davlatning
oliy tashkilotlaridan biri hisoblanar edi. Imperator Diokletian
davridan senat o‘z ahamiyatini to‘la yo‘qotdi, u Rim shahar
kengashiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |