ARABISTON YARIM OROLINING QADIMGI DAVLATLARI
1. Arabiston yarim orolining geografik o‘rni, iqlimi va
aholisi. 2. Qadimgi Arabiston tarixi manbalari va tarix-
shunosligi. 3. Shimoliy Arabiston. 4. Janubiy Arabistonning
qadimgi davlatlari. 5. Janubiy Arabistonning ijtimoiy-siyo-
siy hayoti. 6. Qadimgi Arabiston madaniyati.
1. Arabiston yarim orolining geografik o‘rni, iqlimi va
aholisi. Arabiston Osiyodagi eng katta yarim orol bo‘lib, 3 mln.
kv. km. hududni egalladi. Uni g‘arbda Qizil dengiz, sharqda
Fors va Ommon qo‘ltiqlari suvi, janubda Adan qo‘ltig‘i va Ara-
biston dengizi yuvadi. Arabistonning bepoyon yerlari asosan
sahrolardan iborat. Daryolar juda kam. Arabiston yarim oroli
tabiiy boyliklarga boy. Qadimgi Sharqda o‘zining ziravorlari va
xushbo‘y moylari bilan mashhur edi. Ziravor va xushbo‘y moy-
lardan qadimda kosmetika va parfyumeriya, tibbiyot, diniy ma-
rosimlarni bajarishda foydalanilar edi. Arabistonni o‘rab tur-
gan dengizlardan qadimdan marvarid, qizil va qora marjonlar
olingan. Yarim orolda oltin, temir, qalay, mis va surma kabi
xomashyolar va tuz konlari mavjud bo‘lgan. Janubiy-g‘arb va
janubiy-sharqda qadimda oq marmar, oniks, alebastr; qimmat-
baho toshlar: zumrad, berulliy, feruza bor edi.
Arabiston yarim orolining mil.avv. IV–III ming yilliklardagi
aholisi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar yo‘q. Shumer hujjatlari-
da Magan va Meluxxa (ba’zi tadqiqotchilar, Magan Arabiston
yarim orolining sharqi deb taxmin qiladilar) mamlakatlari
to‘g‘risida eslatib o‘tiladi. Arabiston yarim orolining janubiy
qismidan ilk paleolit olduvay qu rollariga o‘xshash qurollar
topildi. Bu topilmalar Janubiy Arabiston Sharqiy Afrikadan
boshlangan odamlarning tarqalish yo‘llaridan biri bo‘lgani-
dan guvohlik beradi.
Qadimda Arabiston yarim oroli sersuv daryo vodiylari, boy
flora va faunaga ega bo‘lgan. Mil.avv. VIII–VII ming yilliklar-
dan boshlab yarim orolning qariyb butun hududida qurg‘oqchil
iqlimning mutlaq hukmronligi boshlanadi. Odamlar Arabiston-
ni tashlab ketadilar. Faqat uning chekka janubida va sharqida
bir-biri bilan zaif aloqada bo‘lgan alohida suvli voqiylar saqlanib
qoldi. Mil.avv. VII ming yillikdan odamlar yashashi uchun qulay
172
iqlim faqat yarim orolning sharqiy qirg‘oq qismi (Qatar), keyin
mil.avv. VII–VI ming yilliklarda Markaziy va Janubiy Arabiston
(Rub-el-Xalilning janubiy-sharqiy qismi, Shimoliy Yaman, Xad-
ramaut)da vujudga kelib, bu hududlarga odamlar kelib o‘rna-
sha boshladilar. Arabistonning sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab mil.
avv. V ming yillikdan El-Ubayd madaniyati, keyin Jamdat-Nasr
madaniyati odamlari joylashdilar. Sharqiy Arabiston mil.avv. III
ming yillikda, ayniqsa, Magan (Omon) Janubiy Mesopotamiya,
Baxrayn va Shimoliy-G‘arbiy Hindiston bilan dengiz savdosiga
kirishdi.
Arabiston yarim oroli orqali qadimda xalqaro savdo yo‘llari
o‘tgan. Bosh savdo yo‘li «Xushbo‘y moy yo‘li» deb atalgan. Ara-
bistonning janubiy-sharqi ikki yo‘nalish bilan Sharqiy O‘rtayer
dengizi qirg‘og‘iga borgan: biri G‘azo va Ashdod, boshqasi Tir va
Damashqqa yo‘nalgan. Yana bir savdo yo‘li Janubiy Arabiston-
dan Janubiy Mesopotamiyaga boradi. Bundan tashqari, Ara-
biston qadimda Qizil dengiz va Fors qo‘ltig‘i dengiz yo‘li orqali
Sharqiy Afrika va Hindiston bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi.
Mil.avv. II ming yillikda Arabiston yarim orolining janu-
biy-g‘arbida somiy tillarining janubiy arab shevasida so‘zlasha-
digan Saba, Mina va Kataban qabila ittifoqlari vujudga keldi.
Arabistonning shimoliy-g‘arbiy qismida mil.avv. II ming yillikda
midianit qabilalari yashagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |