6. Sharqiy O‘rtayer dengizi madaniyati. Sharqiy O‘rtayer
dengizi hududining eng katta madaniy yutug‘i alfavitli yozuv-
ning yara tilishi edi. Mil.avv. II ming yillikda Sharqiy O‘rtayer
dengizi shaharlarida savdo-hunarmandchilik, dengiz yo‘li
orqali savdo aloqalari barcha ishlarni tez yuritishga imkon
beradigan oddiy yozuvni yaratishni talab qildi. Mil.avv. XV–
XII asrlardayoq Ugaritda 30 belgili mixxat alfaviti qo‘llanildi.
Finikiya yozuvining shakllanishi mil.avv. II ming yillik o‘rta-
lariga to‘g‘ri keladi. Finikiyada qulay O‘rtayer dengizi port-
larining mavjud bo‘lishi boshqa xalqlar bilan gavjum savdo
aloqalarini o‘rnatishga va dengizchilikning rivojlanishiga
sabab bo‘ldi. Savdo-sotiq yozuvlari va hisob-kitoblarni olib
borish zaruriyati o‘qish, o‘rganish uchun qulay bo‘lgan yozuv-
ni yaratishni tezlashtirdi.
Finikiya yozuvining eng qadimgi yodgorliklari (Xiram, Azer-
bal, Abibal, Elibal, Shafatbal yozuvlari) mil.avv. XI–X asrlar-
ga tegishli. Yozuv 22 grafik belgidan iborat bo‘lib, har bir harf
ma’lum bir undosh yoki yarim undosh tovushdan tashkil topgan
edi. Dunyo tarixida ilk sof tovushli yozuv paydo bo‘ldi. Nisbatan
kam sonli belgilar yordamida har qanday so‘zni uzatish mum-
kin edi. Finikiya yozuvining paydo bo‘lishi insoniyat ma’naviy
taraqqiyotida tub burilish yasadi. Endilikda yozuv faqat ayrim
toifalar foydalanadigan tushunarsiz, sirli san’at bo‘lmay qoldi.
U jamiyat uchun zarur va unga tegishli, hamma foydalanishi
mumkin bo‘lgan boylikka aylanadi. Ana shu sababli, finikiya
yozuvi tez va jadal sur’atda boshqa xalqlar o‘rtasida mil.avv.
IX asrdan boshlab tarqaladi. Hisoblarga ko‘ra, bizga ma’lum
alfavitli yozuv tizimlarining 4/5 qismi bevosita yoki bilvosita
finikiya yozuvidan kelib chiqadi. Qadimgi finikiya yozuvi aso-
sida oromiy, yunon, janubiy arab, yahudiy, karfagen, braxma
yozuvlari kelib chiqdi.
169
Sharqiy O‘rtayer dengizi xudolar panteoni tabiat kuchlari-
ni aks ettiradi. Har bir shaharning o‘z homiy ma’budi bor edi:
Bal (hokim) yoki El (xudo), ba’zida Melek («podsho», boshqacha
aytilishi Molox), Tir shahrida Mel’kart («shahar podshosi»), ayol
ma’buda Astarta (Mesopotamiyada Ishtar). Falastinda mil.avv.
VIII–VI asrlarda monoteistik ta’limot keng tarqaladi. Ugarit va
Ebla shaharlarida hashamatli me’morchilik inshootlari saroy-
lari bunyod qilinadi. Dengizchilik, kemasozlik sohalari yuksak
darajaga ko‘tarildi. Yog‘och va toshdan podsho va ma’budalar
haykallari yasaladi.
Finikiyaliklar dunyodagi birinchi dengizchilar edi. Ularning
kemasozlikka asos soldilar. Finikiya dengizchilari va kemalari-
dan butun Old Osiyo mamlakatlari foydalandi. Finikiyaliklar
dunyo tarixida birinchi bo‘lib, uzoq dengiz sayohatlarini uyush-
tirdilar. Mil.avv. 600-yillar atrofida fir’avn Nexo buyrug‘i bilan
finikiyaliklarning dengizchilik tarixida ilk bor Gibraltar bo‘g‘ozi
orqali Atlantika okeaniga chiqib, Afrikani aylanib o‘tishlari
buyuk kashfiyot edi.
Finikiyada hunarmandchilik yuqori darajada rivojlandi. Fini-
kiya hunarmandlari chig‘anoqlarning alohida turidan olina-
digan qizil bo‘yoqni kashf qildilar. Ular shisha buyumlarni ish-
lab chiqarishni yuqori darajada takomillashtirdilar. Fini kiya
bo‘yoq lari, shisha buyumlari va kulolchilik mahsulotlari Old
Osiyoda yuqori baholangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |