Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

5. Isroil-Yahudiya davlatlari. Falastinda isroil qabilalari 

Misrdan kelib o‘rnashdilar. Mil.avv. XIII asrda 12 yahudiy qa-

bilalari Falastinga bostirib kirib, mahalliy Xanaan shahar-dav-

latlarini bo‘ysundir dilar. «Yahudiy» so‘zi etimologik jihatdan 

«daryo ortidagi aholi» degan ma’noni bildiradi. Saylab qo‘yiladi-

gan yo‘lboshchi – shofetlar («qozi») oliy kohin vazifasini bajarib, 

qabilaning ko‘ngilli qo‘shinlariga boshchilik qilganlar. Tinchlik 

vaqtida esa ajrim ishlari bilan shug‘ullanganlar. Mil.avv. XI asr-

ning oxirida yahudiy jamiyatida ibtidoiy jamoa tuzumidan sin-

fiy jamiyatga o‘tish yuz berdi. Saylab qo‘yiladigan yo‘lboshchi-

lar o‘rniga merosiy podsho hokimiyati shakllandi. Mil.avv. XII 



166

asrda Falastin hududida kelgindi ko‘chmanchi isroil qabilalari 

va mahalliy xanaanlar birlashib, 12 qabila ittifoqini shakllan-

tirdilar. 

Mil.avv. XI asr boshlarida Falastinda temir qurollar ishlab 

chiqarishda yetakchi bo‘lgan filistimlar hukmronligi o‘rnatilgan 

edi. Isroil qabilalari filistimlarga qarshilik ko‘rsata olmadi. Filis-

timlar bilan bo‘lgan janglar davomida podsho qilib Saul say-

landi. U podsho hokimiyatini mustahkamlab, birinchi merosiy 

podsho bo‘ldi. Saul filistimlar bilan bir necha g‘olibona urushlar 

olib bordi. Lekin navbatdagi urushda mag‘lub bo‘lgani uchun 

o‘zini o‘ldirdi. Mil.avv. 1000-yillar atrofida Saulning oddiy jang-

chisi bo‘lgan Dovud Isroil podshosi bo‘ldi. Dovud markazlash-

gan harbiy-byurokratik davlat tuzishga harakat qildi. Dovud 

(1010–970-yillar) podsholigi davrida markazlashgan davlat tuz-

ildi. Bosib olingan Quddus yangi davlatning poytaxtiga aylandi. 

Mamlakatni boshqarish uchun markaziy davlat organlari tuzil-

di. Podsho kritlik va filistimlardan o‘ziga sodiq yollanma qo‘shin 

tuzadi. Dovud faol tashqi siyosat olib bordi. U filistimlar bilan 

sulh tuzdi. Iordan daryosi ortidagi yerlar, filistimlar va Janu-

biy Suriya oromiylarini bo‘ysundirib, davlat chegarasini Aqab 

qo‘ltig‘igacha kengaytirdi. 

Dovudning taxtini uning kichik o‘g‘li Sulaymon (mil.avv. 

970–930-yillar  atrofida)  egalladi.  Sulaymon  davrida  qurilish 

ishlari keng yo‘lga qo‘yildi, shuningdek, Quddusda bosh xudo 

Yaxva sharafiga ibodatxona qurildi. Davlat hududi 12 okrugga 

bo‘lindi. Ularning har biri yilda bir oy podsho saroyiga oziq-

ovqat yetkazish majburiyatini oldi. Mehnat majburiyati joriy 

qilindi. Rivoyatlarga ko‘ra, Sulaymon dono va adolatli podsho 

deb  ta’riflanadi.  Haqiqatda  esa,  Sulaymon  hokimiyatparast 

hukmdor bo‘lib, aholiga ko‘plab soliq va majburiyatlarni yukla-

di. Boshqa xalqlarga nisbatan shafqatsiz siyosat olib bordi.

Sulaymon podsholigining so‘nggi yillarida shimolda Damashq 

podsholigi kuchaydi. Sulaymonning shafqatsiz siyosatidan 

norozi bo‘lgan o‘n

  shimoliy yahudiy qabilalari ajralib chiqib, 

mustaqil Isroil podsholigini tashkil qildilar. Uning poytaxti 

yangi qurilgan Samariya shahri bo‘ldi. Dovud sulolasi hukm-

dor bo‘lgan Quddus podsholigi uning bosh qabilasi nomi bilan 

Yahudiya davlati deb ataldi. Ikkala podsholik ham bir-biri bi-

lan dushmanlik munosabatida bo‘lib, vaqti-vaqti bilan konfed-

eratsiya tashkil qildilar. Yahudiyaning parchalanganidan foy-



167

dalangan Misr fir’avni Sheshonk I mil.avv. 926-yilda Falastinga  

yu rish  qilib, Yahudiya va Isroilni bosib oldi. 

Mil.avv. VIII asr o‘rtalaridan VI asrgacha Sharqiy O‘rtayer den-

gizi havzasiga Old Osiyodagi siyosiy vaziyat katta ta’sir o‘tkaz-

di. Mil.avv. VIII asr o‘rtalarida Osuriya (mil.avv. 732–722-yil-

lar) Damashq va Isroil davlatlarini tor-mor qildi. Tir-Sidon 

podsholigining katta qismi Osuriya tomonidan bosib olinib, 

tobe hududga aylantirildi. Finikiyaliklar Osuriya zulmiga qar-

shi kuchli qarshilik ko‘rsatdilar. Yuz yil davomida Tir shahri 

5 marta Osuriya tobeligidan qutulishga harakat qildi. Mil.avv. 

701-yilda osur podshosi Sinaxxerib Tirning ikkinchi qarshiligi-

ni bostirishi natijasida Tir shahri o‘ta zaiflashib qoldi. Finikiya-

da yetakchi mavqeni egallagan Tir shahri boshqa shaharlardan 

butunlay ajratib tashlandi. Natijada Tir-Sidon podsholigi den-

gizorti hududlari bilan tugatildi. Osuriyaning g‘arbiy qismiga 

skiflarning hujumi Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘ida Osuriya 

hukmronligiga chek qo‘ydi. 

Yahudiya podshosi Iosiya (mil.avv. 640–609-yillar) Osuriya 

hukm ronligiga chek qo‘ydi. U davlat mustaqilligini tiklab, pod-

sholar – Dovud va Sulaymon davridagi davlat chegaralarini tikla-

di. Misr esa Frot daryosigacha bo‘lgan yerlarni bosib olib, mil.avv. 

616-yilda bobilliklarga qarshi Mesopotamiyada osuriyaliklarga 

yordamga keldi. Bu vaqtda Tir shahri yana vaqtinchalik butun 

Finikiyada yetakchi davlatga aylandi. Iosiya davrida Yahudiyada 

yakka xudolik harakati boshlanadi. Yaxva yagona xudo deb e’lon 

qilindi. 

Osuriyaning halokatidan keyin Sharqiy O‘rtayer dengizi 

Misr va Bobil o‘rtasidagi raqobat maydoniga aylandi. Mil.avv. 

609-yilda fir’avn Nexo II Megiddo yonidagi jangda Iosiy qo‘shin-

larini yengib, natijada Yahudiya Misrga tobe bo‘ldi. Misr va 

Bobil o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda mil.avv. 587-yilda Ya-

hudiyaning halokati, yahudiy 

larning Mesopotamiyaga asir 

qilib olib ketilishi, butun Sharqiy O‘rtayer dengizining Bo-

bilga tobe bo‘lishi bilan yakunlandi. Mil.avv. 539-yilda Ah-

moniylar tomonidan Bobilning bosib olinishi bilan bu hudud-

da forslar hukmronligi o‘rnatildi. Ahmoniylar Quddus va 

 

uning atrofidagi hududlarga cheklangan muxtoriyatlar berdilar.



Mil.avv. I ming yillikda Falastinda Filistim, Yahudiya va Isroil 

davlatlari vujudga kelishi natijasida jamiyatning ijtimoiy-iqti-

sodiy ha yotida turli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Savdo-hunarmand-

chilik, dehqonchilik rivoj topdi. Tashqi savdo kuchayib, ortiq-




168

cha g‘alla va boshqa mahsulotlar Tir shahriga sotildi. Yerga xu-

susiy mulkchlik paydo bo‘ldi. Jamiyatning ijtimoiy qatlam va 

guruhlari shakllandi.

Mil.avv. VIII–VI asrlarda Falastinda quyidagi 4 toifa mavjud 

edi:


 1. Dunyoviy zodagonlar, diniy zodagonlar (kohinlar, payg‘am-

barlar).


 2. Yerli xalq (erkin aholining asosiy qismi).

 3. Begona yurtliklar (kelgindi va ko‘chib kelganlar). 

4. Qullar.


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish